11–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning modul bo‘yicha minimal elementining tartib raqami topilsin; 2) massivning birinchi manfiy elementidan so‘ng qolgan barcha elementlarning moduldagi summasi hisoblansin. Massivni [a, b] interval oralig‘ida joylashgan barcha elementlarini o‘chirib, uni qisqartiring. Bo‘shagan massiv elementlarini oxirini 0 bilan to‘ldiring. 12–variant. Sonli elementlardan tashkil topgan bir hadli massivda quyidagi amallar hisoblansin: 1) massivning modul bo‘yicha maksimal elementining tartib raqami topilsin; 2) massivning birinchi musbat elementidan so‘ng qolgan barcha elementlarning moduldagi summasi hisoblansin. Massiv shunday joylashtirilsinki, avval massivning [a, b] interval oralig‘ida joylashgan elementlarining butun qismi, so‘ngra qolgan barcha elementlar joylashsin.