2. Davlat moliyasining nazorat funktsiyasi davlatning o‘zi ham qatnashayotgan real pul aylanmasida, markazlashgan pul mablag‘lari fondlari shakllanishida nazoratni amalga oshirishdan iborat. Nazoratning ikki shakli mavjud: moliyaviy ko‘rsatkichlar, to‘lovlar va hisob-kitoblardagi o‘zgarishlar ustidan nazorat; moliya strategiyasi amalga oshirilishini nazorat qilish.

Birinchi holda majburiy yoki ogohlantiruvchi xarakterdagi choralarni qo‘llovchi sanktsiyalar va rag‘batlantirish tizimlari qo‘llaniladi. Ikkinchi holda gap uzoq muddatli moliya siyosatini amalga oshirish haqida borib, bunda asosiy e’tibor o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra olish va ularga moliyalashtirish tartibi va shartlarini moslashtirishga qaratiladi. Moliya tizimidagi muntazam o‘zgarishlar, yangilanishlar bunga hukumatning barcha bo‘g‘inlaridan mutanosib javobni taqozo etadi.
Davlat moliyasining nazorat funktsiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Davlat moliyasining nazorat funktsiyasi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) markazlashgan fondlarga mablag‘lar to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat;
2) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olgan holda pul mablag‘larining markazlashgan fondlarining belgilangan parametrlarga rioya etishi ustidan nazorat;
3) moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat.
Moliyaviy resurslarning maqsadli va samarali ishlatilishi pul fondlarining shakllanishi va sarflanishiga doir tuziladigan rejali va hisobot smetalari asosida nazorat qilinadi.