Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolar va jamiyat himoyasi, huquq tartibotni ta’minlash davlatning mavjud bo‘lishini talab etadi. Bundan esa, pul mablag‘larini shakllantirish va ularni sarf etish barcha iqtisodiy sub’ektlar: shaxs, jamoa va davlatning asosiy, ob’ektiv va birinchi darajali vazifasiga aylanib boradi.

Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo‘lishining eng muhim ob’ektiv omillaridan biri – bu davlatni o‘z funktsiyalarini amalga oshirish uchun muayyan miqdorda moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Davlat ixtiyoriga kelib tushadigan va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadigan moliyaviy resurslar asosan quyidagi yo‘llar bilan: soliqlar, bojxona va davlat bojlari, maqsadli jamg‘armalar, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, yer osti tabiiy boyliklarini realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar va boshqalardan shakllanadi. Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar asosan davlat byudjetida mujassam bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat iqtisodiy hayotida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar ikki xil tartibda – byudjet tizimi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (shu jumladan aholi) orqali harakatda bo‘ladi. Byudjet tizimida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar tabiatan ikkilamchi moliyaviy resurslar hisoblanib, ular milliy daromadni qayta taqsimlanishidan yuzaga keladi. Shu jihatidan ham ularni ikkilamchi moliyaviy resurslar deb atash mumkin.
Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy funktsiyasi jihatidan davlat moliyasi – bu ijtimoiy mahsulot qiymati va milliy boylik qismini taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha pul munosabatlaridir. Mazkur pul munosabatlari quyidagilar bilan bog‘liq:

1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan;
2) davlat mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari uchun sarflash;
3) o‘sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat mudofaasi, boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan.