Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahka-
masida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari
paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy-idoraviy til sifatida qo‘llanishi
qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan
so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli
xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nut-
qiy qoliði bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida
o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan
bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past
edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining
davlat  tili  sifatidagi  rasman  ish  yuritish  maqomi  mus-
tahkamlandi.
45- mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izoh-
lang va shu so‘zlar ishtirokida matn mazmuniga bog‘liq
gaplar tuzing.
Har  qanday  hujjat  muayyan  axborotni  u  yoki  bu  tarzda
ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi
birlamchi va asosiy unsur — bu tildir. Ayni paytda hujjatchilik-
da til axborotni faqat qayd etish vazifasinigina bajarib qolmas-
dan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida

65
ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, avvalo, o‘z qadimiy
an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or
tajribalardan  ijodiy  foydalangan  holda,  hujjatchiligimizni  ta-
komillashtirish yo‘lidan bormoq kerak.
Huijatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yara-
tish, bular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish bo-
rasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan
hujjatchilik  har  qanday  idoradagi  ish  yuritishning  asosi
hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  zamonaviy  xodim  zaruriy
axborotni rasmiy ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifoda-
lay  olishi,  idoraviy  ish  yuritish  malakalarini  puxta  egallagan
bo‘lishi  zarur.
52- topshiriq. Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turiga kirishi-
ni aniqlang, ular o‘rtasidagi farqlarni izohlang.
I. Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqi-
da yig‘lagan Layli otidan — sizga boshimdagi sochlarimning tuk-
laricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz gunoh, sizdan
kechirish. O‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechir-
gan  qora  kunlarni  esga  olish  mening  uchun  o‘sha  kunlarni
qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting-
unutmang,  ammo  men  unutdim.  Shuning  uchun  so‘zimni
o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan bosh-
layman...
Xatim  oxirida  shuni  ham  aytib  qo‘yay:  o‘ch  qaytib,  men
ham  ko‘chadan  haydalmasam  edi,  degan  xavf  hamisha
ko‘nglimda. Agar xudo yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam,
u yog‘ini o‘zim bilar edim...
3  hamal,  Marg‘ilon,  Kumushingiz  yozdim.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
II. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Akmal
Islomovga  (SA  seriyadagi  0612408  raqamli  pasportga  ega)
«Cho‘lpon  yulduzi»  mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  kassasi-
dan  2002-  yil  oktabr  oyi  uchun  yozilgan  maoshimni  olishga
ishonch  bildiraman.
5 – Mahmudov N.

66
III. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edilar.
Otam zahmatkash temirchi edi. O‘sha vaqtda bolalarini boqish,
ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat qilishlari
zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan.
Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq
va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men
uchun.  Temirlar  otam  qo‘lida  chaqmoqlar  taratishiga  boqib,
hayratda qolar edim.
Uning qo‘llari  cho‘qqa  aylangan  temir parchasini istagan
shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir
edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo
na  iloj,  inson  qalbiga  kira  bilish  temirga  ishlov  berishdan
mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga
ham  muyassar  bo‘lavermas  ekan...
Zulflya, 1965- yil.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi
hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muas-
sasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida
foydalanilsa,  ichki  hujjat  hisoblanadi.  Ayni  muassasaga
boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan huj-
jatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar
va  shaxsiy  hujjatlarga  ajratiladi.  Biron  muassasa  yoki
mansabdor  shaxs  tomonidan  tayyorlanadigan  hujjatlar
xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga
kiradi.
Shaxsiy  hujjatlar  alohida  shaxslar  tomonidan  yozi-
lib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki ja-
moat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli
bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
46- mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing,
so‘ngra ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifo-
dalashiga ko‘ra guruhlang, ular o‘rtasidagi farqni izoh-
lang.

67
O‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkaz-
moq,  belgilangan  jadvalga  muvofiq,  ko‘nglini  ko‘tarmoq,
ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, «Kamo-
lot» yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi
bo‘lib  ishlamoq,  harorat  pasayishi  oqibatida,  xushxabar  eshit-
gandan keyin.
53- topshiriq. Guruhingizning obodonlashtirish ishidagi ishtiroki
to‘g‘risida litsey direktoriga xat yozing. Unga tegishli nom qo‘ying.
Yaratgan matiningizning xususiyatlarini sharhlang.
54- topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini
izohlang, grammatik shakllarning vazifasini tushuntiring. Shaxsiy
munosabatlarni ifodalovchi jumlalarni shakllantirgan lisoniy vosi-
talarni aniqlang.
«Umidim  yulduzi,  orzum  chechagi,  hayotim  tiragi  Ku-
mushimga!
Kinoya va achchiqlar bilan to‘liq bo‘gan maktubingizni ol-
dim. Xatni yozgan chog‘ingizda tamom bir o‘t ichida, g‘azab
dengizida suzganligingiz gavdalanib ko‘z o‘ngimdan o‘tdilar. O‘t-
dilargina emas, hatto menga shunchalik ta’sir etdilarki, go‘yo
malikasining g‘azabiga uchragan qul qay darajada es-hushidan
ayrilsa,  qilar  ishidan,  o‘ylar  o‘yidan  yanglishsa,  mening-da
hozirgi holim buning yuz daraja yuqorisiga yetdi.
To‘g‘risi, zahar  olud maktubingizga odamlarcha tushuna
olmadim va tushunishga ham lozim ko‘rmadim, chunki g‘azab
ustida aytilgan so‘zlar aqlli kishilarga loyig‘i  muhokama va mu-
tolaa bo‘lolmas, gulxandan so‘ng alanga hisobini hech bir vaqtda
olinmas...
Siz mening bu xatimni o‘qib, gunohlarimni yorlaqab tur-
gan kezlaringizda, albatta, men Marg‘ilon yo‘lida bo‘lsam kerak.
Onangizning  o‘qiydigan  bayti  mening  sha’nimga  tamoman
teskari, chunki ota-ona orzusi hech bir vaqt yangi yorlik vazi-
fasini o‘tay olmas va hamisha boshqalarning orzu-havasi bo‘lib
qola  berar.  Siz  o‘zingizni  tuproq  bilan  tenglashtirmakchi
bo‘lgansiz,  lekin  men  hozir  Kumushga  ham  qanoatlanmay
Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim...

68
Borlig‘im muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda zay-
jingiz Otabek.
26- javzo, 1265- yil. Toshkent.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
47- mashq. Gaplarda tushirib qoldirilgan so‘z va qo‘shimchalarni
o‘rniga  qo‘yib  ko‘chiring.  Ushbu  matnning  oldingi
matndan qanday farqlanishini tushuntiring.
Toshkent sharqshunoslik akademik litseyi 2- bosqich talabasi
Ahror Rahmonov... shaxsiy a’zolik... ochishingiz... so‘raymiz. A.
Rahmonov o‘qishni bitirgan taqdirda, hisob bo‘limiga kutubxona
ma’lumotnoma... topshirma... unga shahodatnoma bermas... ka-
folat bera... .
Ushbu majburiyat bajaril... holat... A. Rahmonov... dan ku-
tubxonaga qaytarilmagan adabiyotlar... barcha moddiy javobgar...
o‘z zimmamizga... ola... .
Muassasalar  o‘rtasida  xizmat  aloqalari  asosan  xatlar
orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli
ko‘rsatmalar,  so‘rovlar,  javoblar,  tushuntirishlar,  xa-
bar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi.
Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki
turga ajraladi:
1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so ‘rov
xatlar, iltimos xatlar kabi).
2.  Javob  talab  qilmaydigan  xatlar  (tasdiq  xat,  ilova
xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi).
Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bo‘lgani uchun
maxsus bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Oddiy qog‘ozga
yozilgan  taqdirda  chap  tomonining  yuqori  burchagiga
muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yilishi
lozim.
Xizmat xatlar ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. La-
vozimi  aniq  ko‘rsatilgan  rahbar  tomonidan  imzolangan
xatning birinchi nusxasi jo‘natilib, ikkinchisi muassasa-
da qoladi.

69
55- topshiriq. a) xat matnini o‘qing, uning mazmunida nima ifo-
dalanganini aniqlang.
A. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey ma’muriyati va
kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 18- oktabr soat 19:00
da namoyish etiladigan «Zebuniso» spektaklini tomosha qilish
uchun litseyimiz talabalariga 120 (bir yuz yigirma) ta chiðta
ajratishingizni  so‘raydi.
Chiðtalar qiymati naqd pul bilan to‘lanadi;
b) ushbu iltimos xatining kimga jo‘natilganligini, kim tomonidan
imzolangani kabi zaruriy qismlarini qo‘yib daftaringizga ko‘chiring.
48- mashq. Quyida berilgan zaruriy qismlarni tartib bilan joylash-
tirib, ular asosida so‘rov xati namunasini yarating.
Bu qurilma bizni juda qiziqtirdi. Litseyingiz yosh olimlari
tomonidan yaratilgan oqova suvlarni tozalash qurilmasi. «Ekol-
ot» xalqaro jamg‘armasi raisi A. Maqsudov. Bu haqda «Ma’rifat»
gazetasida xabar chop etildi. Shu sababli Sizdan ushbu quril-
maning texnik tavsifi, yo‘riqnomasi va modelini yuborishingiz-
ni so‘raymiz. Iqtisodiyot litseyi direktori M.Saidovga.
56- topshiriq. Berilgan shakl asosida da’vo xati mazmunini to‘ldiring.
Tovar turi sifatida parta yoki yozuv taxtasini ko‘rsating.
Parta (yoki yozuv taxtasi)
yetkazib berish kechiktirilgani
uchun jarima to‘lash haqida
DA’VO
________________dagi___raqamli shartnomaga binoan
(sana)
Siz__________________ga bahosi_____bo‘lgan
(tashkilot  nomi)
     (so‘m so‘z bilan)
________dona___________yetkazib berishingiz kerak edi.
 (tovar nomi)

70
Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda
parta (yoki yozuv taxtasi)___kun kechikib yetkazib berildi.
Shartnomaning bandiga muvofiq, tashkilotingiz muddatida
yetkazib bermagan____so‘mlik parta (yoki yozuv
taxtasi) bahosidan___% miqdorida Sizning hisobingizga
___so‘m jarima yozildi.
Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning
 hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman.
Mazkur summa belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda
ish xo‘jalik sudiga oshiriladi.
Litsey  direktori___________
   B. Karimov.
(imzo)
57- topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Da’vo xatlari qanday maqsadlarda yoziladi?
2. Iltimos xati qanday zaruriy qismlardan tashkil topadi?
3. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi
farqlarni izohlab bering.
4. Ilova xati qaysi holatlarda yoziladi?
5. Xizmat xatlarining qaysi turlari uchinchi shaxs nomidan
yoziladi?
Xizmat  xatlari  mantiqan  izchil  uch  qismdan  iborat
bo‘ladi. Kirish qismida tegishli muassasaga murojaat qi-
lishga asos bo‘lgan sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xat-
da ko‘tarilgan masalani hal etish kerakligi dalil asosida
bayon qilinadi. Xulosa qismida xat yozishdan ko‘zlangan
asosiy maqsad aytiladi.
Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’tibor be-
rish  lozim:
— xat qisqa bo‘lishi, qoidaga ko‘ra bir betdan osh-
masligi kerak;
— fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart;
— matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar ishlatil-
masligi  zarur;

71
— gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga mu-
vofiq  uchinchi  shaxs  birlik  yoki  birinchi  shaxs  ko‘plik
sonda shakllantirilishi lozim;
—  matn  sarlavhasi  bir  jumla  shaklida  ikki  qatordan
oshmasligi,  «to‘g‘risida»  yoki  «haqida»  ko‘makchilari
orqali  tugatilishi  kerak  («Litsey  oshxonasini  ta’mirlash
to‘g‘risida»  kabi);
—  matnda  xizmat  xatining  turi,  nomi  yozilmaydi,
xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur.
49- mashq. Gaplarda qanday fikr ifodalanganligini aniqlang, gaplarni
ko‘chirib, mazmuniga ko‘ra qaysi xat turiga tegishliligini
qavsda ko‘rsating.
1. Anjumanda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 2. Ushbu
qo‘lyozmalarni muhokama qilish va tegishli xulosa berish uchun
yo‘llaymiz. 3. Ma’ruzachilarni taklif etish, kutib olish va turar-
joy bilan ta’minlashni litsey ma’muriyati o‘z zimmasiga oladi.
4. Mavjud buyurtmalarni bajarishga ulgurmayotganligimiz sa-
babli iltimosingizni bajara olmasligimizni ma’lum qilamiz. 5. Bir-
lashma  tajriba-sinov  o‘tkazish  uchun  barcha  sharoitlarni  ya-
ratishga kafolat beradi. 6. Ilovani ushbu shartnomaning ajralmas
qismi deb hisoblashingizni so‘raymiz. 7. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan
darsliklarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalar
qabul qilinadi.
50- mashq. Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni
to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.
«Fidokor» gazeta...
bosh  muharriri  S.  Safarov...
«Fidokor» gazetasi tahririyati tomoni... 2002- yil 3- martda
yuborilgan  I—01-90  raqamli  so‘rov  xatingiz...  javob....  Sizga
shuni  ma’lum  qilamiz...,  mahallamizda  yashovchi  bir  guruh
yoshlar...  14-  turarjoy  dahasida  ommaviy  sport  turlari  bilan
shug‘ullan... uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risida... shiko-
yat xatida ko‘rsat... kamchiliklar mahalla faollari yig‘ilishi... shu
yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida ko‘rib chiq....

72
Xat... ko‘rsatilgan kamchiliklar asos... ekan... tan olin... .
Yunus-obod  tumani...  14-  dahasidagi  qarovsiz  qoldirilgan
maydonlarni  toza...,  uylar  hovlisidagi  garajlar...  oldirib,
o‘yingoh...  aylan...,  mavjud  sport  inshootlarini  ta’mir...  va-
zifalari  «Hashar»  kommunal  xo‘jali...  rahbari  Q.  Ochilov...
topshirildi.
Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar... ijrosi haqida tahririyatin-
giz... qo‘shimcha xabar qila... .
«Yunusobod» mahalla qo‘mita... raisi
(imzo)
S. Olimov.
Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda
ifodalanishi, yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosa-
lanishi lozim.
Zarur holatlarda o‘rinli taklif yoki e’tiroz bildirilishi
mumkin.  Ammo  mutasaddi  rahbarga  nisbatan  hurmat
saqlanishi,  murojaat  odobiga  amal  qilinishi  zarur.  Shu
maqsadlarda:
— rahbarga murojaat shakli «Siz» so‘zini bosh harfda
yozish orqali ifodalanadi (Sizga, Sizdan kabi);
— fikriy bog‘liqlik «bu», «ushbu», «mazkur», «shu sa-
babli», «shunga ko‘ra (muvofiq)» kabi so‘zlar yordamida
ta’minlanadi;
—  taklif  va  e’tirozlar  «bizningcha»,  «shartnomaga
ko‘ra», «biroq», «shu bilan bir qatorda», «deb o‘ylaymiz»
kabi so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalanadi.
58- topshiriq. O‘quv yurtingizda «Alisher Navoiy ijodi — bebaho
ma’naviy meros» mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish haqi-
da axborot xati tayyorlang. Zaruriy qismlari to‘g‘ri qo‘yilganligini
o‘rtog‘ingizga tekshirtiring.
59- topshiriq. a) xatni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nosini
izohlang.
Onajon! Kuyovingizning yozganlaridan tashqari, men sizga
shu bilan oltinchi xat yozdim. Ammo sizdan uchta va dadamdan

73
ikkita xat oldim. Ayniqsa, dadamning keyingi xatidagi qora xa-
bar bilan dori dunyo ko‘zimga toraydi. O‘lim haq, ammo be-
chora buvim jon berar ekan, yonida turib duosini olib qolma-
ganim  uchun  ko‘p  hasrat  chekdim.  Ayniqsa,  musofirchiligim
yomon asar qildi.
Ko‘z  yoshlarim  bilan  yuzimni  yuvdim.  Bugun  beshinchi
kundan beri rahmatlik buvim arvohiga atab qur’on boshladim.
Xatm  qilib  bag‘ishlayman,  xudo  g‘ariqi  rahmat  qilsin,  sizga
sabr  bersin.  Endi  musofir  qizingizning  baxtiga  siz  o‘lmang,
omin.
Va’da ma’lum bo‘lsinki, alhamdulillo kuyovingiz va quda-
laringiz salomatdirlar va ulaming soyalarida men qizingiz ham
o‘ynab-kulib yuribman. Sizni va otamni juda sog‘indim....
Siz mening telba so‘zlarimdan achchig‘lanmang. Agar bu
gapimning to‘g‘riligini bilmakchi bo‘lsangiz, Toshkent kelga-
ningizda qayin otamning nasihatini o‘z qulog‘ingiz bilan eshi-
ting-da, undan keyin so‘zimga qiymat bering!
Aza hamma vaqt topiladi desangiz qizingizning ko‘ngli uchun
hali ham kelganingiz yaxshi. Dadamga mening arzimni aytsan-
giz albatta qaytarmas. Mendan dadamga behad salom. Kelasi
oydan qo‘rqaman...
Ko‘risholmasak mendan rozi bo‘ling, dadam va boshqa yori
do‘stlar ham. Kumush yozdim.
Toshkent, 1269- yil 1- qavs oyida.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
b)  ushbu  xatning  xizmat  xatlaridan  farqlovchi  xususiyatlarini
toping.
51- mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘z yoki qo‘shimchani qo‘yib
ko‘chiring. Aynan shu so‘z yoki qo‘shimchani nega
tanlaganingizni tushuntiring.
1. Ta’til boshlanishi... (bilan, tufayli)... (sen, siz)ning ke-
lishing... (-izni, -ni) orziqib kutaman. 2. Mendan hamma-ga. ...
(ayniqsa,  xususan)  sinfdoshlaringga...  (tegishli,  ko‘pdan-ko‘p)
salom...  (-ni,  -lar)  yetkaz...  (-ishingni  so‘rayman,  -asan  deb

74
o‘ylayman). 3. Ushbu... (xat, maktub) senga qaysi... (kun, sana)da
yetib bor... (-ishi bilan, -sa) darrov javob yoz... (-ishing kerak,
-giri),  xo‘pmi.  4.  Yuborgan...  (mablag‘,  pul)laringizni  oldim,
katta...  (rahmat,  tashakkur).  5.  Bo‘sh  qol...  (-dimmi,  -gan
taqdirda)  xayolimni  sizdan  uz...  (-ishim  mumkin  emas,—  ol-
may qolaman). 6. Menga ko‘rsatgan... (maxsus, katta) yorda-
mingiz... (orqali, tufayli) ishlarim... (rivojlandi, yurishib ketdi).
7. Siz bilan... (tez muddatda, yaqin kunlarda) ko‘rishish... (umidi-
daman,  zarur).
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki turli
bo‘ladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki do‘stona
munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qo‘llanadi.
Bunday  xatlar  rasmiy  yozishmalardan  hajmining  chek-
lanmaganligi,  shakliy  mustaqilligi,  matn  mazmunining
ichki  kechinmalarga,  hazil,  qochiriq,  gina,  afsus,  tak-
lif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy so‘zlashuv
yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajral-
ib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va
hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana
shunday erkin uslubda yoziladi.
Shaxsiy xatning diðlomatik yozishmalarga mansub turi
ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo‘lib, ularda davlat
boshliqlari,  diðlomatik  xodimlarning  shaxsiy  va  oilaviy
hayotidagi yangiliklar, sovg‘a taqdim etish, minnatdorchilik
bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarni
hal  qilishga  qaratilgan  iltimoslar  bildiriladi.  Yuqoridagi
shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me’yoriga
to‘la amal qilinadi.
60- topshiriq. Matnni o‘qing. Xizmat darajasidagi nutqiy aloqaga
xos jumlalarni ajrating va oddiy so‘zlashuv uslubidan farqini
 
tu-
shuntiring.
... Kerakli raqamni terdi-da, uch-to‘rt signaldan so‘ng kim-
dir  trubkani  olgach,  ayol  kishining  ovozini  eshitib,  darrov
o‘zini tanitdi va:

75
– Aziz Qosimovich qachon keladilar, qo‘ng‘iroq qildilar-
mi? — deb so‘radi. — Rasul Olloyorovich qiziqyaptilar.
— Telefon qildilar! Indinga kelyaptilar, samolyotda! — dedi
Saltanat entikib.
— Qaysi reysda?
— Nima?
—  Reysini  so‘rayapman,  qaysi  reys?
Saltanat bir dam jimib qoldi va oxiri gunohkorona tovush
bilan:
— Esim qursin, so‘ramabman-ku, — dedi.
Kotiba qiz ishi oxirigacha bitmagani va ho‘l tuflisi g‘ashiga
tekkanidan kayfiyati buzilib:
–  Voy,  reysini  bilmasangiz  kutgani  qanday  chiqasiz?!  —
deb achitib oldi.
– Kechirasiz... — Saltanat judayam xijolat bo‘ldi. Kotiba qiz
indamay  trubkani  qo‘yib  qo‘ydi.  Keyin  Rasul  Olloyorovich
huzuriga kirib, surishtirib bilgan gaplarini aytdi.
O‘. Usmonov, «Girdob»dan.
52- mashq. Telefonda rasmiy so‘zlashuvga oid dialoglardagi bo‘sh
o‘rinlarni  to‘ldirib,  daftaringizga  ko‘chiring,  nutqiy
qoliðlar shaklining tuzilishiga e’tibor bering.
1.  —  Allo,  Olim  Rahimovich  kerak  edilar,  nashriyotdan
qo‘ng‘iroq qil... .
—  Hozir  chaqiraman.
— Allo, Rahimov... .
—  Assalomu  alaykum.  Men  «O‘qituvchi»  nashriyotining
muharriri  Ortiq  Abdullayevman.  Nashrga  tayyorlanayotgan
qo‘lyozmangiz... nashriyotga kelib ketishingiz... .
— Yaxshi, erta... borsam bo‘ladimi?
— Tushdan keyin kelganingiz... .
— Xo‘p, albatta, bora... .
2. — Allo, litseylar boshqarma... Mo‘minjon Mahmudov-
man.
— Eshita... Mo‘minjon Qodirovich! Men xodimlar... bosh-
lig‘i  Anvar  Qosimovman.

76
—  Sizdan  iltimos,  Anvarjon,  direktor  bilan  kelishgan...
olimpiada hay’atiga kiritila... o‘qituvchilar ro‘yxatini yubor...
— Nechta kishini tavsiya etish... lozim?
—  Beshta  tajribali  o‘qituvchini  yozsangiz,  o‘zimiz  tanlab
olamiz. Tushunar...?
—  Tushundim,  Mo‘minjon  Qodirovich.
— Yaxshi, soat olti... kutaman.
— Xo‘p, hozir tayyor... yetkazaman.
61- topshiriq. Yuqoridagi dialoglarning oddiy so‘zlashuv uslubi-
dan farqini tushuntiring.
62- topshiriq. Matnni o‘qing. Telefonda so‘zlashish odobiga oid jum-
lalarning ma’nosini izohlang.
Agar  siz  qo‘ng‘iroq  qilsangiz,  albatta,  gapni  salom-alik-
dan  boshlang.  Shundan  so‘ng  o‘zingizni  taniting  (ish  yuzasi-
dan  telefon  qilsangiz  xizmat  vazifangizni  ham  aytganingiz
ma’qul) va kerakli joyga tushdingizmi yoki yo‘qmi shuni aniq-
lab oling. Kerakli joyga tushganingizga ishonch hosil qilganing-
izdan  so‘ng,  sizga  zarur  bo‘lgan  kishini  chaqirib  berishlarini
iltimos qiling. Hol-ahvol so‘rab, asosiy maqsadga o‘ting. Tele-
fonda qisqa, lo‘nda gaplashishga harakat qilishingiz lozim. Xayr-
lashib  bo‘lganingizdan  keyin  telefon  dastagini  birinchi  bo‘lib
siz qo‘ying, chunki telefon raqamini siz tergansiz.
Agar sizni telefonga chaqirishsa, «Labbay» yoki «Eshitaman»

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin