Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

Akbar  Rasulov  o‘rta  maktabni  a’lo  baholar  bilan  tugat-
gach, 2001- yilda O‘zbekiston Milliy universitetining huquq-
shunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori
ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.
O‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati
bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qat-
nasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifatida tala-

90
balar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazdi.
U  ingliz  tilini  yaxshi  biladi,  erkin  gaplasha  oladi.  Bu  tildagi
ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita
anjumanda  qatnashdi.  «O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligi-
ning  huquqiy  asoslari»  mavzusidagi  ma’ruzasi  Buyuk  Brita-
niyaning  Manchestr  universiteti  rahbariyati  tomonidan  mu-
nosib taqdirlandi.
U  —  yaxshi  sportchi.  Milliy  kurash  bo‘yicha  bir  qancha
musobaqalar  sovrindori.
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqti-
dorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro‘ga
ega.
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va hu-
quqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.
A.  Rasulov  —  kamtarin,  to‘g‘riso‘z,  do‘stlarga  nisbatan
g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma «Umid» jamg‘armasi tashkil etgan Buyuk Bri-
taniya  Manchestr  universitetiga  talabalikka  yuborish  uchun
o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi.
79- topshiriq. a) xodim (talaba)ning ish (o‘qish)ga munosabatini
ifodalovchi quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘z misollaringiz
bilan to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring.
Vijdonli, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida ba-
jaradigan,  ongli,  dunyoqarashi  keng,  siyosiy  yetuk,  o‘zi  va
o‘rtoqlariga  talabchan,  o‘z  ishini  yaxshi  biladigan,  intizomli,
hozirjavob, mas’uliyatli ....
b) ushbu so‘z va qoliðlashgan so‘z birikmalaridan foydalanib, gu-
ruhdoshingiz (o‘qituvchingiz)ning o‘z ishiga munosabatini yorituv-
chi tavsifnoma matnini tayyorlang.
66-  mashq.  Zarur  so‘z  va  so‘z  birikmalarini  qo‘shib,  gaplarni
to‘ldiring. Fe’l shakllarining qo‘llanishiga e’tibor
bering.
1. Men Ilhom Shokirov... 2001- yildan ... taniy... . 2. Shu
litsey... ingliz tili guruhi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov inti-

91
zomli..., ..., ...., talaba... tanilgan. 4. Litseyimizning jamo-
at  ishlari...  faol  qatnash...  .  5.  U  sport  ...  muntazam
shug‘ullana...,  shu  yilgi  respublika  festivalida  stol  tenni-
si... faxrli uchinchi o‘rin... egal... . 6. U ingliz til......biladi,
erkin so‘z... ola... . 7. Ingliz tilidagi ko‘plab badiiy kitob ...
mustaqil o‘qiy... . 8. Shun... ko‘ra, men Ilhom Shokirovni
Mirzo  Ulug‘bek   nom...  sti pendiyani  olish   ...  tanlovda
qatnashish... tavsiya eta....
80- topshiriq. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini
ko‘rsata olgan guruhdoshingizni biror mukofot bilan taqdirlanishi
uchun tavsiyanoma yozing.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaru-
riy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qism-
larining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yili-
shiga alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unut-
mang:
— bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha
harflar katta harflar bilan yozilishi kerak.
Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi;
— hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartiril-
masdan  to‘liq,  bosh  harflar  bilan  yozilish  qoidalariga
amal qilgan holda yoziladi;
—  hujjat  matnining  asosiy  qismlari  xatboshi  bilan
yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘-
langan tarzda undan so‘ng beriladi;
— shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan
va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi.
Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ...
—  tavsifnomada  tavsiflanayotgan  shaxs  haqidagi
ma’lumotlar bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi.
Masalan:  ...ning  2-  bosqich  talabasi,  1988-yilda
tug‘ilgan, o‘zbek... kabi.
67- mashq. Gaplarni o‘qing. Majhul nisbat va buyruq-istak mayli
shaklidagi fe’llarni aniqlab, ikki ustunga ajratib dafta-

92
ringizga ko‘chiring va ulardagi qo‘shimchalarning ma’no
vazifasini izohlang.
1. Bosh muhandis Shavkat Azimov 2002- yilning 16- mayi-
dan 23- mayigacha Farg‘ona shahriga xizmat safariga yuborilsin.
2.  II  bosqich  talabalarining  o‘zlashtirish  darajasini  tekshirish
uchun quyidagilardan iborat komissiya tuzilsin. 3. Yulduzxon
Ibrohimjon  qizi  2002.21.05  dan  xodimlar  bo‘limi  boshlig‘i
lavozimiga  qabul  qilinsin.  4.  Ilmiy  bo‘lim  bosh  mutaxassisi
L. Azizov navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib, 2002.12.04 dan
o‘z vazifasini bajarishga tushdi deb hisoblansin. 5. Litsey jiho-
zlari va boshqa buyumlarini yo‘qlamadan o‘tkazishda quyidagi
muddatlar belgilansin. 6. Buyruqni nazorat qilish o‘quv bo‘limi
mudiri N. Usmonov zimmasiga yuklatilsin. 7. Lobar Abduroziq
qizi  2002.28.09  dan  50000  so‘mlik  maosh  bilan  Yunusobod
tumani xalq ta’limi bo‘limining bosh metodisti lavozimiga tayin-
lansin.
68- mashq. Berilgan so‘z birikmalari asosida shunday gaplar tuzin-
ki, ularning kesimi majhul nisbatdagi fe’llardan iborat
bo‘lsin.
O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat
shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy
yo‘qlama  o‘tkazish  uchun,  O‘zR  MK  12-  moddasining  2-
bandiga ko‘ra, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursida
bo‘lishi davrida, mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi sababli, oylik
maoshi 30000 so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish
o‘tkazish  uchun.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va
kundalik  vazifalarni  hal  qilish  maqsadida  buyruq,  far-
moyish, ko‘rsatma kabi farmoyish hujjatlari tayyorlanadi.
Buyruq  loyihasi  bosh  mutaxassislar,  huquq  maslahat-
chisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi
(kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi
qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos

93
qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi. Asoslashga ehti-
yoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning far-
moyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYU-
RAMAN:»  so‘zini  bosh  harflar  bilan  ikki  nuqta  qo‘yib
yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi.
Agar  farmoyish  bir  nechta  bo‘lsa,  bandlarga  ajratilib,
arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon
bajarishi  majhul  nisbatdagi  fe’lning  buyruq  (III  shaxs,
birlik)  shakli  bilan  ifodalanadi  (tayinlansin,  belgilansin,
o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish  oxirida  buyruqni  nazorat  qilish  kimga
yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat
bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan  farmoyishdan  so‘ng  buyruqqa  asos  bo‘lgan
hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
81- topshiriq. Quyida berilgan namunaviy buyruq shakli asosida
litseyingizda  o‘tkazilgan  ko‘rik-tanlov  g‘oliblarini  taqdirlash
to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang.
Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot no-
mini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiya-
sini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh
harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga
muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri bel-
gilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish;
— matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochi-
riq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum
ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-
hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;

94
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillar-
ni kiritmaslik;
— muayyan andozaga solingan, qoliðlangan, soha ter-
mini sifatida qabul qilingan birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘lla-
maslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish,
tinish belgilarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki
o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavo-
zimi va ismi-familiyasini aniq ko‘rsatish. Masalan: 2004-
yilning  18-  oktabri,  «hashar»  shirkati  raisi  Said  Olimov
kabi.
Vazirlik  nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0
      joyi
¹____
B U Y R U Q
Asoslovchi (kirish) qismi
______________________________________________________
______________________________________________________
______________________________________________________
BUYURAMAN:
2.______________________________________________________
3.______________________________________________________
4.  ______________________________
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish_______________
zimmasiga yuklatilsin (lavozimi va familiyasi to ‘liq yoziladi)
Direktor:
(imzo)
I.0. Familiyasi

95
69- mashq. Gaplarni o‘qing. Bir ma’noli so‘zlarni va fikrning aniq-
ligini ifodalovchi so‘z birikmalarini ajratib ko‘chirib
oling.
1. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismidan ol-
dingi hamma qismlarini qamrab oladi. 2. Pattada ma’lum kishiga
muayyan  miqdordagi  pul,  mahsulot,  urug‘  (don)  yoki  boshqa
narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. 3. Bir-
lashmaning 2002- yil 3- martdagi 03—58 raqamli buyrug‘ini ba-
jarish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 4. Turkiston o‘lkasining
1918- yildagi asosiy qonunida o‘zbek va rus tillari davlat tili deb
e’lon qilingan. 5. Xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kir-
maydigan ishlar yuklatilsa, katta harflar bilan yoziladigan «tav-
siya etaman» so‘zi qo‘llaniladi. 6. Boshqarmaning 2001- yil 18-
oktabrdagi 152- raqamli buyrug‘i bilan litseyga 4 (to‘rt) ta komp-
yuter o‘rnatildi. 7. Binoni isitish quvurlarini almashtirish ishlari
joriy yilning 28- oktabrigacha bajarilsin.
82- topshiriq. a) matnni o‘qing. Matnda ifodalangan ma’lumotning
mazmuniy tuzilishini izohlang.
Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz sakkizinchi yilning avji bahor payti
edi. ... Oybek bundan sakkiz oy oldin Yozuvchilar uyushmasidan
o‘chirilgan.
Botuni Samarqandda hibsga olishdi. U bir necha yildan beri
qamoqda yotibdi. Sanjar Siddiqni Qibraydagi dam olish uyi-
dan,  Qurbon  Beregin  bilan  Anqaboyni  yozuvchilarning  IV
plenumi prezidiumidan ijod ahlining ko‘zi oldida qo‘llariga kishan
solib olib ketishdi. O‘sha plenumda Oybek bilan Hamid Olimjon
uyushmadan o‘chirildi. Shu joyning o‘zida a’zolik hujjatlari tortib
olindi.
Fitrat,  Cho‘lpon,  Qodiriy,  G‘ozi  Yunus,  Elbek,  Usmon
Nosirlarni  fosh  qiluvchi  maqolalarning  keti  uzilmaydi.  Ular
bu xil hujumlardan qamalganlaridan keyin ham qutulishmadi.
Oybek o‘sha paytlarda bolalari bilan tor bir uyda yashardi.
Ijod qilish uchun mutlaqo sharoit yo‘q edi. Er-xotin o‘ylab-
o‘ylab,  yashab  turgan  xonaning  shifti  bilan  poli  oralig‘ida
bolaxona qilishdi. Oybek unga narvonda chiqar, to sahargacha

96
muk tushib yozardi. Yozib charchagan paytlarda qaddini rostla-
sa boshi shiftga tegardi. Kunduzlari ba’zan Eski Jo‘vadagi «Oktabr»
kutubxonasiga borib yozardi.
Bu kutubxona ilgari «Turon» nomi bilan atalgan. Abdulla
Qodiriy,  Cho‘lpon,  Fitrat,  G‘afur  G‘ulom,  Oybek,  Mirte-
mirlar bu yerga tez-tez kelib turishgan.
Said Ahmad, «Yo‘qotganlarim va topganlarim»dan.
b) matndagi fe’l shakllarini majhul nisbatda qo‘llang va mazmu-
nidagi farqlarni ayting.
Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi
yoki  muassasa  faoliyati)  haqida  axborot  beruvchi  hujjat
ma’Iumotnomadir.
Mazmuni va xususiyatiga ko‘ra xizmat ma’lumotnomasi
va shaxsiy ma’lumotnoma farqlanadi.
Xizmat  ma’lumotnomalarida  muassasa  yoki  xo‘jalik
faoliyatiga  bog‘liq  bo‘lgan  holat  va  voqea-hodisalar
to‘g‘risida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar beriladi.
Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sar-
lavha qo‘yilishi lozim. Masalan: «Litsey o‘qituvchilarining
soni haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibi-
da) xabarga oid sana ko‘rsatiladi. Masalan: «2002- yil
1-oktabrdagi  holatga  ko‘ra»  kabi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomo-
nidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holat-
larni  tasdiqlovchi  hujjat  sanaladi.  Xizmat
ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumot-
nomalarda  ular  yo‘llangan  idora  yoki  shaxs  nomi
ko‘rsatilmaydi.  Buning  o‘rniga  matn  so‘nggida
ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masa-
lan:  «Uy-joydan  foydalanish  boshqarmasiga  taqdim  etish
uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha
ma’lumotlar  aniq  nisbatdagi  hozirgi-kelasi  zamon  fe’l
shakli orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi
kabi).

97
83- topshiriq. Ma’lumotnoma matnini o‘qing, ajratilgan so‘zlarning
ma’nolarini izohlang.
Litsey direktori
S.  Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
tushgan  shikoyatlar  haqida
MA’LUMOTNOMA
2001—2002-  o‘quv  yilining  ikkinchi  yarmida  litseyning
ikkita yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va
shikoyat  tushdi.  Bulardan  34  tasi  ariza  va  12  tasi  shikoyat
hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar
berilishini  so‘rab  yozilgan  bo‘lib,  bu  ehtiyojlar  o‘z  vaqtida
qondirilgan.
Shikoyatlardan  10  tasi  ko‘rib  chiqilgan,  2  tasi  ko‘rish
jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalari-
ga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati
Shu’ba raisi
 (imzo)                                N. Mahkamov.
70- mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari ishtirokida gaplar
tuzing, fe’llarni hozirgi-kelasi zamon shaklida qo‘llang.
Talaba hisoblanmoq, iqtisodchi, lavozimida ishlamoq, ya-
shamoq, ijarada yashagan, tikuvchi, ushlanib qolmoq, taqdim
etish  uchun,  muhandis,  maktab  ma’muriyatiga,  asos,  top-
shirish  uchun,  qabul  qilinmoq,  tibbiy  ma’lumotnoma,  dori-
shunos,  ko‘rsatish  uchun,  oylik  maoshi,  ijtimoiy  ta’minot
bo‘limiga.
84- topshiriq. So‘z va so‘z birikmalarini quyidagi savollarga javob-
lar tartibida joylashtiring:
?
m
i
K
?
a
d
r
e
y
a
Q
?
b
il
‘
o
b
m
i
K
?
i
d
a
li
q
a
m
i
N
7 – Mahmudov N.

98
Tuman soliq nazorati idorasida, ishlaydi, Aziz Ibrohimov,
iqtisodchi, o‘qiydi, Farg‘ona akademik litseyida, ikkinchi bos-
qich talabasi, «Sharq tongi» tikuvchilik fabrikasida, bosh mu-
handis,  tadbirkor,  Yunusobod  savdo  markazida,  lavozimida,
hisoblanadi, dorishunos bo‘lib, 18- sonli dorixonada, Buxoro
shahar  To‘qimachilar  tumanidagi.
73- mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida namunadagidek
gaplar tuzing. Ko‘makchili birikmalarni ma’nodoshlari
bilan almashtirib daftaringizga ko‘chiring.
Namuna:  Ma’lumotnoma  talab  etilgan  joyga  taqdim  etish
uchun  berildi.
Ko‘rsatish  uchun,  oliy  o‘quv  yurtiga,  topshirish  uchun,
kasaba  uyushmasiga,  berildi,  Qo‘qon  shahridagi  18-  o‘rta
maktab, taqdim etish uchun, ma’muriyatga, uy-joylardan foy-
dalanish  bo‘limiga,  316-  bolalar  bog‘chasiga,  harbiy  komis-
sariatga,  tuman  ta’minoti  boshqarmasiga.
85- topshiriq. Yaqin qarindoshlaringizning ish joylari haqida o‘z
tumaningizdagi biror yuqori idora nomiga ma’lumotnomalar na-
munasini tayyorlang.
86- topshiriq. O‘z guruhdoshlaringizdan uchtasining yashash joy-
lari to‘g‘risida ma’lumotnoma matnlarini tuzing.
87- topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini izohlang. Matnning
qanday maqsadda yozilganini aniqlang.
Yosh  xonimizga  va  padari  orusi  shahanshoh  Musulmon-
quli bahodir huzurlariga. Yosh shohimizning baxt va tolelari
ruhsiz tanlarimizga qayta boshdan ruh, ma’yus ko‘ngillarimizga
qaytib chiqmaslik umid bag‘ishladi. Faqir qullari, bundan to‘rt
kunlar  ilgari  Toshkentdan  siðohlar  bilan  umidsiz  qaytishga
majbur  bo‘lib,  ul  to‘g‘rida  huzurlariga  xabar  ham  yuborgan
edim. Shu holda biz siðohlar bilan Kirovchi yaqiniga yetgan
ham  edik,  orqamizdan  bir  chopar  yetib,  Toshkentda  Aziz-
bekka qarshi isyon boshlanganini, bizni ko‘mak uchun Yusuf-

99
bek Hojining Toshkentga chaqirganligini so‘zlab, uning ismi-
dan bir maktub berdi. Men darhol siðohlarni Toshkent qaytishga
buyurdim-da, xabar olganning ikkinchi kuni Toshkentga yet-
dim. Biz Toshkentga kirganda Yusufbek Hoji boshliq olomon
Azizbekni o‘rda ichiga qamab yotar ekanlar. Olomon, ayniqsa,
Yusufbek Hoji bizni juda yaxshi qarshiladilar...
Men Yusufbek Hojining bunchalik katta xizmati evaziga xon
hazratlaridan ulug‘ bir martaba olib berishga va’da bergan edim.
U bunga qarshi uzr aytib, Toshkentga insofli bir bek belgilan-
sa, menim uchun kifoya, dedi.
Uning  xon  janobidan  kutgan  bir  marhamati  bor  ekan:
shu  yaqinda  savdo  bilan  Marg‘ilonda  yurgan  yolg‘iz  o‘g‘lini
noma’lum  bir  sabab  bilan  O‘tabboy  qushbegining  qamagan-
ligini eshitibdir. Uning bu xizmatini biror mukofotga arzigulik
ko‘rsalar, o‘sha qamoqda bo‘lgan o‘g‘lini ozod etmak uchun
xon hazratlarining qilaturg‘on inoyatlari har bir narsadan ham
unga azizroq bir mukofot bo‘lur...
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar»dan.
Bildirish (bildirishnoma) muayyan idora, uning rah-
bariga biror voqea-hodisa yoki xizmat faoliyatiga tegishli
masalalar  yuzasidan  axborot  berish  maqsadida  taqdim
etiladigan hujjatdir.
Bildirishnomalarni  tayyorlashda  faqat  biror  voqea,
holat  to‘g‘risida  xabar  berish  bilan  cheklanish  yetarli
emas,  ularning  sabablari  tahlil  qilinishi,  xulosa  chiqa-
rilishi, takliflar berilishi ham lozim.
Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar
aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi.
Bunday  hujjatlar  matni  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,
birinchisida, yozilishiga sabab bo‘lgan voqea, dalillar be-
rilsa, ikkinchisida, shunga oid xulosa va aniq takliflar bayon
qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq sana
yoki vaqtga tegishli bo‘lsa, bu sana yoki vaqt matn ol-
didan ko‘rsatilishi lozim.
Masalan: 2002- yil 1- oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi.

100
72-  mashq.  Nuqtalar  o‘rniga  tegishli  qo‘shimchalarni  qo‘yib,
so‘z birikmalarini daftaringizga ko‘chirib oling va es-
lab qoling.
Masalan... o‘rgan... chiqdim, sizning ko‘rsatma... binoan,
o‘z vaqti... bajarildi, ahvol... haqida, chora ko‘rish... so‘rayman,
qiyinchilik...  duch  kelmoqda...,  masala...  ijobiy  hal  etilishi...
so‘raymiz, zarur deb hisoblay..., qonun oldida javob berish...
so‘ray..., yotoqxona... tekshir..., qayta ko‘r... chiq... taqozo et-
moqda, sharoit yo‘q... sababli, berilgan vazifa... muddat... oldin
bajardim.
88- topshiriq. a) bildirishnoma shaklini to‘g‘ri to‘ldiring.
Kutubxona o‘quv xonasining
Ta’mirlanishi haqida
BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma  matni  (yozilish  sabablari,  xulosa,  talab  va
takliflar).
Ilova: (zarur bo‘lsa).
Kutubxona mudirasi                 (imzo)        S. Usmonova.
   2002. 24. 08
b) savollarga javob bering:
1. Bildirishnoma qanday varaqqa (bosma blanka yoki oddiy
qog‘oz)  yoziladi?
2. Qanday bildirishnomalarda matn sarlavhasi qo‘yiladi?
3. Qaysi holatlarda bildirishnomaga ilovalar berilishi mumkin?
4. Bildirishnomaning zaruriy qismlarini ayting.
Abu Ali ibn Sino nomidagi
Buxoro akademik litseyi
direktor o‘rinbosari
B. Muqimovga

101
73- mashq. Matnni o‘qing, unda nimalar haqida ma’lumot be-
rilganligini izohlang, bildirishnomadan qanday farq-
lanishini tushuntiring.
Hammaga  ma’lumki,  mavjud  «F»  navi,  ayniqsa,  keyingi
yillarda vilt kasalligi bilan juda qattiq zararlana boshladi. Bu kasallik
1948—1949- yillardayoq yoyilgan edi. Buning sababi: paxta may-
donlariga asosan bir turdagi nav ekilib, viltning tez yoyilishi va
aytish mumkinki, ommaviy tus olishiga qulay sharoit yaratib
berildi. Ayniqsa, Andijon va Buxoro viloyatlari dalalarida 1960-
yillarda kasallik keng tarqaldi... Olimlar bunga javoban viltga qarshi
turli zaharli dorilarni ishlab chiqdilar. Bu dorilar paxta may-
donlariga havodan, yerdan turib sepilyapti. Lekin baribir kutil-
gan natija chiqmayapti.
Barcha yangi navlarga «F» g‘o‘zasiga o‘xshash faqat madaniy
urug‘largina asos bo‘ldi. Bir qarashda bu to‘g‘ri ham, axir se-
leksioner o‘simlikdagi foydali xususiyatni igna bilan quduq qazi-
ganday misqollab, pardozlab, avloddan-avlodga o‘tkazib boradi.
Shu sababli ham yangi nav yaratishda, asosan, madaniy nav-
lar  poydevor  bo‘ladi.  Akademik  Muhiddin  Jabborovichning
ma’lumotlariga ko‘ra, Izboskandagi tajriba uchastkasida o‘n bir
yil  mobaynida  viltga  qarshi  250  dan  ortiq  yangi  nav  sinab
ko‘rilgan; G‘ijduvon, Andijon, Qo‘qon va Chimboy uchastka-
larida esa 150 dan ortiq nav tekshirilgan. Bu navlarning ayrim-
larigina viltga biroz chidamli bo‘lib chiqqan. Fikrimizcha, bu-
ning sababi: o‘sha onalik va otalik sifatida ishlatilgan urug‘larning
faqat bir-ikkita madaniy nav doirasida cheklanganligidir. Ularning
hammasida so‘zsiz «F» navi ishtirok etgan. Natijada geografik va
genetik jihatdan bir-biriga juda o‘xshash navlar o‘zaro chatish-
tirilganda olingan natija ham deyarli bir xil, ya’ni topilgan yan-
gi nav viltga chidamsiz bo‘lib chiqavergan. Demak, «F» navida
kasallikning tug‘ilishi yoki yoyilishining oldini oladigan himoya
kuchi susayib ketgan. Biz mana shu tajriba natijalaridan saboq
olib hamda seleksiya nazariyasining boshqa muhim yo‘llariga ta-
yanib  turib,  o‘zimizdagi  madaniy  navni  yovvoyi  mexicanum
naviga chatishtirish yo‘lini tanladik.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin