Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

bo‘yicha puxta o‘zlashtirish lozim. 1995- yilning 24- av-
gustida  tasdiqlangan  «O‘zbek  tilining  asosiy  imlo  qoi-
dalari»da «Harflar imlosi», «Asos va qo‘shimchalar imlosi»,
«Qo‘shib  yozish»,  «Chiziqcha  bilan  yozish»,  «Ajratib
yozish»,  «Bosh  harflar  imlosi»  va  «Ko‘chirish  qoidalari»
nomli bo‘limlar bor.

14
9- topshiriq. Yozma nutq savodxonligiga erishish xususidagi o‘z
fikr-mulohazalaringizni bayon etib, matn yarating.
10-  topshiriq.  Matnni  o‘qing,  nutq  madaniyatiga  oid  gaplarni
sharhlang.
Ey  farzand,  agar  sen  har  qanday  notiq  bo‘lsang  ham,
o‘zingni bilganlardan pastroq tutgin, toki so‘z bilimdonligi vaq-
tida bekor bo‘lib qolmagaysan...
Odamlar to‘rt xil bo‘lganidek, so‘z ham to‘rt xil bo‘lgay:
biri, bilinmayturg‘on va aytilmayturg‘on, ya’ni aytishga zaru-
ratsiz bo‘lgan so‘zlar; ikkinchisi, aytilaturg‘on va bilinaturg‘on;
bunday so‘zlarga ibratomuz va aytsa bo‘ladigan so‘zlarni kiri-
tish  mumkin.  Masalan,  odob-axloq,  nasihat  tarzida  aytilgan
so‘zlar; uchinchisi, ham bilinaturg‘on va ham bilishga zarurat-
siz,  ammo  aytsa  bo‘laturg‘on;  to‘rtinchisi,  bilinaturg‘on  va
aytilmayturg‘on.  Ammo  aytilmayturg‘on  va  bilinmayturg‘on
unday so‘zdurki, ... dunyoning salohi unga bog‘liqdir. Ul so‘zdin
aytguvchiga ham, eshitguvchiga ham ko‘p naf yetar...
Kishining martabasini so‘zi bilan bilurlar, ammo so‘zning
martabasini kishi bilan bilmaslar, chunki har kishining ahvoli
undan  chiqadigan  so‘zning  ostiga  yashiringandir,  ya’ni  bir
so‘zni bir ibora bilan aytilsa, eshitgan odamning ko‘ngli undan
xijolat tortgay va yana o‘sha so‘zni bir ibora bilan aytsa, eshitgan
odamning joni undan rohatlanadi.
Kaykovus, «Qobusnoma»dan.
Tilning  mavjud  barcha  vositalari  va  ular  imko-
niyatlaridan  maqsadga  muvofiq  tarzda  o‘rinli,  to‘g‘ri
foydalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir. Nutq
madaniyati esa ana shu tilni — aloqa-aralashuv qurolini
ishlatishga  bo‘lgan  munosabatdir.  Bu  noyob  qurolni
ishlatishga bo‘lgan munosabat qanchalik yomon bo‘lsa,
uni ishlatishga qanchalik befarqlik bilan qaralsa, nutqning
madaniylik  darajasi  ham  shunchalik  past  bo‘ladi  va
aksincha, munosabat qanchalik yuqori bo‘lsa, nutq ham,
aloqa ham shunchalik madaniy bo‘ladi.

15
So‘zlovchi  yoki  yozuvchida  til  imkoniyatlariga  mu-
nosabat, uning ishlatilishidagi boshqa omillar: tafakkur,
ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo‘lgan
munosabat  qanchalik  yuqori  saviyada  bo‘lsa,  nutq
madaniyati ham yuqori saviyada bo‘ladi va aks holda nutq
madaniyati ham past saviyada bo‘ladi.
Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli
idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish maho-
rati, tilning ifodaviy vositalaridan mazmun va uslubga ko‘ra
nutqiy vaziyatga qarab  o‘rinli foydalana bilishdir.
6- mashq. Nutq odobi haqida she’riy misralarni o‘qing, ma
’
nosini
o‘z  so‘zlaringiz  bilan  yozing.  Ajratilgan  so‘zlarning
ma’nosini izohlang.
So‘zni  ko‘p  so‘zlamay,  sizlab  ayt,  oz-oz,
Tuman so‘z tugunin shu bir so‘zda yoz.
* * *
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Yusuf Xos Hojib.
* * *
O‘chukturma erni tilin, bil, bu til
Bashaqtursa,  butmas,  butar  o‘q  boshi.
* * *
Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim ezgu, kim oqir bo‘lur.
Ahmad Yugnakiy.
* * *
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini,
Ko‘rma kim der ani, ko‘rgilkim, ne der.
* * *
Kim oz dedi nuqta ayshu kom o‘ldi anga,
So‘z qoidasida intizom o‘ldi anga.

16
* * *
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar.
Har  nechaki  ag‘yor  durur  yor  aylar.
So‘z qatig‘i el ko‘nglig‘a ozor aylar,
Yumshog‘i  ko‘ngullarni  giriftor  aylar.
Alisher Navoiy.
* * *
Bor  so‘zni  so‘z  sanab  tebranmasin  til,
Ko‘rib, o‘ylab so‘zla, keragini bil.
So‘fi  Olloyor.
11-  topshiriq.  Matnni  o‘qing,  so‘ng  adibning  nutq  madaniyati
haqidagi fikrlarini sharhlab, ijodiy bayon yozing.
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinai
hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini
yo‘qotmakdur...  Zig‘ir  yog‘i  solub,  moshkichiri  kabi  qilub,
aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur. Bobolarimizga
yetushg‘on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik
qilmas...
Umumiy  milliy  tilni  saqlamak  ila  barobar  xususiy  og‘iz
orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning
daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on taro-
zusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va
quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar. «Quruq
so‘z — quloqqa yoqmas», demishlar.
Agar so‘z aql va hikmatga muvofiq bo‘lub, o‘ziga yoki eshi-
tuvchiga  bir  foyda  chiqaradurg‘on  bo‘lmasa,  asalari  orasida
g‘ung‘urlab yurgan qovoqari kabi quruq g‘ung‘urlamoq, faqat
bosh og‘rig‘idan boshqa bir narsa emasdur. Boshimizga kela-
durgan qattig‘ kulfatlarning ko‘pi yumshoq tilimizdan keladur.
Shuning  uchun:  «Ko‘p  o‘yla,  oz  so‘yla»,  demishlar.
Tillarning eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yaxshisi
bilib, oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur.
A. Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»dan.

17
12- topshiriq. Nutq odobi to‘g‘risida aytilgan hikmat va maqollami
daftaringizga yozing hamda oxirgi ikkitasining ma’nosini izohlab
bering.
1. Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani
odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni
gapiradi.
       Kaykovus.
2. So‘zi hisobsiz – o‘zi hisobsiz.
3. Chin so‘z – mo‘tabar, yaxshi so‘z – muxtasar.
4. Takallum bila kimsa inson erur,
So‘zi yo‘q bahoyimg‘a ne son erur.
  Alisher Navoyi.
Ajdodlarimiz  qadimdan  to‘g‘ri,  ta’sirchan,  chiroyli
gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-
axloqiy  talab  sifatida  qarab  kelganlar.  So‘zni  qadrlash,
yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapi-
rish, chin so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash,
ezma  va  vaysaqi  bo‘lmaslik  kabilarga  amal  qilish  nutq
odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muoma-
ladagi bu odatlar xalqimizning o‘ziga xos an’anasi sifatida
yashab va takomillashib kelmoqda.
Nutq  madaniyatini  egallash  birinchi  galda  hozirgi
o‘zbek  tili  va  uning  mavjud  ifoda  vositalarini  puxta
o‘zlashtirish,  adabiy  til  me’yorlariga  to‘liq  amal  qilish
kabi lisoniy omillarga; ikkinchidan, so‘zlashganda muay-
yan axloq-odob me’yorlariga rioya etish, o‘z va o‘zgalar
gapiga  e’tiborli  bo‘lish,  o‘rinli  so‘zlash,  tinglash,  suh-
batlashish, munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiy-
ruhiy omillarga bog‘liqdir.
7- mashq. Gaplarni o‘qing. Nutq madaniyatiga oid maqol va hik-
matlarni ko‘chirib oling, ma’nolarini izohlang.
1. O‘zbek xalqi: «O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir» deb
nutqqa nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishni xush ko‘radi. 2. Abu
Nasr  Forobiy  aql  va  mantiq  ilmiga  alohida  e’tibor  bergan,
shuningdek, mantiq bilan grammatikaning o‘zaro bog‘liqligini
2 – Mahmudov N.

18
quyidagicha ta’kidlagan: «Mantiqning aqlga munosabati gram-
matikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nut-
qini tarbiyalagani singari mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy
yo‘ldan  olib  borish  uchun  aqlni  to‘g‘rilab  turadi»  3.  O‘rta
Osiyo xalqlarida notiqlik san’ati «voizlik», notiq — «voiz», nutq —
«va’z» atamalari bilan nomlangan. 4. Alisher Navoiy nutq va
unga  amal  qilish  haqida  quyidagilarni  ta’kidlaydi:  «Va’z  bir
murshid va ogoh ishidir va aning nasihatin qabul etgan maqbul
kishidur. Avval bir yo‘ldan bormoq kerak, andin so‘ngra elni
boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayrimaqsud
yerga yetar». 5. So‘zni ko‘ngulda pishirib toblamaguncha tilga
keltirma. Dilda bor va fikrlarning hammasi aytgulik bo‘lavermaydi.
Ichda  yotgan  so‘zlaring  —  sening  sirlaring.  Sir  esa  nafasga
o‘xshashdir.  Chiqqan  nafasday,  uning  ham  sira  qaytarilish
imkoni bo‘lmaydi (A. Navoiy). 6. Hamma qobiliyatlardan eng
yaxshisi nutq qobiliyatidir... Nutqni juda yaxshi va san’at-
korona o‘rganib ol, doimo gapga chechan bo‘lishga harakat
qil. Nutqi shirin kishining mehribon kishilari ham ko‘p bo‘la-
di  (Kaykovus).
Savol va topshiriqlar:
1. Kamolatga yetishishda yozma nutqning hissasi qanday?
2. Nutq savodxonligi nimalarda namoyon bo‘lishini tushuntiring.
3.  Turli  vaziyatlarda  nutq  odobiga  qanday  rioya  qilishingizni
izohlang?
4. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tushunchalarini farqlang.
5. Sizningcha, notiqlikni qanday egallash mumkin? Tavsiyalar bering.

19

Imlo  me’yorlari

Òalaffuz  me’yorlari

Grammatik  me’yorlar

So‘z tanlash va qo‘llash me’yorlari

Uslubiy me’yorlar
I.  IMLO  ME’YORLARI
8- mashq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘-
rilari  bilan  almashtirib  ko‘chiring.  Xato  yozish
sabablarini tushuntiring.
1.Òil tafakkurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning
iqlimi issiq  siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan
olgan taasurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib,
qiðqizil  olmalarni  tariflang,  baxru  dilingiz  ochiladi.  5.  Davo
hujatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring.
6. Òo‘y boshi dev qomat bir yigitni saxnaga chiqardi. 7. Amu-
daryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edida!
Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari nutqiy
savodxonlikni  belgilovchi  asosiy  mezon  sanaladi.  Imlo
me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan
holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus
imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.
Lotin  yozuviga  asoslangan  o‘zbek  alifbosi  asosidagi
yozuv  me’yorlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar
Mahkamasi  tomonidan  1995- yil  24- avgustda  tasdiq-
langan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi.
O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI

20
Unga  harflar  imlosi,  o‘zak  va  qo‘shimchalar  imlosi,
bo‘g‘in  ko‘chirish,  so‘zlarni  qo‘shib  va  ajratib  yozish
kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga
amal  qilish  majburiydir.
13- topshiriq. Boshqa tillarda o‘zlashgan yangi so‘zlar lug‘atini
tuzing. Harflarning lotin yozuvidagi yangi o‘zbek alifbosida berilishini
izohlang.
9- mashq. O‘, g‘ harflari qo‘shiladigan belgi bilan tutuq belgisining
ishlatilishiga misollar yozing. Ularni namunadagidek ikki
ustunga ajratib yozing.
Namuna:
1- ustun
2- ustun
o‘zbek
ta’sir
mablag‘
mo‘tabar
14- topshiriq. Matnni o‘qing va shu asosda to‘g‘ri yozish uchun
nimalarni bilish kerakligi to‘g‘risida taklif-tavsiyalaringizni yozma
ravishda bayon qiling.
So‘z  va  qo‘shimchalarni  to‘g‘ri  yozish,  qo‘shib  va  ajratib
yoziladigan  so‘z  va  so‘z  shakllarini  bilish,  bosh  harflar  bilan
yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni farqlash kabi imlo amallarini
o‘zlashtirmasdan turib yozma savodxonlikka erishish mumkin
emas.  Imlo  qoidalarini  bilish  faqat  to‘g‘ri  yozishni  o‘rganish
uchungina zarur deyish xato bo‘ladi. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish,
nutq jarayonida to‘g‘ri talaffuz qilish, hatto so‘zning matndagi
ma’nosini to‘g‘ri anglash va o‘rinli qo‘llay bilish uchun ham
imlo qoidalarini puxta egallash taqozo etiladi.
Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas-
diqlangan  «O‘zbek  tilining  asosiy  imlo  qoidalari»ni  chuqur
o‘rganish va yozma nutqda ularga to‘la amal qilish har bir o‘quv-
chi, qolaversa, barcha fuqarolarning burchidir. Afsuski, ko‘zga
tashlanib turgan ko‘cha peshtoqlarida, idoralar nomi yozilgan
lavhalarda  Yunus-obod,  Yangi—bozor,  orom—baxsh,  ko‘z
oynak, elektro texnika kabi xato yozuvlar uchrab turibdi.
Vatanini, millatini sevgan har bir kishi yozuv madaniyati
azal-azaldan  milliy  qadriyatlarning  ko‘zgusi,  ilmiy-ma’rifiy

21
salohiyatning belgisi bo‘lib kelayotganini aslo unutmasligi lozim.
Ulug‘lanayotgan qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliy yozu-
vimizga  hurmat  va  e’tiqodni  to‘g‘ri  va  chiroyli  yozish  orqali
tarbiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.
10- mashq. So‘zlarni ko‘chirib yozing, qo‘sh unli va undosh harf-
larning to‘g‘ri yozilishini esda tuting.
I.  Matbaa,  mutolaa,  manfaat,  mudofaa,  murojaat,  muta-
assib, taassurot, taajjub, taassuf, shuur, vakuum, inshoot, badiiy.
II. Muqaddam, muddat, modda, moddiy, muqaddas, malla,
metall,  murakkab,  mutafakkir,  mukammal,  tavakkal,  tasarruv,
tafakkur, tullak, taraddud, zukko, ziddiyat, Zahiriddin, gamma,
grammatika,  diagramma,  hujjat,  himmat,  hammom,  hurriyat,
hakka,  dukkak,  lazzat,  kollej,  kakku,  kalla,  silliq,  salla,  sakkiz,
sodda,  jiddiy,  go‘mma,  chappa,  chillaki,  xatti-harakat,  qaddi-
qomat,  achchiq,  avvalo,  omma,  okkulist,  yollanma.
ASOS  VA  QO‘SHIMCHALAR  IMLOSI
11- mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning o‘zagidagi o‘z-
garishlarni aniqlang va sababini izohlang.
1. O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. 2. Xalq botir o‘g‘lonlarni
hech qachon unutmaydi. 3. Og‘zaki nutq qisqa va ifodali bo‘lishi
kerak. 4. Qizcha erkalanib opasining bo‘ynidan mahkam quchdi.
5. Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi.
6. So‘roq qilingan kishining ayblarini sanab berdik. 7. Sog‘lom
va zehnli bo‘lib ulg‘aygan bola hayotda qiynalmaydi. 8. So‘z bilan
o‘ynovchilardan yuragim bezillaydi. 9. Musavvirning bo‘yog‘ida
hayot chizgilari aniq ifodalangan edi.
O‘zakdagi  unlining  o‘zgarishi:
-  a  unlisi  bilan  tugagan  fe’llarga  -  v,  -  q,  -  qi
qo‘shimchalari  qo‘shilganda  a  unlisi  o  ga  o‘zgaradi  va
shunday  yoziladi.
Masalan:  sina>sinov,  so‘ra>so‘roq,  tira>tiroq,  say-
ra>sayroqi  kabi.

22
- i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo‘shilgan - v, - q
qo‘shimchalari i unlisini u ga aylantiradi. Masalan: sovi >
sovuq,  to‘qi    >  to‘quvchi,  o‘qi  >  o‘quv.  Lekin  og‘riq,
iliq, qaviq so‘zlarining o‘zagidagi i o‘zgarmaydi.
-  illa  qo‘shimchasi  orqali  taqlidiy  so‘zlardan  fe’l
yasalganda  (taqilla,  chirilla  kabi)  asos  so‘z  tarkibida  v
yoki y tovushi bo‘lsa, bu qo‘shimcha -ulla tarzida aytiladi
va shunday yoziladi: gurulla, shovulla, lovulla kabi.
Unli  tovushlar  bilan  tugagan  parvo,  avzo,  obro‘,
mavzu, mavqe kabi fors-arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga
egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda quyidagicha yoziladi:
a)  I  va  II  shaxs  qo‘shimchalari  qo‘shilganda  ushbu
so‘zlardan  so‘ng  y  tovushi  qo‘shib  aytiladi  va  shunday
yoziladi:  parvoyim,  avzoying,  obro‘yingiz,  mavzuyim,
mavqeying  kabi;
b) III shaxs egalik qo‘shimchasi  parvo, obro‘, avzo,
mavqe  so‘zlariga  -yi  shaklida  qo‘shiladi,  mavzu,  orzu
so‘zlariga -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, obro‘yi, mavzusi,
orzusi kabi.
12- mashq. Quyidagi fe’llardan qo‘shimchalar yordamida ot yoki sifat
yasang va so‘z o‘zagidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib bering.
Ili,  qayna,  sovi,  yumsha,  qot,  tin,  yon,  sana,  to‘qi,  qizi,
to‘xta.
15- topshiriq. Matnni o‘qing. Òovush o‘zgarishiga uchragan so‘zlarni
aniqlab, bu o‘zgarishlarning sababini tushuntiring.
Odob  kichik  yoshlilarni  kattalar  duosiga  sazovor  etadi;
yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar. Odob
ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli yoshga
bo‘lgan muhabbat ko‘nglida abadiy qoladi. Yoshlarni ko‘zga ulug‘
qilib  ko‘rsatadigan  fe’l-atvori  odobdir,  odoblilarning  yurish-
turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi.
Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik
eshigini  bekitadi  va  odamni  hazil-mazaxdan,  kamsitishdan
saqlaydi. Odobdan kichiklarga shunchalik foyda yetadigan bo‘lsa,
kattalarga nechog‘liq ekanini tasavvur qiling. Odob va tavoze do‘stlik
oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi.

23
Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi. Odobli
va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ular-
ning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi.
Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub»dan.
O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi:
-k, -q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda «k» undoshi g ga, q undoshi esa g‘ ga o‘zgaradi
va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi, bek > begi,
tayoq > tayog‘i, yo‘q > yo‘g‘i kabi.
Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq
so‘zlari  bundan  mustasno.
-ga,  -gacha,  -gach,  -guncha,  -gani,  -gudek,  -gan,
-gin, -gina kabi -g harfi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar
qanday tovush bilan tugagan o‘zakka qo‘shilishiga qarab
quyidagicha aytiladi va yoziladi:
a)  -k  undoshi  bilan  tugagan  so‘zlarga  qo‘shilganda
yuqoridagi  qo‘shimchalarning  bosh  tovushi  -k  tarzida
aytiladi va shu harf bilan yoziladi: tok + ga > tokka, ek +
gin > ekkin, kichik + gina > kichikkina kabi;
b) -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu
qo‘shimchalarning  bosh  tovushi  -q  tarzida  aytiladi  va
shunday yoziladi: soliq + ga > soliqqa, chiq + gani >
chiqqani,  yoq  +  gach  >  yoqqach,  qo‘rq  +  guncha  >
qo‘rqquncha kabi;
d) qolgan barcha hollarda so‘z qanday tovush bilan
tugashidan  qat’i  nazar  (  jumladan,  g,  g‘  bilan  tugasa
ham), ushbu qo‘shimchalarning bosh harfi g bilan yoziladi:
barg + ga > bargga, dialog + ga > dialogga, bug‘ + ga >
bug‘ga, tog‘ + ga tog‘ga kabi.
13- mashq. Lug‘atdan k, q, g, g‘ undoshlari bilan tugagan 10 ta
so‘z toping va avval egalik, so‘ngra g bilan boshlanuvchi
boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib, tovush o‘zgarishiga
uchrash hollarini sharhlang.
16- topshiriq. She’riy parchalarni ifodali o‘qing. Òovush o‘zgarishiga
uchragan so‘zlarni aniqlab, daftaringizga ko‘chiring.

24
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar,
Har  nechaki  ag‘yor  durur  yor  aylar,
So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar,
Yumshog‘i  ko‘ngillarni  giriftor  aylar.
Alisher Navoiy.
Orzum  shul,  o‘chmasin  yongan  charog‘ing,
Yulduzday  nur  sochsin  chashming-qarog‘ing,
Magar  chinor  bo‘lsang,  chinorday  yasha,
Bevaqt  uzilmasin  biror  yaprog‘ing.
Abdulla Oripov.
Òarixing  bitmakka,  xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak.
Chunki  bir  bor  chekkan  ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
Erkin Vohidov.
O‘zak va qo‘shimchadagi tovushning tushib qolishi:
— Ikkinchi bo‘g‘in yopiq bo‘lgan otlarga egalik qo‘-
shimchalari  va  shunday  tarkibli  fe’llarga  -il  nisbat
qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zakdagi ikkinchi unli aytil-
maydi  va  yozilmaydi.  Masalan:  og‘iz>og‘zim,  sha-
har>shahring, o‘g‘il> o‘g‘li, ayir>ayril, qayir>qayril kabi.
— Ikkinchi bo‘g‘ini ochiq unli bilan tugagan sonlarga
-ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ham o‘zakdagi -i
unlisi yozilmaydi: ikkov, oltov, yettala kabi.
—  men,  sen  olmoshlariga  -ni,  -ning,  -niki
qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi -n aytilmaydi
va  yozilmaydi.  O‘zagi  -n  bilan  tugagan  boshqa  so‘zlar
bundan  mustasno.  Masalan:  meni,  sening,  meniki  va
o‘rinni, nonning, matnniki kabi.
14- mashq. Gaplardagi qaysi so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchasida
tovush tushish hodisasi yuz berganligini aniqlang va
shu so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.
1.  O‘z  ko‘nglingni  ko‘tarishning  eng  yaxshi  yo‘li  kim-
ningdir ko‘nglini ko‘tarishdir (Mark Òven). 2. Har kimki atog‘a

25
ko‘p rioyat qilg‘ay, o‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay (Ali-
sher Navoiy). 3. Sening har bir ishing boshqalarga ibrat bo‘lishini
unutma.  4.  Og‘ziga  kelganni  demoq  nodonning  ishi  (Alisher
Navoiy). 5. Ikkalasi ham shahrimizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib lol
qolishdi. 6. Òo‘pidan ayrilganni bo‘ri yer (Maqol). 7. Sening
tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim.
8. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki,
og‘zini tiyolmaydi. 9. Men ham bir o‘g‘lingman, ona sayyora,
Bag‘ring men uchun ham xoki pok bo‘lsin (A. Oripov).
17- topshiriq. Do‘stlik va sadoqat mavzusidagi maqollardan ayting.
So‘zlarida tovush o‘zgarishlari bo‘lgan maqollarni
yozib  oling  va  bu  o‘zgarishlarni  imlo  qoidalari
asosida izohlab bering.
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yozuvda -ning shak-
lida ifodalanadi: O‘zbekistonning iqtisodi, bilimning kuchi.
Bu kelishik ma’nosi jonli nutqda -ni, she’r tilida -n, -im
shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni oldiga kirdim.
O‘zbekiston  Vatanim  manim.
Òushum kelishigi doimo -ni shaklida yoziladi: Lolani
ko‘rdim,  mehrimni  berdim  kabi.  She’riy  til  va  og‘zaki
nutqda -n, -di, -ti, -i shakllarida qo‘llanishi mumkin: Har
fasl o‘z ishin qilar. Adl qulog‘i-la eshit holini (Muqimiy).
Qaratqich va tushum kelishiklari ba’zi o‘rinlarda belgili
(-ning, -ni qo‘shimchasi bilan), ba’zan belgisiz (qo‘shim-
chalarsiz) qo‘llanadi.
Xususiylik,  aniqlik  ma’nosi  ifodalanganda  bu  keli-
shiklar belgili ishlatiladi (uyning eshigi, oq gulni uzatmoq
kabi), umumiylik, noaniqlik ma’nosi esa bu kelishiklarning
belgisiz shakli orqali ifodalanadi (shahar ko‘chasi, olma
yemoq  kabi).
15- mashq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan qo‘yib,
gaplarni  ko‘chiring.  -ning,  -ni  qo‘shimchalarining
qo‘llanishini izohlang.
1. Mamlakat... kichik bir qismi bo‘lgan oila..., un... tinchligi...
asraylik. 2. Hayotda o‘z o‘rni... topishida odam... bolalikdagi

26
faoliyati, olgan bilimi va tarbiyasi katta o‘rin tutadi. 3. Ba’zan
o‘ylab deyman, ne bo‘lardi gar, qudrat... ko‘rgizsa tabiat hassos.
Va inson suvrat... u muqarrar, fe’l-u atrofiga aylab qo‘ysa bas
(A. Oripov).  4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay,
hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli
tovushi eshitildi (Oybek). 5. Ko‘p til... bilmoqlik... foydasi katta,
u inson... katta boyligi hisoblanadi. 6. Haq yo‘linda kim sanga bir
harf  o‘qitmish  ranj  ila,  Aylamak  bo‘lmas  ado  o...  haq...  yuz

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin