davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.

Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti,davlat korxonalari moliyasi. Har bir bo‘g‘inning turlicha funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.

Moliyalashtirishning moddiy asosini pul aylanmasi tashkil qiladi.
Real pul aylanmasi – bu qiymat harakatini yuzaga keltiruvchi hamda pul to‘lovlari va hisob-kitoblar oqimlari bilan birga kuzatiluvchi iqtisodiy jarayondir. Real pul aylanmasi ob’ekti sifatida kengaytirilgan ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbalari hisoblanuvchi moliyaviy resurslar namoyon bo‘ladi.
Davlat moliyasi iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha va ijtimoiy sektorning eng muhim dasturlari, byudjet sohasidagi tashkilotlar va muassasalar kabilarni markazlashgan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlashga oid iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning umumiy maqsadlariga erishishga qaratilgan.