2. Tashkil etish funktsiyasi byudjet tuzilishi va byudjet tasnifini o‘z ichiga olib, byudjetni tuzish, tasdiqlash va bajarish tartibini belgilash, vakolatli kredit muassasalarini tanlash, byudjet jarayonida qonunchilik va ijro hokimiyati organlari vakolatlarini cheklash, moliya organlarining funktsional bo‘linmalarining huquq va majburiyatlarini aniqlash zaruratini taqozo etadi. Davlatning byudjet oqimlari va moliyaviy resurslarini tartibga solish va nazorat qilish ichki tizimini tashkiliy tuzish jarayoni ushbu jarayonga bog‘liq.

3. Rag‘batlantirish funktsiyasi maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyatga asoslanadi. Ushbu funktsiya yordamida moliyaviy faoliyatga ta’sir etuvchi va uning pul mablag‘lariga ehtiyojini hisobga oluvchi omillar tushuntiriladi. Moliyaning taktik va strategik jihatlari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida xodimlarning xulq-atvorini belgilovchi omillar muhim o‘rin tutadi.
4. Nazorat funktsiyasi belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashishni anglatadi. Bu natijalarni baholash etaloni, mezoni hisoblanuvchi norma va normativlar ishlab chiqish, erishilgan yutuqlarni belgilangan maqsadlar va o‘rnatilgan mezonlar bilan solishtirish, moliyaviy faoliyat shart-sharoitlari va omillariga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyasining real pul aylanmasini tartibga solish bilan bog‘liq funktsiyalari:
Davlat moliyasining real pul aylanmasini tartibga solish bilan bog‘liq funktsiyalari:
1. Davlat moliyasining taqsimot funktsiyasi shundan iboratki, qayta yaratilgan qiymatni taqsimlash va qayta taqsimlash orqali umumdavlat ehtiyojlari ta’minlanadi, iqtisodiyotning ijtimoiy sektorini moliyalashtirish manbalari shakllanadi, yagona byudjet tizimi doirasida byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlar balanslashtirilganligiga erishiladi.
Davlat moliyasi moliya resurslarini markazlashgan fondlar tizimi orqali qayta taqsimlash asosida ishlaydi. Ushbu funktsiya yordamida ular alohida tarkibiy tuzilmalar doirasida bo‘lgani kabi, umumdavlat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladi.
Taqsimot funktsiyasi shundan iboratki, qayta yaratilgan qiymat byudjet, banklar, kontragentlar oldida korxonalarning moliyaviy majburiyatlarini bajarish maqsadida taqsimlanishi lozim. Uning natijasi markazlashgan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohasini ta’minlash sanaladi.
Moliyaning taqsimot funktsiyasini amalga oshirishning asosiy ob’ektlari byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlar, shuningdek, byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash jarayoni alohida o‘rin tutadi.