13 – variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) A dan V gacha bo‘lgan diapazon oralig‘ida joylashgan massiv elementlarining miqdori topilsin; 2) massivning maksimal elementidan so‘ng joylashgan barcha elementlarning summasi topilsin. Massivning moduldagi elementlarini kamayish tartibida joylashtiring. 14–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) 0 ga teng bo‘lgan massiv elementlarining miqdori topilsin; 2) massivning minimal elementidan so‘ng joylashgan barcha elementlarning summasi topilsin. Massivning moduldagi elementlarini o‘sish tartibida joylashtiring. 15–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) S dan katta bo‘lgan massiv elementlarining miqdori topilsin; 2) massivning modul bo‘yicha maksimal elementidan so‘ng joylashgan barcha elementlarining ko‘paytmasi hisoblansin. Massiv shunday joylashtirilsinki, avval massivning manfiy elementlari, so‘ngra musbat elementlari joylashtirilsin (0 ga teng bo‘lgan massiv elementlari musbat deb hisoblansin).