Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

ma’noli so‘zlarni yozib chiqing. 3. Eshitgan quloq nima deydi? —
Quloq pardalari ehtiyotli muolajani talab etadi. 4. Yurak faoliyati
insonning asab tizimiga bevosita bog‘liqdir. — Yuragimga yaqin
kishilar bilan ochiq gaplashib oldim. 5. Ma’lum bo‘ldiki, yangi
dastgohlar  korxona  hisob-kitobida  qayd  etilmagan.  –  Ular
qachonlardir  o‘z  «ega»sini  topib  ketganini  xodimlar  yaxshi
bilishadi.
32-  topshiriq.  She’rni  o‘qing,  ajratilgan  so‘z  va  birikmalarning
ma’nosini izohlang.
Men kimnidir kutgayman, mahzun
...Yiroqlarda ingranar List ham,
Qulog‘imga bo‘zlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam,
Men  baribir  kutgayman  faqat.

39
Shilliqqurtday  to‘lg‘anar  ariq,
Suyanaman  badburush  tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq,
Sovuqlikni qaylardan olgan?
Kular-da va qalqib borar oy.
U hayosiz shundoq yalang‘och.
Kimni aldab balqib borar oy —
Òevarakda kecha qorasoch.
Òugab borar tun yanglig‘ toqat,
Saharlarga  bergayman  hisob.
Qayga ketdi, qayga muhabbat,
Yuragimda muqaddas azob.
Rauf Parfi.
Savol va topshiriqlar:
1. Qo‘shimchalar imlosiga oid qoidalarni sharhlang?
2. Qanday so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi?
3. Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llashga oid misollar kel-
tiring.
4. So‘z qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. So‘zlarning uslubiy farqlanishini misollar bilan izohlang.

40
♦ Nutq va notiqlik
♦ Nutq uslublari
♦ Rasmiy-idoraviy nutq uslubi
33- topshiriq. Matn parchalarini o‘qib, ularning qaysi nutq uslu-
biga xosligini aniqlang. Har bir matnning uslubiy o‘ziga xosligini
asoslab bering.
I. 7- modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda
o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga
rioya etiladi.
Davlat  o‘zbek  tilining  boyitilishi  va  takomillashtirilishini
ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-
texnikaviy  va  ijtimoiy-siyosiy  atamalarni  joriy  etish  hisobiga
ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasi-
dan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan
o‘zbek tiliga joriy etiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi
qonunidan.
II.  Notiqlik  qadimgi  Sharqda  juda  katta  ijtimoiy-siyosiy
mavqega  ega  bo‘lib,  umumdavlat  ahamiyatiga  molik  ish
hisoblangan. U bir necha turga ajratilgan:
1. Ilmiy-siyosiy ma’ruza.
2. Bahs-munozarali nutq.
3. Targ‘ib va tashviq qilish ruhidagi nutq.
4. Marsiya nutqi.
5. Tabrik nutqi va boshqalar.
NUTQNING  USLUBIY  SHAKLLARI

41
Notiqlik san’ati qadimda voizlik san’ati deb yuritilgan. «Qomu-
si usmoniy» nomli lug‘atda «Va’z – kishilaming qalbini yum-
shatadigan pand-nasihatdir», deya ta’riflanadi. Haqiqatan ham,
voiz har bir so‘zga chiqishda ma’lum bir g‘oyani ilgari surish-
ni maqsad qilib oladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsa-
dida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli
sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeo-
logik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan
foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv
uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisistik us-
lub va badiiy uslub.
26-  mashq.  Gaplarni  uslubiy  shakliga  ko‘ra  guruhlarga  ajratib
ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga nutq uslubiga xos so‘z yoki
fe’l shaklini qo‘ying.
1. Men bu gapni faqat tarjima vajidan aytayotgan... yo‘q.
Yozuvchi o‘z ona tilisi ustiga o‘z zamonasining boy, madaniy
tilini bilmasdan qanot bog‘lamaydi. Buning misolini adabiyo-
timiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda ... ko‘rishi... mumkin
(A.Q.).  2.  Bulardan  birinchi...,  nutq  madaniyati  sohasining
vazifasi til va nutqdagi nuqson va kamchiliklarni aniq..., to‘p...,
uni  o‘rgan...  va  bartaraf  etishdan  iborat...,  deyilgan  nuqtai
nazar. 3. O‘sha «masalang» o‘rniga tushsa, dashnom...ga qalqon
bo‘lishi, lovilla... asablarga suv purkab, seni ortiqcha dil-
siyohliklar...  asrashi  ham  mumkin!  (O‘.  Usmonov).  4.  Men,
Rasulov Anvar, «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovini o‘tka-
zish... litseyimiz  kutubxonasidan 10 (o‘n) ta badiiy kitob ol...
. 5. Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi.... Shuni...
kerakda, «o‘qib uqmasa bekor» ....
34- topshiriq. O‘qigan badiiy asaringiz, sevimli gazeta yoki jurna-
lingiz va qo‘lingizdagi biror darslikdan bittadan ixcham matn tan-
lang. Ularni o‘zaro qiyoslab, til xususiyatlariga ko‘ra farqli jihat-
larini tushuntiring.

42
35- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Uning mazmuni asosida badiiy
uslubning nazm shaklida va rasmiy uslubning taqriz shaklida matnlar
tuzing. Ulardagi o‘xshash va farqli til xususiyatlarini izohlang.
TILLA BALIQCHA
Tuxumdan  chiqdi-yu,  keltirib  uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u  xas,  xazonlar  ustin  yoptilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...
Abdulla Oriðov.
Rasmiy-idoraviy  nutq  uslubi  jamiyatdagi  ijtimoiy-
huquqiy  munosabatlar,  davlat  va  davlatlararo  rasmiy,
siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi
uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi.
Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat
qonunlari,  farmonlar,  bayonotlar,  shartnomalar,  idora
hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi
hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik
va  ixchamlikdir,  unda  muayyan  nutqiy  qoliðlar,  kasb-
hunar  so‘zlari,  atamalar,  tayyor  sintaktik  qurilmalar
keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini
ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shun-
ga ko‘ra; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ko‘ra;
...biz,  quyida  imzo  chekuvchilar,  ...ga  asosan  (muvofiq);
...uchun,  ...dan  kelib  chiqib;  ...sharti  bilan;  ...berilsin,
...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarak-
terida  bo‘lishini,  so‘zlarning  bir  ma’noda  ishlatilishini,
badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe’lning maj-
hullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turla-
rining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali huj-
jatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

43
27- mashq. Gaplarni ko‘chiring. Birinchi va uchinchi shaxs nomi-
dan yozilgan rasmiy uslubga xos gaplarni ikki ustunga
ajratib yozing. Qoliðlashgan iboralar ma’nosini izoh-
lang.
1. Sizning ko‘rsatmangizga binoan, men o‘quv bo‘limi us-
lubiyotchisi  S.Olimov  bilan  II  bosqich  talabalarining  mart
oyidagi davomatini tahlil qildim. 2. Ma’lumotnoma tuman ijti-
moiy ta’minot bo‘limiga ko‘rsatish uchun berildi. 3. Ushbu da’vo
bo‘yicha sud qarorini tezlik bilan ijro ettirish haqida qaror qabul
qilishingizni  so‘rayman.  4.  Fuqarolar  o‘z  huquq  va  erkinlik-
larini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyat-
ning  qonuniy  manfaatlari,  huquqlari  va  erkinliklariga  putur
yetkazmasliklari shart. 5. Ushbu bitim yuzasidan kelib chiqadigan
barcha nizolar qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi. 6. Gu-
ruh  rahbari  T.Qodirovning  axboroti  ma’lumot  uchun  qabul
qilinsin.  7.  Arizaga  nikoh  guvohnomasining  nusxasini  ilova
qilaman.
28- mashq. Matnlarni o‘qing, uslubiy farqlarni dalillar asosida
yozma ravishda izohlang.
1. Hasanali, Otabekning har bir siriga o‘zini mahram hisob-
laganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishga loyiq bir
mehribonlikka ega bo‘lganlikdan, bek bilan ochiq so‘zlashish
fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja qurib
o‘tirgandan so‘ng, tilga keldi:
—  O‘g‘lim,  Otabek!
— So‘zlangiz.
— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?
Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga
nazar  tashladi.
— Sizmi? — deb kulimsiradi u. — Otam bo‘lmasangiz ham,
meni  otalik  muhabbati  bilan  sevgan  sodiq  va  mehribon  bir
kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam.
— Barakalla, o‘g‘lim! — dedi Hasanali. — Javobingiz o‘z
o‘ylaganimchadir. Endi sizdan shuni ham so‘rayin: xo‘jasiga
sodiq  bir  qul,  sizning  ta’biringizcha,  ma’naviy  bir  padar,

44
o‘z o‘g‘liga yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringiz-
chi?
Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:
— So‘zingizga tushunolmadim, ota! — dedi. — Shundog‘
bo‘lsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolg‘iz mengagina
emas — bizning oilamizga otalik mavqeyida turib, yaxshilikdan
boshqani sog‘inmay kelasiz.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan
2. Husayin Voiz Koshifiy nutqlarining ta’sirchanligi, jozi-
badorligi  haqida  uning  o‘g‘li  Fahriddin  Ali  Safiy  «Latoyifut
tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida
ahli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashhur so‘z
ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga Abdurahmon Jomiy ham
tashrif  buyurgan  ekan.  Sayid  G‘iyosiddin  kirib  kelishi  bilan
Jomiy undan so‘rabdi:
— Nechuk kechikdingiz, mavlono Giyosiddin?
— Meni ma’zur tuting, ustod, — debdi G‘iyosiddin, —
kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq
so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman.
Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har
qanday kishini jalb qila olgan.
Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro o‘z she’rlarini
xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bo‘lganida, bu ishga Koshifiyni
munosib  ko‘rganlar.
Masalan,  Alisher  Navoiy  o‘zining  Jomiyga  bag‘ishlangan
marsiyasini o‘qib eshittirishni Husayn Voizga topshirganligi bu
fikrning isbotidir.
«Yuristning nutq madaniyati»dan.
36- topshiriq. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusi-
dagi maqolani o‘qing, til xususiyatiga ko‘ra boshqa nutq uslubidan
farqlanishini izohlang.
Yozma  nutqning  rasmiy  uslubida,  asosan,  quyidagi
munosabatlar  doirasidagi  hujjatlar  tuziladi:

45
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va
jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq
va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma,
tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3.Diðlomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bi-
tim, memorandum va boshqalar.
29- mashq. Gaplarni o‘qing, uslubiy xatolarini tuzatib, daftarin-
gizga ko‘chiring.
1. Ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash va boshqa xomashyo-
larning sarf-xarajat narxlari oshganligi bilan shahar yo‘lovchi
tashish transportida yangi yo‘lkira haqlari belgilandi. 2. Yaqin
kelganimda  «Xush  kelibsiz!»  degan  yozuv  uzoqdan  ko‘zga
tashlandi. 3. Eng avvalo, dalalar to‘la, nihollar sog‘lom bo‘lishi
kerak. 4. Mahalla ko‘chalarida piyodalar yurish xavfsizligi oyligi
o‘tkazildi. 5. Naqqosh kuzning saxiy mo‘yqalamida bahra olgan
g‘o‘zalar qulog‘ida oltin baldoqlar selkillab turibdi. 6. Jamoa
raisi bosh agronom bilan o‘z xonasida uchrashdi.
37- topshiriq. «Darslik tilining uslubi» mavzusida ijodiy bayon yozing.
Unda o‘z taklif va istaklaringizni bildirishga harakat qiling.
Savol va topshiriqlar:
1. Notiqlikning qanday turlarini bilasiz? Misollar bilan izohlang.
2. So‘zlashuv uslubining leksik va fonetik xususiyatlarini aytib bering.
3.  Nima  uchun  badiiy  uslubning  til  vositalaridan  foydalanish
imkoniyatlari keng?
4. Rasmiy-idoraviy uslubning asosiy belgilarini sharhlang.

46
♦ Matn turlari
♦ Dialogik matn
♦ Tavsifiy matn
♦ Matnni qisqartirish yo‘llari
♦ Matnni kengaytirish yo‘llari
♦ Matnga xos so‘zni tanlash
♦ Matn tuzish
38- topshiriq. Matn namunalarini o‘qib, mazmuni va tuzilishiga
ko‘ra farqlanishini tushuntiring.
– Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, — dedi Navoiyga
Badiuzzamon. — Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning ash’o-
ringiz va Jomiy hazratlarining asarlari mutolaasidan ko‘nglimiz
safoga to‘ldi.
– Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, — dedi Na-
voiy qiziqib. – Ammo yolg‘iz ash’or o‘qimoq kifoya qilmas.
Tarix! Tarixni ko‘zdan kechirmadingizmi?
– Ko‘ngil ash’orga ko‘proq moyil bo‘ldi. Fursat bo‘lsa, ta-
rixni ham boshlagumdur,— javob berdi Badiuzzamon.
– Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko‘p yuborgan
edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham
hamma vaqt tarix o‘qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun
mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz
sizlarning tadbir va harakatingizga bog‘liqdir. Shuning uchun
siz tarix oynasiga qarab turmog‘ingiz kerak...
Oybek, «Navoiy»dan.
MATN TURLARI VA TARKIBI

47
II. «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini qo‘limga olib qaray-
man. «Buyuk» so‘zini o‘qiganimda yetmish yetti yillik g‘ubor-
larim tarqab ketgandek bo‘ldi. Ko‘rgan jabr-u jafolar tumandek
g‘oyib bo‘ldi.
Jez  konlari  tagida  mis  kukunlarini  yutib,  o‘pkasi  zanglab
olamdan o‘tgan, jasadlari zanglagan tuproqqa qo‘yilgan yurt-
doshlarim haqqi, Sibirning qahraton sovuqlarida muzlab qolgan,
umrini o‘rmonlarda poyoniga yetkazgan beqiyos dono ustoz-
larimiz haqqi, senga ta’zim qilaman, O‘zbekistonim!
Shu og‘ir yo‘llardan meni omon qaytargan sening mehring,
sening  issiq  bag‘ring,  mening  e’tiqodim,  Tangrining  beadad
mehridir.
S. Ahmad, «Yo‘qotganlarim va topganlarim»dan.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradi-
gan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil top-
gan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan qat‘iy
nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli-
cha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki  kishi  o‘rtasidagi  dialogik  nutq  savol-javob,
buyruq-javob,  xabar-e’tiroz  kabi  mazmunlarda  bo‘lib,
fikr  xususidagi  tasdiq  yoki  inkorni,  ziddiyat  yoki  mu-
nozarani  ifodalaydi.  Ko‘p  kishilik  dialoglarda  suhbat
mavzusi  savol-javobdan  iborat  bo‘lmay,  o‘rtaga  tash-
langan  savol,  taklif,  da’vat  biror  xabar,  dalillar  bilan
xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala
odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish
so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan,
sodda  gaplardan  tashkil  topadi,  sodda  gaplarning  bir
tarkibli  turlari,  to‘liqsiz  gaplar,  so‘z-gaplar  faol  ishla-
tiladi.
Dialogik  matn  so‘zlashuv  uslubi  va  badiiy  uslubga
xosdir.

48
39- topshiriq. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan
Xisrav bilan Farhod o‘rtasidagi munozarani rollarga bo‘lib o‘qing.
Bu dialogni shakllantirgan lisoniy vositalarni aniqlab, daftaringizga
ko‘chiring.
30- mashq. Dialogda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning uslubiy ma’no
va vazifalarini aniqlang. Gaplarni tuzilishiga ko‘ra gu-
ruhlab yozing.
— Siz... qochqoqsiz, — dedi.
— Siz...
— Men?
— Siz quvloqsiz.
— Ajab qilaman, — dedi Kumush va shapalog‘i bilan eri-
ning yuziga sekingina urib qo‘ydi.
— Bu yoqqa ham...
— U yoqqa Zaynab ursin.
— Zaynabning... urishga haqqi yo‘q.
Kumushning  ko‘zida  haligacha  ko‘rulmagan  bir  shodlik
o‘ynadi:
— To‘g‘ri aytasizmi?
— To‘g‘ri aytaman!
— Mana bo‘lmasa, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi
yuzini  ham  silagandek  qilib  qo‘ydi.  Yana  kulimsirashib,
termulishib qoldilar...
— Biravning g‘amida kuyib qaridim, — dedi Kumush.
— Bekor aytasiz... Meni aytsangiz to‘g‘ri.
— Siznimi? — dedi Kumush.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
40-  topshiriq.  a)  matnni  o‘qib,  dialogdan  qanday  farqlanishini
ayting. Sifatlovchilarning ma’no va vazifasini izohlang.
... Ta’birimiz qo‘pol tushmasa bu go‘zal qiz och ra’no gulining
tusida yoki oq sariq tusda yaratilg‘an edi. A’zoda o‘skan tuklarga
ham haligi tusning ta’siri bo‘ladir. Ra’noning sochi gungurt-
qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham quyoshda bir
oz  sarg‘ish  bo‘lib  ko‘rinar  edi.  Shunga  o‘xshash  Ra’noning

49
ko‘zida ham buning asari ko‘ruladir: mudavvarga moyilroq jodu
ko‘zi kishiga qattiq qaraganda qoraliqdan boshqacha yana bir
turluk nur sochar erdi. Kiðraklari ostida nafis bir surma doirasi
bor edi.
Qoshi  tutash  kabi  ko‘rinsa  ham  ko‘ndalang  yotqan  ikki
qilich  orasini  nafis  bir  quyulib  ko‘tarilish  ajratib  turar  edi.
Burni  hech  bir  munaqqidg‘a  berishmaslik  mutanosib,  har
zamon  uyalish  tabassumiga  hozir  turg‘an  nafis  irinlarining
yuqorig‘i  qismida  sezilar-sezilmas  tuklar  ko‘kargan  edi.  Yuzi
cho‘ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo‘lmas, kishiga kulib
qarag‘anda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil
bo‘lar, go‘yo bizga chin ra’no guli ochilg‘an holatda ko‘rinar
edi.  Sochlari  juda  quyuq,  sanoqsiz  kokillar  Ra’noning  orqa,
o‘ngini  tutib  yotar,  qaddi  uzunliq  bilan  qisqaliqning  o‘rtasi,
do‘ndiq barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari, har holda bu
qiz  yolg‘iz  Qo‘qonningg‘ina  emas,  umuman,  Farg‘onaning
kuylarga qo‘shulib maxtaladirgan go‘zallaridan edi.
A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon»dan.
b) savollarga javob bering:
1. Matn qanday nutqiy vazifani bajarishga qaratilgan?
2. Matndagi uyushiq va ajratilgan gap bo‘laklari nimaga xiz-
mat qilgan?
3. Matnda qanday tasviriy vositalar qo‘llangan?
4. Nima uchun matnda belgi-xususiyatni ifodalovchi so‘zlar
ko‘proq?
5. Matnda modal so‘zlar qanday maqsadda qo‘llangan deb
o‘ylaysiz?
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi
tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs
tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqo-
la, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-
mulohaza  bildirish,  ularni  badiiy-tasviriy  vositalar  yoki
dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsi-
fiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bun-
4 – Mahmudov N.

50
day  matnda  belgi-xususiyat  ifodalovchi  so‘zlar,  atama-
lar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravish-
lar faol qo‘llanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan
gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan
ham keng foydalaniladi.
Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shu-
ningdek, badiiy uslubga xosdir.
41- topshiriq. O‘zingiz bilim olayotgan fan yo‘nalishini yoki yoq-
tirgan mutaxassisligingizni ta’riflab matn yarating. Unda asoslar,
dalillar keltirishni unutmang.
31- mashq. Matn parchalarini o‘qing, asosiy mazrnunni ifodalovchi
gaplarni  daftaringizning  o‘ng  tomoniga,  yordamchi,
qo‘shimcha mazmun bildiruvchi gaplarni chap tomoniga
yozing va o‘zaro qiyoslang.
I. G‘azal nihoyat ta’sirli. Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi
juda yoqimli, ohangdor. Hammamiz jim tinglaymiz. Men sel
bo‘lib, erib ketaman. Fuzuliyning she’rlarini sevaman. She’rlari
nafis. O‘zim gul va mahbub haqida go‘zal she’rlarni bilaman.
Opam o‘rgatgan. (Oybek, «Bolalik»dan).
II. Beixtiyor o‘zining ana shunday saodatli onlari, Humo-
yun tug‘ilganda qalbini to‘ldirgan iftixor tuyg‘ulari yodiga tushdi.
O‘g‘li Qobul arkida tavallud topgan edi. Viloyat yo‘q, viloyat
umidvorligi  yo‘q,  navkar  parokanda,  sargardon  sarg‘ayib,
Samarqand qamalida ochlikdan it etini, eshak etini yegan mis-
kinlar bilan dahshatli uqubatlar chekib, Toshkanda va Andi-
jonda mislsiz mashaqqat va xorliklar tortib, nihoyat, Qobulda
bir  muddat  qo‘nim  va  osoyish  topgan  kunlari  edi,  shikasta
ko‘nglini quvonchga to‘ldirib, Humoyun dunyoga keldi. (Xayrid-
din  Sultonov,  «Nuqta»dan).
32- mashq. Gaplarni o‘qing, uyushiq va ajratilgan bo‘lakli kiritma-
larni qavs ichida qoldirib ko‘chiring. Ko‘chirma gaplarni
o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing. Asliyati bilan siz
o‘zgartirgan gaplar o‘rtasidagi farqni izohlang.

51
1. Har birimiz o‘z maktabimiz, sinfimizni esladik. 2. Bog‘ning
turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, o‘rik, jiyda va hokazo
anchagina.  (O.)  3.  Bir  vaqtlar  siz  ham,  Temir  Akbarovich,
xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, deb gapirar edingiz (P.Q.).
4. Navbat o‘ziga kelganda, ayvondan turib, mahdum baqirdi:
Ra’no, akangning qo‘liga suv quy! (A.Qod.) 5. To‘g‘risini ayt-
sam,  ustozimning  nomlarini  eshitganimda,  ko‘nglim  ancha
taskin topdi. 6. Aftidan, u bizni ko‘rmadi, shekilli (M.Ism.).
7. Ota kasbi ham qondan o‘tadi shekilli, — derdi Abdulla aka. —
Otam temirchi edilar (S.Ahm.).
Matnni qisqartirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshi-
riladi:
— matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata
olish;
— gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma
va ilova qurilmalarni qisqartirish;
—  birikmalarni  ma’nodosh  so‘zlarga,  sodda  yoyiq
gaplarni  yig‘iq  gaplarga,  qo‘shma  gaplarni  sodda
gaplarga,  ko‘chirma  gaplarni  o‘zlashtirma  gaplarga
aylantirish;
—  matnning  qo‘shimcha  fikr  ifodalovchi  gaplarini,
sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
— matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
—  birikmali  sifatdosh,  o‘xshatish  va  boshqa  tasviriy
ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
42- topshiriq.  Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda
qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullarni qo‘llaganingizni
sharhlang.
Har  qanday  qilmishning  aksi,  qaytarma  oqibati  mavjud:
shunday ekan, faqat o‘z prinsiðimni himoya qilaman deb, bir
kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmaylik tag‘in?!
Axir,  mavjud  nazariyalar  qoliðiga  tushmaydigan  faktlar,
ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma’lum
faktlarni  ishlab  chiqish  bilan  yaqin  oralarda  fanning  yangi
yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkin-ku? Fan tarixida bun-

52
day misollar to‘lib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida,
hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men nasihatgo‘ylik

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin