Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakul`teti Matemat
§ II.2. Innovacion texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlarni tashkil
etishmetodikasi Akademik litseylarni bitiradigan o`kuvchilar mukammal bilimga malakaga va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak. Buning uchun litseylarda innovacion texnologiya va axborot texnologiyalarini qo`llasak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Innovacion texnologiya universal xususiyatga ega bo`lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko`zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. [2]
Innovacion texnologiyalarni amaliy mashg’ulot darslarida qo`llash ham o`qituvchidan katta mahorat va bilim talab qiladi. Innovacion texnologiya o`z o`rnida qo`llansa o`qituvchi darsga qo`ygan maqsadiga erishadi. O`qituvchi dars davomida darsning mavzusiga qarab xususiy texnologiyalarni qo`llab xam yuqori natijalarga erishsa bo`ladi.
Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi.
Biz xozir sizlarni akademik litseyda xususiy texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz. Biz hozir “Logarifmlar” mavzusini amaliy mashg’ulotda innovacion texnologiya asosida o`qitish jarayoni bilan tanishtirib o`tamiz. Logarifmlar va logarifmik funktsiyalar mavzusiga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`quv dasturidan 20 soat dars soati ajratilgan reja bo`yicha dars soatining 4/5 qismini amaliy mashg’ulotlarga ajratish tavsiya qilingan. Shuning uchun bu mavzuning 4 soatini maruzaga va 16 soatini amaliy mashg’ulot, yani 2 juftlik maruza va 8 juftlik amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Bu mavzuni 7 qismga ajratib olamiz. Bu qismlarning har biri bittadan amaliy mashg’ulot darsida o`tiladi, qolgan 1 juftlik darsini aralash misollar echishga qoldiramiz.
Mavzu quyidagicha bo`linadi:
Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat. Ko`paytma, bo`linma va darajaning logarifmi.
Bir asosdan boshqa asosga o`tish. Unli va natural logarifmlar.
Ko`rsatgichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar.
Logarifmik funktsiya, uning aniqlanish va o`zgarish sohasi.
Logarifmik funktsiyaning grafigi.
Teskari funktsiya, o`zaro teskari funktsiyalar.
Logarifmik tenglama va tengsizliklarni echish usullari.
Aralash misollar echish.
Shundan sizlarga hozir birinchi juftlik darsini «Bumerang» xususiy texnologiyasi asosida o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz.