Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matematika


§ II. 3. Tajriba sinov natijalari



Yüklə 58,86 Kb.
səhifə9/10
tarix13.05.2023
ölçüsü58,86 Kb.
#113084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat

§ II. 3. Tajriba sinov natijalari


Tajriba sinov natijalari shuni ko`rsatadiki hozirgi zamonda bilim olish jarayonida pedogogik texnologiyalarning ahamiyati juda katta, ayniqsa maktab, akedemik litsey va kollejlarda pedogogik texnologiyalar asosida o`qitish hozirgi zamonda muhim ahamiyatga ega deb xisoblaymiz, chunki maktab o`quvchilari yosh va ko`p narsaga qiziqadi, jumladan bilim olishga ham. Biz ularning bilimini so`ndiray, aksincha darsni pedogogik texnologiyalari asosida qiziqarli qilib musobaqa tarzida, turli xildagi tarqatma materiallar asosida boyitib va ularni majburlab emas, balki o`zi qiziqib yana bilim olishga tirishishi kelajakda komil inson bo`lishi biz o`qituvchilarning eng katta yutug’i deb hisoslaymiz. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari ayni o`smir yoshidagi, qiziqqon, sal narsadan zerikadigan va qaysi tarafga qiziqtirsangiz o`sha tarafga moyil bo`ladigan o`smir yoshlar hisoblanadi. Ularni ham pedogogik texnologiyalari asosida darsga qiziqtira olsak, o`qishga qiziqishini, bilim olishga moyilligi orttira olsak va boshqa salbiy narsalarga qiziqishi ortishiga yo`l qo`ymasak bizlar kasbimiz jihatidan oldimizga qo`ygan ijobiy maqsadimizga erishgan bo`lamiz. Biz bu bilan hamma darslarni pedogogik texnologiyalar asosida o`tish kerak degan fikrdan yiroqmiz. Matematikada ham mavzuga qarab bir xil mavzularni texnologiyalar asosida o`tish yuqori natija bersa, bir xil mavzularni ananaviy tarzda o`tish ijobiy natija beradi.
Men o`zim yuqoridagi kabi mavzularni bir guruhga pedogogik texnologiyalar asosida o`tib va ayni shu mavzularni boshqa guruhlarga ananaviy tarzda o`tib tajriba o`tkazib ko`rganimda pedogogik texnologiya asosida o`tishni dars qiziqarli, samarali va yaxshi natija berganining guvohi bo`ldim. Ananaviy tarzda o`tgan darsda esa o`quvchilarning sustligi va ko`pchiligining darsdan zerikayotganining, hayol surib o`tirganining va darsdan charchaganining guvohi bo`ldim. Tajriba natijasi shuni ko`rsatdiki, pedogogik texnologiyalar asosida o`tgan dars aanaviy o`tgan darsga qaraganda yuqoriroq samara berdi, o`quvchilarning matematikaga bo`lgan qiziqishini orttirdi va o`quvchilar qiziqqanidan vaqt qanday o`tganini sezishmadi. O`quvchilar qolgan darslar ham shu shakllarda o`tishi kerakligi to`g’risidagi fikrlarni bildirishdi va hohlashdi.

Yüklə 58,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin