Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish, pul birligi barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin. Ushbu bo‘limda biz davlat moliyasining mohiyati, tushunchalari va asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz.

Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi yoki mudofaani ta’minlashi mumkin.
4. Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va ahamiyati
Davlat moliyasi aniq maqsadli yo‘nalishga ega. Ular jamiyatning alohida qatlamlarining muayyan ijtimoiy-siyosiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Biroq o‘zining barcha jihatlariga ko‘ra ular davlat va mahalliy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan.
O‘tgan ming yillar davomida inson tafakkuri insonning yashash maqsadi va riqojlanish tendentsiyalari bo‘yicha nazariyalar turlicha bo‘lgan. Ma’lum bir shaxslar taraqqiyotni umumiy jamiyatda, boshqalari kommunizmda yan kimlardir narigi dunyo masalalarida va boshqalarda ko‘rgan. Jamiyat rivojlanishining va inson taraqqiyotining bugungi bosqichida ma’lum buldiki, inson hayotining mohiyati borliqda,taraqqiyotda va takror ishlab chiqarishga bog‘liqdir.