Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matematika


II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi



Yüklə 58,86 Kb.
səhifə5/10
tarix13.05.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#113084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat

II BOB. Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi.


§ II.1. Maruza mashg’ulotlarida innovacion texnologiyalarni qo`llash metodikasi.
Talim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga yani texnologiyalarga aylanib bormokda. Huddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham so`ngi yillarda innovacion texnologiyalarni qo`llab o`qitish orqali ham yuqori samaralarga erishilmokda.
Innovacion texnologiya hozirda barcha innovacion kasblar xamda talim- tarbiya jarayonini tashkil-qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’lik kasblarning asosini tashkil qiladi.
Akademik litseylarda ham innovacion texnologiyani qo`llab bundan ham yuqori natijaga erishilsa bo`ladi. Biz barcha mavzularni innovacion texnologiyalar asosida o`tish kerak degan fikrdan yiroqmiz. Dars mavzusiga qarab innovacion texnologiyalar asosida yoki ananaviy tarzda o`tkazilsa maqsadga muvoffiq bo`ladi. Bazi maruza darslari akademik litsey o`quvchilarini zeriktirishi mumkin, sababi bolalar o`smirlik davrida betoqat, qiziqqon bo`lishadi va darslardan tezda zerikishi mumkin. Shuning uchun innovacion texnologiyalarni darsda qo`llab o`quvchilarning darsga aktivligini, qiziqishini oshirsa va ularga kerakli bilimni bera olsa o`qituvchi darsda o`z oldiga qo`ygan ijobiy maqsadiga erishadi. Innovacion texnologiyani darsda qo`llashda darsning mavzusiga karab, darsning maruza yoki amaliy mashg’ulot ekanligiga qarab tanlanadi. Hozir sizlarga innovacion texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz.
Mavzu: «Haqiqiy sonlar».
Bu mavzuga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`qu dasturidan 14-dars soati ajratilgan bu vaqtdan unumli foydalanish uchun innovacion
texnologiyalarni o`z o`rnida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mavzuning 4 soatini maruzaga ajratib, 10 soatini amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Avvalo biz innovacion texnalogiyaning shu mavzuga mosini tanlab olishimi zarur.
Pedogogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun o`ziga xos vositalari zarur bo`ladi. Har bir innovacion texnologiyada qo`llaniladigan vositalar umuman o`xshash bo`lib, ularning turlari ko`p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, audio, tabiy hamda o`quv anjomlari. Bizning mavzumizga vositalarning verbal turi ko`proq mos keladi.
Verbal vositalarining asosini axborot tashkil qiladi. Ular so`zlar bilan ifodalanadigan axborotlar bo`lib, ularni so`z orqali ifodalab berish uchun o`qituvchi uni o`zlashtirgan bo`lishi, yani shu axborot haqidagi bilimga ega bo`lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, pedogogik texnologiyalarning verbal vositalarini o`qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi.
Verbal muloqot shakllari har hil bo`lib, ularning asosiylari nutq so`zlash, maruza, suhbatlashish, savol so`rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar berish, kengash, maslahat, nasihat, tanbeh, salomlashish, xayrlashish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ushbu verbal muloqot shakllarida qo`llaniladigan nutq intenatsiyalari so`zlovchilarning fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo`lgan mano mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi.
O`qituvchi o`quvchi uchun malum bo`lgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushintirib boradi.
Bu jarayonda o`quvchilar diqqatini jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo`ladilar. Bunda o`quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, mafaatdorligi, qobiliyat, istedod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo`ladi.
Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakli haqida to`xtalib o`tamiz.
Maruzalarni faol usulda o`tkazish. Xar qanday yuqori saviyada o`tkazilgan maruza, garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa,
o`quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Maruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi.
Shuning uchun maruzani kichik innovacion texnologiya darajasida quyidagicha tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’daradi.
Maruzachi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog’liq qisqa savol-javob, fikr almashuv olib boradi. Maruza davomida ayrim muammolarni o`rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini aniqlaydi. Ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat maruzaga bo`lgan munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 daqiqagacha davom etadi.
Maruzagchi o`quvchilarning qiziqish, intilish, masuliyati oshib borishini kuzatib boradi. Maruza davomida muntozam faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar maruzachining tayanchiga aylanadi.
Maruza davomida mavzuni sekin-asta o`quvchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boriladi va qisqa munozaralar orqali tegishli echimlar topiladi.
Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Maruzaning yana davom etishini hohlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo`shishga intiladilar.
Bunday maruzalar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi munozaraga chorlaydi.
Biz hozir «Haqiqiy sonlar» mavzusini mavzularga ajratib olamiz va ikki qismga ajratamiz bu qismlar yuqorida aytib o`tganimizdek to`rt dars soati, yani ikki juftlik darsga ajratib olamiz va shu ikki juftlik darsni maruzaga ajratamiz, qolgan 10 soat dars amaliy mashg’ulotga qoladi.
Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi. Birinchi juftlik:
Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. Cheksiz o`nli kasrlar. Davriy o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish.
İkkinchi juftlik:
Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning moduli va uning asosiy xossalari. Matematik induktsiya usuli.
Ajratilgan ikki juftlik maruza darsining birinchi juftligini innovacion texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz.
Birinchi juftlik maruza darsi.
Darsning tashkiliy qismi. So`ngra dars jarayoni boshlanadi.
O`qituvchi birinchi navbatda sonlarni bizning hayotimizda tutgan o`rni ahamiyati haqida qiziqarli qilib 2-3 daqiqa gapirib o`tadi. So`ngra avvaldan tayyorlab kelingan uch blokka ajratilgan bloklarning birinchisi boshlanadi. Maruza davomida mavzuni asta sekin kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog’lab boshlanadi.
Bloklarga darsning vaziyatiga qarab 15-20 daqiqa vaqt ajratiladi. Birinchi blok.
Bu blok quyidagi mavzuchalardan iborat. “Natural va butun sonlar”dan. So`ngra mavzuni boshlaymiz va natural sonlarning tarifini aytib o`tamiz.
Tarif. "Arifmetikada musbat butun son natural son deyiladi” deb aytamiz va bunga qiziqarli qilib oddiy misollar keltirilib o`tiladi. Uning N bilan belgilanishi aytiladi. Masalan: to`rtta kitob, beshta non, va hakozo. “Umuman sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar bo`ladi” deb so`ngra natural son qatorini tushuntiramiz.
Natural sonlar haqida Peano aksiomasini aytib o`tamiz va misollar keltiramiz.

  1. “Bir hech qanday nlural sondan keyin kelmaydi (natural sonlar to`plami 1 dan boshlanadi).Chunki natural son birdan boshlanadi” deb izoh berib o`tamiz.

  2. “Har qanday natural sondan bevosita keyin keluvchi son

mavjud.
Misol uchun: 5 dan keyin 6 keyin 7, va hakozo cheksiz davom etib ketaveradi.

  1. Ketma-ket ikkita natural son orasida uchinchi son mavjud emas. [7]

Masalan: 1 va 2 ning orasida natural son yo`q deymiz va boshqa misollar keltiramiz.
Shunday tartibda aksiomalarning hammasini aytib o`tamiz va shunday tartibda natural sonlarning boshqa qoida va tariflari ham aytib o`tiladi. Mavzu qiziqarli, hayotiy misollar bilan boyitiladi va mustahkamlanadi.
Agar imkoniyat bo`lsa har bir mavzu kadaskop yoki kompyuter asosida tariflar, xossalari, teoremalar va aksiomalar bilan katta ekranda ko`rsatilsa judayam yaxshi bo`lar edi.
Xuddi shu tartibda sonning eng kichik umumiy karralisi (EKUK) va sonning eng katta umumiy bo`luvchisi (EKUB) mavzuchalari ham tushuntiriladi.
Butun sonlarga o`tamiz. Butun sonlarning tarifini birinchi navbatda berib o`tamiz. Tarif. “Natural sonlar va ularga qarma-qarshi bo`lgan sonlar va nol soni birgalikda butun sonlar deyiladi va to`plam tilida Z, bilan belgilanadi” deb aytib o`tamiz va yana “a va -a sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi” deb ham aytib o`tiladi, bunga ham misollar keltiriladi.
“Bu tarifdan shunga ega bo`lamizki yani butun sonlar shundan iboratki sonlar o`qini oladigan bo`lsak o`ng tarafi natural sonlar va unga qarama-qarshi tomon birgalikda butun sonlar bo`ladi” deyiladi.
Esda qolishi uchun butun sonlarga matematik va hayotiy misollar keltirib o`tamiz.
Misol uchun: “-8,-7,-6,-5,-.-3,-2,-1,0,1,2 ... sonlarning har biri butun sonlardir. Hayotiy misol oladigan bo`lsak havo harorati pasayib ketdi +2°,-1°, 0° darajaga tushgandan keyin yanada havo sovisa bizga yanada kichikroq son kerak bo`ladi, shu kabi extiyojlardan kelib chiqib biz -1,-2 undan ham sovisa -3,... sonlarni kiritamiz bular birgalikda butun son bo`ladi” deb yana shunday bir necha misollarni keltirib darsni davom ettiramiz.
Shundan so`ng kasr sonlarga ham tushuncha beriladi va misollar bilan
mustahkamlanali. Blok mustahkam yoritilgandan so`ng o`quvchilar bilan blok yuzasidan qisqa muddatli savol- javob va fikr almashinuv bo`lib o`tadi. Savol- javob 10 daqiqa bo`lib o`tadi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish uzog’i bilan 5 daqiqagacha davom etadi. Bu holat o`quvchining maruzaga bo`lgan munosabatini ijobiy tomonga o`zgartiradi va maruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi.

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin