Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matematika


I BOB. Innovacioni texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari



Yüklə 58,86 Kb.
səhifə2/10
tarix13.05.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#113084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat

I BOB. Innovacioni texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari


§ 1.1. Innovacion texnologiyalar va ularning mohiyati
O`zbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va talim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli talimning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro`y beradigan “portlash effekti” natijalari ro`y-rost ko`rsatib berildi, yani:
-ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy tasir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o`zgaradi;
-insonning hayotidan o`z o`rnini topish jarayoni tezlashadi;
-jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi;
-jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro`yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;
-fuqarolik jamiyati qurishni taminlaydi, model vositasida dunyodan munosib o`rin olishga, o`zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
“Portlash effekti“ sari shijoat bilan qadam tashlash, yo`llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to`liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagog “qurol” va vositalar bilan taminlash davr taqozosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatimiz talim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o`qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mexr- muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Malumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabr-
bardoshli, qanoatli, o`zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko`zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada talimii texnologiyalashtirish bilan bog’liq?
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so`z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so`zdan - “texnos” (teshne) - sanat, hunar va “logos” (logos) - fan so`zlaridan tashkil topib “hunar fani” manosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologix jarayonni to`liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma- ketlikda bajarishni ko`zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat obektlariga bosqichma-bosqich tasir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ana shu tarifni tadqiqot mavzusiga ko`chirish mumkin, yani: PT - bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda tasir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan tarifdan ko`rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan tariflar soni innovacioni adabiyotlarda nihoyatda ko`pdir. Innovacioni nashrlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil ko`rinishlarini uchratish mumkin: “o`qitish texnologiyasi”, “o`quv jarayoni texnologiyasi”, “malumot texnologiyasi” a hokazo. O`qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo`lsa da, aynan o`xshash manoni anglatmaydi, chunki u malum predmet, mavzu va slvollar doirasidagi aniq o`quv materialini o`zlashtirish yo`lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U
ko`proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa malumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “o`qituvchi - innovacioni jarayon-uquvchi(talaba)” funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida turiladi.
Hozirgi kunda o`qituvchilar metodikani ko`p hollarda texnologiyadan ajrata
olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo`ladi. Metodika o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko`zlangan maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko`chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlarini tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo`limida qo`llash metodikasi va h.k.
PT o`qitish jarayonining o`zaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarni qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni taminlaydi. YOxud PT o`qituvchgling kasbiy faoliyatini yangilovchi va talimda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o`zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Shu bilan birgalikda malum vaqt davomida PT o`quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70 - yillardan boshlab innovacioni adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “o`qitish texnologiyasi - bu o`qitishning maqbulshtini taminlovchi yo`l-yo`riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasia ekanligi etirof etiladi.
Obektiv borliqni o`rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko`lamda qo`llanilgach, uning tasiri ostida asta- sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F. Talizina texnologiyani “belgilangan o`quv maqsadiga erishipshing oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi . Shuningdek, olima zamonaviy o`qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini ukgiradi: “Uqitish texnologiyasi - bu o`quv jarayonini nima real tavsiflasa o`sha, o`qituvchiga o`rnatilgan maqsadlarga erigsish uchun nimaga tayaanish zarur bo`lsa o`sha. Bu alohida fan.
PTni fan sisatida etirof etish K.K Selevko tomonidan ham maqullandi: “Innovacioni texnologiya o`qitishning birmuncha oqilona yo`llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, talimda qo`llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar
sifatida ham, real o`qitip: jarayoni sifatida ham mavjuddir” .Olimning takidlashicha ‘'Innovacioni texnologiya” tushunchasi talim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi:

  1. UmumInnovacioni daraja: umumInnovacioni, texnologiya malum mintaqada, o`kuv yurtida, malum o`qitish bosqichida yaxlit talim jarayonini» tavsiflaydi.

  2. Xususiy metodik daraja: xusuiy predmetli PT “xususiy metodika” manosida qo`llaniladi, yani talim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet, sinf, o`qituvchi doirasida qo`llaniladi (fanlarni o`qitish metodikasi, o`qituvchi ishlash metodikasi).

  3. Lokal ( modulli) daraja : lokal texnologiya o`zida o`quv - tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar echimini o`zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash , dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).

İ.Ya. Lernerning fikricha, PT - “o`quvchilar harakatlarida aks etgan o`qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi”.
Yuqorida keltirilgan tariflardan ko`rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maxsad va mazmun asosida o`quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etiliyapti. Bu bir jihatdan to`g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko`zga yaqqol tashlanadi yoki bunday endashuvlarda o`quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo`lib akademik V.P. Bespalko payqadi va o`zining yirik asarida “PT - bu o`qituvchi mahoratiga bog’liq bo`lmagan holda Innovacioni muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir” deb tarifladi. Bu tarif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin:

  • PT o`quvchilarda malum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;

  • loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o`qituvchisidan katta

mahorat talab etmaydi;

  • yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.

PT tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan tariflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzunig u yoki bu darajada echilganligini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, PTni amaliyotga joriy etishga bo`lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo`lmagan holda o`rganib kelindi. Natijada o`qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o`quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko`tarila olmay asta- sekinlik bilan o`z mavqeini; yo`qotib Innovacionia fanidan uzoqlashib ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo`lgan “Dasturli talim“ Programmirovannoe obuchenie) yoki 70-yillarda sobiq ittifox miqyosidagi “Shatalovchilik harakat”ini eslash kifoya.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli. Nazariya va amaliyot birligining taminlashshi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo`l ochadi. Fikrimizcha yangi PT Innovacionia fanining alohida tarmog’i sifatida yoki faqat talim amaliyotini maqbullashtirishga yo`naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Darvoqe, PTga “yangi” so`zini ho`shib ishlatilishi nazariyachi olimlar va o`qituvchilarni bir qadar o`ylantirib qo`ydi, endilikda talim-tarbiya jarayonini loyihagashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglashga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, “yangi PT” nimani anglatadi? Bu savolning echimini izohlashga harakat qilamiz.
Birinchidan, PT talim jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini anaq belgilab beradi va shunga mos holda malum Innovacioni tizim (maktab, akademik litsey, oliy o`quv yurti) mavjud bo`ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o`z tasirini o`tkazash va talim-tarbiya maqsadini umumiy holda
belgilab beradi. “Maqsad” esa Innovacioni tizimning qolgan elementlarini o`z navbatita yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayrlashning milliy dasturi talim-tarbiyaning maqsadini yangi yo`nalishga burdi, yani “o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to`la xoltis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” deb belgilanadi. Demak, talim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, innovacioni jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
İkkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o`qitish imkoniyatlari katta bo`lgan yangi texnologiyalar (elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ruy berayotgan sifatiy o`zgarishlar shundan dalolat beradiki, endalikda “o`rganish”ning birlamchi jarayonlari ananaviy metodika vza o`qitish vositalari romiga sig’may, o`qituvchining individual qobiliyatariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va talim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o`zining malum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantirdi.
PT mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o`z xusus:sh sohasiga, metodlari va vositalariga ega, malum “material” bilan ish ko`radi. Biroq PT inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo`lmagan innovacioni jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o`ziga xos tomonlari - tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bitan uzluksiz boyib boradi va ananaviy o`quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga tasir ko`rsatishning yangi imkoniyatlarzni egallab oladi. Afsuski, bu jarayon hozirgi talim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli PT o`zining ilmiy ishlanmasini kutyapti: “kompyuterlarning shu kundagi qo`llanishi ekstensivlik xolos: ananaviy o`quv
kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti” Shu erda PT za axborot texnologiyasi o`rtasidagi o`zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo`ladi. Keyingi vaqtlarda bazi bir olimlar (ayniqsa informatika fani vakillari) PTni axborotlashtirishga qo`shish yoki tenglashtirish (bazan ustun qo`yish)ni yoqlam:kdalar. Bu urinishlar agar xato bo`lmasa, shubhasiz “podadan oldin chang chiqarishdir”. O`quv-tarbiyaviy jarayonni texnologllashtirish tarixiy (ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy “burilish“, uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda talimda axborot texnologiyasi - bu “o`quvchi – kompyuter” o`rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida talim jarayonida qo`llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy burhonlar ortda qolib o`kuv yurtlari dasturli “mashina” bilan etarli darajada taminlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o`quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o`qituvchining yaqin ko`makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to`liq bajarishi mumkin.
Talimni texnologiyalashtirish obektiv jarayon ekanligini. zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo`nalishi bilan belgilanishini etirof etgan holda PTning o`ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bogliq vazifalarni belgilashga harakat qilamiz:

  1. ko`p bosqichli talim tizimida PTning o`rnini aoslash vg zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish;

  2. zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, ergonomi kabi soha texnologiyalari bilan PTlarni muntazam ravishda yangilab borish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularnk qo`llash mezonlarini aniqlash;

  3. istiqbolli o`qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilgor PTlarni loyihalash, amaliyotga joriy etish, om^alashtirish va samarasini aniqlash;

  4. tegishli boshqaruv organlari (Talim markazlari) tomonidan o`quv muassasalari faoliyatida yangi PTlarni tadbiq eti:ishi darajasini nazorat qilish va

baholash;

  1. respublikamizdagi oliy (litsey, kasb-hunar, maktab) talim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilarni malaka oshErish va qayta tayyorlash kurslarida ilgor pedagog va axborot texnologiyalari bo`yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurshlantirishni uzluksiz tashkil etish;

  2. oliy o`quv yurtlari talabalari, ayniqsa, mutaxassis-pedagog (iqtisodchi- pedagog, huquqshunos-pedagog, muxandis-pedagog va boshqa)lar uchun 40 soat hajmida PT nazariyasi va amaliyoti bo`yicha maxsus kurs joriy etish;

  3. respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan ijodkor o`qituvchilar ish uslublarini muntazam o`rganib borish va ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi innovacioni texnologiya darshasiga ko`tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish;

3) o`qituvchi faoliyatini innovacioni texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish muammolari va boshqalar.
Xo`sh, belgilangan vazifalarni amalga oshirish va nazorat qilyashni kim o`z zimmasiga olishi mumkin? Xalq talimi vazyuligimi yoki Oliy talim vazirligi? Ehtimol, Talim marxazlarining vazifasidir? YOki har qaysi talim muassasalari o`z holicha echaveradimi? Biz bu savollar bilan talim sohasidagi u yoki bu boshkaruv organlariga vazifa yuklash fikridan yiroqmiz.
Innovacioni texnoligiya kontseptsiyasining rivojlanish tarixi
Yangi o`zbek davlatchiligining tamal toshi qo`yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy, mafkuraviy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Talim-tarbiya sohasining isloh qilinishi innovacionia fanini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlgr yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiyashunoslik tajribalar-ini o`rganish va tadqiq qilish ishlari keng yo`lga qo`yildi.
Sho`rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobigi bilan o`ralgan, uning rivojlanip meyori cheklangan, ilgor chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi, holbuki har qanday g’oya ham o`zida malum ijobiy jihatlarni mujassamlantirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi.
Jumladan, innovacioni texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo`nalish sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot obektiga aylantirish iloj yo`q edi.
Bugun mamlakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to`plangan tajribalar asosida taxzlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o`rganish va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy dasturda takidlanganidek yaqin kelajakda “kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari ro`yobga chiqariladi, xalqaro talim tizimlari rivojlantiriladi”.
Bu faslda bpz innovacioni texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
30-yillarda “innovacioni texnika” tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo`ldi va u o`quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo`naltirilgan usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o`quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko`rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50 yshpprda o`quv jarayoniga o`qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi.
60-yillarning o`rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya”, 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnslogiya va dasturli talim”, Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya” jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal İtaliyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o`ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya xurnali” chiqa boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy etibor berildi.
1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya”si faoliyat ko`rsata boshladi, hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to`rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar” jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o`z o`rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o`rnatish ishlari bilan mashhur.
Didaktikaning bu yo`nalishiga etibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o`tkazilgan qator xalqaro konferentsilar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferentsiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o`tkazilib kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” nomida nashr qilinadi.
Shu kabi malumotlarni keltirishni g’arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish mumkin, biroq bunga ehtiyoj qoldirmaydi. Yuqoridagalarning o`ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo`nalish sifatida shakllanganligini takidlab turibdi. Tahlillarning ko`rsatishicha, bu davrda PT ikki yo`nalishda muhokama qilindi va rivojlantirildi: birinchisi - o`quv jarayoniga texnik vositalarini qo`llash bilan bog’liq bo`lsa ( shu jumladan dasturli talimning texnik vositalari). ikkinchisi - o`qitish texnologiyasi masalalarini, yani o`quv materiallarni tahlil qilishdan tortib talim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo`lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. Shu erda birinchi konferentsiya materiallari (1966 yil) to`plamning kirish maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish o`rinlidir: “ikki tushuncha - “pedagogika” va “texnologiya”larni qo`shish mantiqi tortishuvlarga sabab bulayapti. Chunki “texnologiya” so`zi sinf xonasiga texnikani kiritish va “degumanizatsiya” (insonparvarlikdan voz kechil) g’oyasi bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini cho`chitishi mumkin”. Albatta, bu fikr
malum darajada to`g’ri bo`lish mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson hech qachon “temir mashina”ga tobe bo`lmaydi, balki uni o`z aql- zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik jihatlari bo`lib kam o`rganilgan soha.
70-yillarning boshiga kelib o`quv jihozlarining turli xillarini va o`qitishning predmetli vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, ularsiz ilg’or metodika va o`qitish shakllari samarasiz bo`lishi, talim sifatiga erishib bo`lmasligi anglab etildi. Shu boisdan sotsialistik lagerdagi davlatlarda ham bu sohada malum hajmdagi ishlar amalga oshirildi.
YuNESKO insonparvar va taraqqiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni o`rganish bilan muntazam shug’ullanib kelmoqda. 1971 yilda YuNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais Frantsiya Bosh vaziri (ayni vaqtda Talim vaziri) Edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga raxbarlik qilishni, tezkor o`zgarishlar ro`y berayotgan bir sharoitga jahon talimi oldiga qo`yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni zltimos qildi.
Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britanga va Frantsiya kitob do`konlarida “Yashash uchun o`qish. Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga” kitobi paydo bo`ldi. Bu voqeaga roppa-rosa 27 yil vaqt o`tgan bo`lsa-da, maruzaning asosiy g’oyalarini eslash foydadan xoli bo`lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan.
Komissiya tomonidan jahon talimining joriy holati tahlil qilinib asosiy yo`nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Kontseptsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun o`z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu kontseptsiyaning bosh g’oyasi: inson butun hayoti davomida tiklanish holatida bo`ladi, demak u o`z potentsialini faqat uzluksiz talim jarayonidagina amalga oshiradi - doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi. Shu boisdan malumotlilik faqat malum hajmdagi
bilimlarni uzatish bilan bog’liq holda emas, inson o`z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan “zamonaviy texnologiya talimni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch” ekanligi qayd etildi.
Bu davrda talim tizimidagi o`zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: bazi birlari amaliyotdagi mavjud talimni takomillashtirishni afzal ko`rsalar, boshqalari o`z oldilariga hozirgi talim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qo`ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni o`zgartirmasdan turib talim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan talim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kerakligini etirof etadilar.
Bugun o`zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo`lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va talim ustuvorligi qaror topdi. O`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan taminlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo`lishi va rivojlanish jarayonini o`rganishga tarixiy yondashmoqdamiz.
1977 yilda Budapeshtda o`tkazilgan o`qitish texnologiyasi bo`yicha Xalqaro semenarda talimni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog’liq omillar rus olimi
S.G. Shapovalenko tomonidan quyidagicha belgilandi:

  • texnikani bilish va mukammal egallash;

  • audiovizual fondi bilan tanish bo`lish;

  • texnik vositalardan foydalanish metodikasini egallash.

Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yakqol ko`zga tashlanadi. Undan farqli o`laroq g’oyalar shu semenar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, venger olimi L. Salai o`qitish texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: rejalashtirish, maqsad tahlili, o`quv- tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, vositalar va materiallarni tanlash bevosita PTni loyihalashdagi o`qituvchi faolitiyaga xosligini
takidlaydi. Shunga yaqin fikrlar, yani o`qitish texnologiyasi o`zida yordamchi vosita va yangi tizimni qamrab olgan holda o`quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, metodlarini, mazmunini o`zgartirgan holda o`qituvchi va o`quvchilarning pedagogik tafakkurlashiga tasir ko`rsatishi J. Tseller tomonidan takidlaydi. Bu malumotlar shundan dalolat beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chet ellarda texnika rivoji va talimni kompyuterlash darajasiga bog’liq holda PTning ikkita jihatlari alohida ajratilib ko`rsatilgan va tadqiq qilingan: I) o`qun jarayoniga texnik vositalarni joriy etish; 2) amaliy masalalar echimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish. Misol uchun, Yaponiyada bu davrda olib borilgan tadqiqotlar o`quv jarayonini texnologiyalashtirishning birinchi yo`nalishi, yani talimning yangi texnik vositalarini yaratish va o`quv jarayoniga qo`llash bilan bevosita bog’liq bo`lgan.
Bunday holat boshqa qator davlatlar uchun ham xarakterli bo`lib, PTning ikkinchi yo`nalishi - nazariy-didaktik jihatlari 80-yillarning boshida AQSh va Angliyada tadqiqot obekgiga aylandi. Chunki “texnologiya” so`zi keng manoda nazariy bilimlarni amaliyot maqsadiga ko`chirish, bu ko`chirishning aniq yo`llarini ishlab chiqish zarurati etirof etildi.
Shunday qilib, 80-yillarda PTning mohiyatini oydinlashtirishga bo`lgan urinishlar yanada davom ettirilda. Bu soha Rossiyalik pedagog olimlarning diqqatini ham jalb eta boshladi. PTning rivojlanish tarixi T.A. İlinaning ilmiy maqolalarida burjua didaktikasining yo`nalishi sifatida talqin etilsada, u birinchilar qatorida o`z hamkasblarini bu muammo bilan shug’ullanishga davat etadi va chet el maktablari va pedagogikasida bu sohadagi yangi va qiziqarli nashrlarning barchasini kuzatish foydali ekanligini alohida takidlaydi Shu boisdan 80-yillarning oxiri, 90-yilllarda PTning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish Rossiyada keng yo`lga qo`yildi. Akademik V.P. Bespalkoning 1989 yilda nashr etilgan “Slagaemıe pedagogicheskoy texnologii“ kitobi bu sohadagi yirik tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. O`rni kelganda takidlash joizki, 80-yillardayoq Vladimir Pavlovich tomonidan PTning ilmiy maktabi yaratilgan edi va kitob muallifi ham shu dargohda tahsil olganligini alohida faxr bilan tilga oladi: Ustoz g’oyasi: “PT -
amaliyotga joriy etiladigan malum pedagogik tizim loyihasidir”. Bugungi kunda ana shu kontseptsiya pedagogik hamjamiyat tomonidan tan olindi va olimlar tomonidan talimli texnologiyalarni loyihalash va rivojlantirishda foydalanib kelinmoqda. Fikrimizning dalili sifatida “Pedagogika” jurnalida chop etilayotgan qator maqolalarni keltirish mumkin.
Xo`sh, PT mamlakatimiz talim tizimida, qolaversa, pedagogik nashrlarda ilmiy tupguncha tarzda qachon paydo bo`ldi? Shubhasiz, yangi soha 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dolzarb tadqiqot obekti darajasiga ko`tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga qalqib chiqdi. Shu bilan birgalikda mustaqqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo`l urildi, aniqrog’i 1993 yilda “Xalq talimi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta PT tushunchasi mohiyati, uning tarifi va malum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.
Bugun esa PT mavzusi bo`yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferentsiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko`zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib boryotganligi quvonchlidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlvt Universitetida o`tkazilgan “Oliy talimning hozirgi dolzarb muammolari” Oliy o`quv yurtlariaro ilmiy- metodik konferentsiyaning yalpi yig’ilishida “Pedagogik texnologiya: kontseptual tahlil” mavzusida maruza qilindi. Maruzada talimni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida mavjudligi etirof etildi, PT tarifi mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi.
PT muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, “Marifat”, “Uchitel Uzbekistana” kabi ro`znomalarda muntazam ravishda yoritilib turibdi. Demak, bu mavzu nazariyasi va amaliyoti ko`p ming sonli auditoriyaga kirib borayapti, o`qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan foydaganayotganligi malum.
Yaqinda Xalq talimi vazirlgi tomonidan tashkil etilgan “Talimda yangi pedagogik texnologiyalar: muammolar va echimlar“ mavzuida Respublika ilmiy - amaliy konferentsiyani zamon talabiga hamohang harakat, deb baholash mumkin. Konferentsiyada qatnashish istagini bildirganlar va o`z materiallarini tashkiliy qo`mitaga takdim etganlar soni 300 tadan oshib ketdi. Afsuski, ulardan 90 ga
yaqini tanlab olish va kitob holida chop etish imkoniga ega bo`ldi. Konferentsiya materiallarining tahlili shundan dalolat beradiki, bu muammo o`ziga nafaqat nazarililarni, balki ko`proq Xalq talimi tizimining barcha bo`g’inglrida faoliyat ko`rsatayotgan o`kituvchilar va tarbiyachilarni ham jalb etmoqda. Shu bilan birgalikda ayrim maruzalar talab darajasida emasligi yoxud eski qolipdagi metodikalardan farq qilmasligi shubalar faoliyatida sezilib qoldi.
XXI asrga qadam qo`yish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodologik asar - o`quv qo`llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi .Olim PTlarni o`n ikki turga ajratadi:

  1. Qo`llanish darajasi bo`yicha (umumpedagogik; xususiy predmetli; lokalli, modulli, tor pedagogik).

  2. Falsafiy asos bo`yicha (materializm, idealizm, dialektik, metofizik, insonparvar, noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, progmatizm, egzistentsializm, stsionizm).

  3. Ruxiy rivojlantirishning etakchi omillari bo`yicha (biogenli, sotsiogenli, psixogenli, idealistik).

  4. Uzlashtirish kontseptsiyasi bo`yicha (assotsativ - reflektorli, rivojlantiruzchi, bexevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik).

  5. Shaxs tuzulmasiga yo`naltirilganlik bo`yicha (informatsion, operatsion, hayajonli - badiiy , hayajonli - axloqiy, o`z-o`zini rivojlantiriuvchi, evrestik va amaliy).

  6. Mazmuni va tuzulish xarakteri bo`yicha (talimiy va tarbiyaviy, dunyoviy va dinniy, umumtalim va kasbga yo`naltirilgan, gumanitar va texnokratik, turlicha sohaviy texnologiyalar. xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar, politexnologiyalar).

  7. Tashklkiy shakllar bo`yicha ( sinf - dars, muqobilli, akademik, yakka tartibli, guruhli, jamoa bo`lib o`qish usullari, tabaqalashtirilgan talim).

  8. Bilish faolityatini tashkil etish va boshqarish turi bo`yicha ( maruzali klassik o`qitish; audiovizualli texnik vositalar yordamida o`qitish; “maslahatchi tizim”; kitob yordamida o`qitish; “kichik guruh” tizimi; kompyuterli o`qitish; “repetitor”

tizimi; “dasturli talim” - V.P.Bespalko).

  1. Bolaga yondashish bo`yicha (avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo`nalgan texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbilash texnolgiyasi, ezoterik gexnologiyalar).

  2. Ustuvor metodlar bo`yicha (reproduktiv, tushuntirish - ko`rsatish, rivojlantiruvchi talim, muammoli talim, ijodiy; dasturli talim, dialogli , o`yinli talim, o`z-o`zini o`qitish talimi, informatsion talim).

  3. Mavjud ananaviy tizimlarni yangilash yo`nalishlari bo`yicha (munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosid!; o`quv materiallarni metodik va didaktik rekonstruktsiyalash asosida; tabiatan monandlik, muqobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).

  4. Tahsil oluvchilar toifasi bo`yicha (ommaviy texnologiya, olg’a odimlovchi talim, to`ldiruvchi; o`zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar bilan ishlash texnologiyalari).

Bu tasnifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni o`tmishda qo`llanilgan. O`ozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qullash mumkin bo`lgan texnologilar bilan to`liq tanishtirishdir. Ularning ko`pchiligi sizga mutlaqo notanish ekanligiga ham ishonamiz, biroq bundan tashvishga tushishga hojat yo`q. Bu haqida G.K. Selevkoning kitobidan to`liq malumotlarni olishingiz mumkin.

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin