Davlat tilida ish yuritish



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix08.01.2020
ölçüsü0,87 Mb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat tilida ish yuritish

qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi. Koinot azal-
dan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa odamzot qo‘lidagi
mangu  mash’ala!
Zero  fan  —  cheksizlikni  o‘rganar  ekan,  ayni  paytda,
o‘zining ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u
abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday ekan,
men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi
chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim
kerak? Nima uchun?! Yo‘q, aqlimiz bo‘lsa, istiqbolimizga chi-
nakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu har qanday fakt-
dan  ham  qudratli!  Orzu  bamisoli  hayot  ko‘ksidagi  mildirab
turgan  buloq,  gurkirab  o‘suvchi  nihol...
O‘ktam Usmonov, «Girdob»dan.
33- mashq. Gaplarni asosiy mazmunini saqlagan holda ixcham-
lashtiring, ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz dafta-
ringizga ko‘chiring.
1. Uning manfaatlarini, fikr-o‘y doiralarini, g‘oya va maq-
sadlarini yaxshi bilamiz (Zulflya). 2. Gapni yana cho‘zmasin
deb unga qarshi hech narsa demadi (A. Q.). 3. Menga qara, bir
ish  buyursam,  yo‘q  demaysanmi?  (S.  Ahm.).  4.  Na  muattar
chamanzorlar, na muhtasham ko‘shklar, na kumushlangan ho-
vuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar — hech nima uni qiziq-
tirmadi  (O.).  5.  Kunduzi  bo‘lsa,  o‘zingizdan  o‘tar  gap  yo‘q,
xunukroq ko‘rinadi (A. Q.). 6. Kim maqtanchoq bo‘lsa, u ham-
maning oldida xijolat tortadi (Maqol). 7. Ko‘z qayerda bo‘lsa,
mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi (Maqol).
43- topshiriq. Darslik va jurnaldan yoqtirgan faningizga oid matnni
tanlab, ixchamlashtiring. So‘ng matnni qisqa tarkibiy qismlarga ajra-
ting va har biriga mos sarlavha toping.
34- mashq. She’rni nasriy matnga aylantirib daftaringizga ko‘chiring.
Matn mazmunini o‘z fikr-qarashlaringiz bilan to‘ldiring
va xulosa yozing.

53
... Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh – yer osti.
Lekin,  do‘stlar,  she’r  ahli  aro
Jahongiri kam bo‘lar, rosti.
Besh  asrkim,  nazmiy  saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur  tig‘i  yetmagan  joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo‘ldi chamanim, manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Bosh  ustingdan  o‘tdi  ko‘p  zamon,
O‘tdi Budda, o‘tdi Zardushti,
Har  uchragan  nokas-u  nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz g‘azabga to‘lib
Yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo‘lib
Sakrab o‘tding Amudaryodan.
Sensan o‘shal samanim manim,
O‘zbekiston,  Vatanim  manim.
 Abdulla Oriðov.
35- mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga fikrga mos tarzda
kiritmalar,  ilova  birikmalar  qo‘shing,  gap  bo‘lak-
larini  uyushiq  yoki  ajratilgan  bo‘laklar  hisobiga
kengaytiring.
1.  ...,  men  «muboraknoma»ni  o‘qitib  ko‘rgan  ekanman
(S. Ahm.). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa to‘lar-
man (A. O.). 3. Bir ko‘rdim men uni — shunchalar go‘zal,
oydan-da go‘zaldir, ... go‘zal! (Cho‘lpon). 4. Har birimiz o‘z
maktabimiz, ...... esladik. 5. Nahotki u erta-indin uzoq ayriliq
boshlanishini ......, yuragi ezilmaydi (O.). 6. Boyagi yigitning,
... qo‘li gul ekan (P.Q.). 1. Biz Toshkentdan janubga — ...
tomonga qarab yura boshladik.
Matnni kengaytirish quyidagi yo‘l va vositalar bilan
amalga oshiriladi:

54
–  matnning  bosh  fikri,  g‘oyasini  shakllantiruvchi  ta-
yanch so‘z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog‘liq holda
o‘z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo‘shish;
—  matn  mazmunini  maqol,  matal,  hikmatlar  bilan
boyitish,  dalillar  bilan  asoslash;
– gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘-
laklar hisobiga kengaytirish;
— so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari — tasviriy ifo-
dalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vosita-
lari bilan almashtirish;
– sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida
sodda gaplarga ajratish;
– asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr, izoh
bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda
bog‘lab kiritish;
— matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z qarashlari,
mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.
36- mashq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z so‘zlaringiz
bilan to‘ldiring. O‘z fikringizni matnning asosiy maz-
muniga bog‘lovchi vositalarni ajratib ko‘rsating.
Hayot  go‘zal,  yashash  maroqli.  Biroq  inson  uchun....  Shu
bois  bo‘lsa  kerak,  inson  borki,  hamma  vaqt  imkon  qadar  bu
dunyoning  go‘zalliklaridan  ko‘proq  bahra  olishga,  u  ...  intilib
yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, .... Insoni-
yatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha ... . U amal
qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, ....
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati
ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan bo‘lsangiz,
yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari ... singari tobora
farzandlarimizning katta qatlamini o‘z iskanjasiga olmoqda.
Yurtimizda  ...  e’tibor  berilayotgan  bir  paytda  kelajagimiz
vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini zahar-
lashlariga  nima  sabab  bo‘lmoqda?  Aytish  joizki,  farzand-
larimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo ... bosh
omil bo‘lib xizmat qiladi.

55
44-  topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning
ma’nosini izohlang.
O‘zbekiston yer islohoti tizimida yer mulkchiligiga amal qi-
lish iqtisodiy mexanizmining asosiy maqsadi — yerda turli xil
xo‘jalik  yuritish  shakllarining  teng  huquqli  rivojlanishi,  ko‘p
ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, yerdan samarali va oqilona
foydalanish hamda uni muhofaza etish uchun shart-sharoitlar
yaratish manfaatlari yo‘lida yerni qayta taqsimlashdan iborat
bo‘lmog‘i kerak. Bunday maqsadga erishish, albatta, oson emas
va  u  yer  islohotining  prinsiðial  masalalarini  aniqlab  olishni
taqozo etadi.
Birinchidan, yer resurslariga egalik qilish, tasarruf etish va
foydalanishning  ustuvor  yo‘nalishlarini  aniqlash  va  asoslash
lozim.  Ayniqsa,  yerdan  foydalanuvchilarning  manfaatlari  va
mas’uliyatlarini  uyg‘unlashtirish,  ularni  amalga  oshirishning
samarali mexanizmlarini topish va amaliyotga tatbiq qilish muhim
vazifa hisoblanadi.
Ikkinchidan,  hozirgi  vaqtda  tub  yer  islohotini  o‘tkazish
uchun  davlatning  yerga  bo‘lgan  mutlaq  mulkiy  huquqi
ta’minlangan holda yer resurslaridan foydalanish, egalik qilish
va tasarruf etish bo‘yicha iqtisodiy vazifalarni kuchaytirish ni-
hoyatda zarur bo‘lmoqda.
«O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnalidan.
37- mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kasb-hunarga oid so‘zlarning vazi-
fasini aniqlab, qavs ichida ko‘rsating.
1. Endigina tandirdan uzib olingan patir hidi insonga orom
beradigan xushbo‘y hiddir. 2. Manovi yakka ot-aravada ularga
suv  ham,  yonilg‘i  ham,  moy  ham,  yana  boshqa  balo-battar-
larni yetkazib berishim kerak (Ch. Ayt.). 3. Binoning devorlariga
ganj bilan ishlov berilgan, eshik va derazalari o‘ymakorlik gullari
bilan bezatilgan. 4. Tekis taxtaga quruq bo‘r bilan yozsangiz,
yozuvingiz  aniq  ko‘rinadi.  5.  O‘rikning  turli  navlari,  qanday
payvand qilish, naycha payvand, kurtak payvandlar to‘g‘risida
so‘rab-surishtirib, ancha narsalarni bilib oldim (S. Ahm). 6. Yoz-
ganlaringizni disketga ko‘chirgandan so‘ng, matnni kompyu-

56
ter  xotirasidan  o‘chirishingiz  mumkin.  7.  Avvalo  shuki,  ka-
vush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok (G‘. G‘.).
Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘ra
chegaralangan so‘zlar kasb-hunarga oid so‘zlar hisobla-
nadi.  Bunday  so‘zlar  qaysi  hududda  yashashidan  qat’i
nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masalan,
daska (kulollar xom idishlar ichini dasmollashda suv quyib
ishlatadigan sopol idish), jo‘sha (tog‘dan olinadigan qizil
kesak), volash (loyni ochib-yorib tozalash) kabi so‘zlar
kulollargagina tushunarlidir.
Kasb-hunarga xos so‘zlarning asosiy qismini shu sohaga
oid atama (termin)lar tashkil etadi. Atamalar fan, texni-
ka, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan tu-
shunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘z va so‘z birik-
malaridir. Atamalar qo‘shimcha ma’no jilolariga ega emas.
Atamalarning  ko‘pchiligi  boshqa  tillardan  o‘zlashgan
so‘zlardan iborat. Masalan: advokat, argon, dialog, debi-
tor, grant, modul, metr, test, tormoz, marketing kabilar.
45- topshiriq. Biror fan bo‘yicha darsligingizdan muayyan parcha-
ni o‘qing. Bevosita shu fanga oid atamalarni ajratib, ma’nosini lug‘at
asosida izohlang.
38- mashq. Matnni o‘qing. Sohaga oid atamalar qo‘llangan gaplarni
ko‘chirib oling, qavs ichida atamaning ma’nosini yozing.
Bir  xil  ma’noli  ifodalarni  nutqda  ortiqcha  kiritish  man-
tiqiylikning  buzilishiga  sabab  bo‘ladi.  Bir  xil  ma’noli  birdan
ortiq ifodalar pleonazm deb yuritiladi: men, o‘zim; shu bugun,
bugundan boshlab kabi. Mantiqiy aloqalar va munosabatlarni
ifodalashning muhim vositalaridan biri kirish so‘z, kirish birik-
malar,  yordamchi  so‘zlar,  bog‘lovchilar,  yuklamalar  hisobla-
nadi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish yaxshi nutq yaratishning ga-
rovi sanaladi. Gaplar orasida mantiqiylikning buzilishiga sabab
sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Gaplarni bir-biriga bog‘lashda yuz beradigan xatolar.
2. Bir fikrdan boshqasiga o‘tishda yuz beradigan xatolar.

57
3. Matnni xatboshilarga ajratishda xatolarga yo‘l qo‘yish.
4.  Matnni  mantiqiy  shakllantirish,  sintaktik  qurilmalarni
tanlashda yuz beradigan xatolar.
Har  bir  gapda  nisbatan  tugallangan  qandaydir  fikr  ifoda-
langan bo‘ladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda
ifodalangan fikr, odatda, yo rivojlantiradi, yoki ulardan kelib
chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. Shunday ekan, keyingi gapni
oldingi  gap  bilan  to‘g‘ri  bog‘lash  muhimdir.  Gaplar  bir-biri
bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqali bog‘lanadi.
Ixtisoslikka  oid  so‘zlarni  nutqda  to‘g‘ri  tanlash  va
qo‘llash  ham  nutq  madaniyatining,  ham  kasbiy  bilim-
donlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
— so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
— tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
—  so‘zning  suhbatdoshlarga  tushunarli  bo‘lishini
hisobga olish;
— so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq
maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
— so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
— baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yoriga
muvofiq holda tanlash;
— so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos
ravishda tanlash.
39- mashq. Gaplarni diqqat bilan o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘Ilangan
so‘zlarni aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan al-
mashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, ting-
lovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga benazir
kishi mayda bir maqsadni uzoq so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya
so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag‘in insonni vayron qilishi
mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining meh-
ribon  odamizoti  ham  ko‘p  bo‘ladi.  5.  Shirin  so‘z,  go‘zal  til
inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq so‘z,

58
beso‘naqay gap inson dilini shunchalik noxush qiladi, dil piyo-
lasini parchalaydi. 6. Mashq sababli so‘zlash qobiliyatini, nutq
madaniyatini,  notiqlik  san’atchiligini  odamlar  olqishlaydigan
saviyada  egallash  mumkin.  7.  Tilda  uni  nomlovchi  suxan
bo‘lmasa, bunday so‘zni hamsoya tildan olish mumkin. Ammo
tilda turgan so‘zlar o‘rnida boshqa suxanni qo‘llash falokatdir.
46- topshiriq. Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi
uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lganlari
ishtirokida gaplar tuzing.
Xalq sayli, bo‘linmas fond, kirim, zarurat tufayli, taftish,
so‘zga chiqdi, infrastruktura, mehnat bitimi, ko‘chmas mulk,
topshirig‘ingizga binoan, tebranish, hosila, sug‘urta, zimmasiga
yuklatilsin,  elektromagnit  maydoni,  modellashtirish.
40- mashq. Matnlarni o‘qing, ulardagi ixtisoslikka oid so‘zlarni
ajratib ko‘chiring va matnlarda qanday uslubiy vazifani
bajarayotganligini qiyoslab tushuntiring.
I. Rivojlangan davlatlarda auditni boshqarishda davlat faol
ishtirok  etadi,  shuning  uchun  siyosat  elementi  bilan  har  bir
audit firmalari davlat siyosatiga javob berishi va audit kompaniyasi
shu siyosatga muvoflqlashtirilishi kerak.
Davlat  audit  kompaniyalari  majburiyatlarini  belgilashda,
iqtisodiy hamda moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilishda, audit va
auditorlar  talablarini  (ma’lumotini,  klassifikatsiyasi,  imtihon
topshirish tartiblarini va h.k.) belgilashda o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Yunusobod tumani tijorat  banki
boshqaruvi raisi            A. Rahmonovga.
Auditor                    S. Jumayevdan.
II.
BILDIRISHNOMA
Sizning  ko‘rsatmangizga  binoan  men  kassir-nazoratchi
S.Olimov bilan shu yil 15–18- noyabr kunlari «Lazzat» kor-
xonasida audit tekshiruvini o‘tkazdim.

59
Korxonaning  3-  choragidagi  daromad  ko‘rsatkichi  qoni-
qarli,  soliqlar  o‘z  vaqtida  to‘langan.  Lekin  mehnatni  tashkil
etishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu to‘g‘rida ilova
qilinayotgan ma’lumotnomada batafsil yozilgan.
Auditor (imzo)
S. Jumayev.
2002. 20.11.
47- topshiriq. O‘zingiz tanlagan fan yo‘nalishidagi darslikdan bi-
ror matn parchasini o‘qing, so‘ng undagi ixtisoslik atamalarini
boshqa ma’nodoshlari bilan almashtirib, mustaqil ravishda matn
yarating. Asl va ijodiy matn o‘rtasidagi farqni izohlang.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni
qaratish  lozim:
— matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini
oldindan bilish;
— ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay
olish va o‘rinli joylashtirish;
— so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan
holda yozish;
– kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol
qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga
qavs ichida izoh berish;
— ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlash-
tirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
—  kasb-hunar  so‘zlari  va  atamalarining  o‘rinsiz  tak-
rorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshi-
rish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya
imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.
41-  mashq.  Berilgan  gap  qurilishlarini  leksik,  morfologik,  sin-
taktik  sinonimiya  imkoniyatlaridan  foydalanib  o‘z-
gartiring va ko‘chiring.
1.  Qish  taraddudini  ko‘rishga  to‘g‘ri  keladi.  2.  O‘zbo-
shimchalikka yo‘l qo‘yilmasin. 3. Xalq shevalarini jiddiy o‘rganish

60
va tavsiflash lozim. 4. Ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun hayf-
san bilan ogohlantirishni taklif qilaman. 5. Saylov. Hamma o‘z
nomzodlarini tanishtirish bilan mashg‘ul. 6. Qabul vaqti tugadi.
Ertaga kelasiz. 7. Ma’lum bo‘lishicha, litsey o‘qituvchisi tuma-
nimizda ekologik muhitni yaxshilash ustida izlanishlar olib bor-
moqda ekan.
48- topshiriq. Litseydagi o‘quv xonangizni qayta jihozlash yoki
«Eng  yaxshi  kitobxon»  ko‘rik-tanlovini  o‘tkazish  yuzasidan  o‘z
fikr-mulohazangiz va takliflaringizni yozing.
Matn tuzishdan oldin uni kimning nomiga yozishingizni,
qanday  fikrlar  bildirishingizni,  bu  fikrlarni  qaysi  dalil  bilan
moslash  mumkinligini  o‘ylab  ko‘ring.  Qoralama  tayyor  bo‘l-
gach,  matnni  qayta  o‘qing,  ortiqcha  so‘zlarni  qisqartiring,
ayrimlarini  ta’sirchan  so‘zlar  bilan  almashtiring,  so‘ng  xa-
tolarini yana bir bor tekshirib chiqing.
42- mashq. A. Oriðovning quyidagi she’rini nasriy matnga aylan-
tirib yozing. Matn mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan
to‘ldiring.
Dunyo bir gulzordir keng va betimsol,
Yulduzlar  g‘unchadir  uning  ichida.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Gullar o‘stiramiz xona ichida.
Dunyo bir boladir sho‘x va betimsol
Uning axtargani shodlik va kulgu.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Unga ermak bo‘lib qolmasak bo‘ldi.
49- topshiriq. Ixtisoslikka oid lug‘atdan 10 ta so‘z, atamani daftaringizga
ko‘chirib oling. Tanlagan so‘zlaringiz qarshisiga ularning ma’nodoshlari
yoki unga uyadosh so‘zlarni topib yozing. So‘ngra shulardan 4 tasidan
foydalanib, uslubiy jihatdan farqlanuvchi gaplar tuzing.
Namuna: ro‘yxatlash — ro‘yxatdan o‘tkazish.

61
1.  Nazoratchi  murojaat  etayotgan  kishilarni  ro‘yxatlashga
kirishdi. 2. Shaxsiy avtomobilimni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni
so‘rayman.
43- mashq. Hujjat matnini o‘qing, undagi ko‘makchi va fe’llarni
sinonimlari bilan almashtirib ko‘chiring.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING QARORI
1995- yil, 24- avgust 339- son                     Toshkent shahri.
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida.
O‘zbekiston  Respublikasining  «Lotin  yozuviga  asoslangan
o‘zbek  alifbosini  joriy  etish  to‘g‘risida»gi  qonunini  bajarish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova
qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat
va  boshqaruv  idoralari,  ommaviy  axborot  vositalari  lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi qoidalarni joriy qi-
lish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga
oshirsinlar.
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mat-
buot  qo‘mitasi  uch  oy  muddat  ichida  maktablar  uchun
qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining lug‘atini, kishi ismlari va joy
nomlari  lug‘atlarini  tayyorlasinlar  va  nashr  etish  choralarini
ko‘rsinlar.
4.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  Vazirlar
Mahkamasining  Ta’lim  va  fan  hamda  Ijtimoiy  masalalar  va
madaniyat bo‘limlariga yuklatilsin.
Savol va topshiriqlar:
1. Matnga ta’rif bering va uning turlarini farqlang.
2. Matnni o‘zgartirishning  qanday yo‘llarini bilasiz?
3. Matn tuzishda nimalarga e’tibor berish kerakligini izohlang.

62
♦ Hujjatchilik tarixi
♦ Hujjat turlari
♦ Xizmat xatlari
♦ Murojaat xatlari
♦ Shaxsiy xatlar
♦ Hujjat tuzishda dalil va asoslar
♦ Ish yuritish asoslari
♦ Hujjatlarning zaruriy qismlari
♦ Hujjatda tinish belgilari
50- topshiriq. a) matnni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini
izohlang.
Bobilning miloddan avvalgi 1792—1750- yillardagi podshohi
Xammurapining  adolatpesha  qonunlar  majmuyi,  undan  ham
qadimroq podshoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112—2094-
yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi «huj-
jatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va
murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzulmaning  almashina  borishi,  aniqrog‘i,  kishilar  o‘rtasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha bori-
shi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan.
Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida O‘rxun-
Enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan
juda  ko‘plab  hujjatlar,  umuman,  yozma  manbalar  ma’lum.
Sharqda X—XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga
yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan
HUJJAT TURLARI VA ISH
YURITISH  ASOSLARI

63
xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash
va h.k.
Bu  o‘rinda  To‘xtamishxonning  1393-  yilda  polyak  qiroli
Yag‘aylaga  yo‘llagan  yorlig‘i,  Temur  Qutlug‘ning  1397-  yil-
dagi yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzo-
ning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469- yilda
bergan  yorlig‘i,  Toshkent  hokimi  Yunusxo‘janing  1779-  yil
2- iyunda Peterburgga — Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali
yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin;
b) savollarga javob bering:
1. O‘rta Osiyoda X asr hujjatlari qaysi tilda yozilgan?
2. Qadimda hujjatlar qanday narsalarga yozilgan? Ulardan
namunalar  keltiring.
3. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlaridagi yodnomalar hujjat hisob-
lanadimi?
4. O‘rta Osiyoda qaysi davrlarda o‘zbek (turkiy) tilda ish yuri-
tish yo‘lga qo‘yilgan?
5. O‘zbek (turkiy) tildagi hujjat namunalari keltirilgan qan-
day tarixiy va badiiy asarlarni bilasiz?
44- mashq. Gaplarni o‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliðlarning
ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqo-
billarini qavsda ko‘rsatib ko‘chiring.
1.  Xoja  Kalonga  salom  degach,  so‘z  ulkim,  Shamsiddin
Muhammad  Atovag‘a  keldi...  Tengri  taolodin  umid  andoq-
durkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom
topgan («Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin
salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh
qullar shodmon bo‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat bila sog‘
va  salomat  bo‘lub  olam  ahlig‘a  komron  bo‘lg‘aysiz  (Alisher
Navoiy,  «Munshaot»dan).  3.  Yer-u  ko‘kni  yaratgan  Tangri
taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining
ko‘pini  mening  farmonimga  kirgizdi  va  olim  sultonlari  va
hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga
taqdilar («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin
mashvaratsiz  olib  turursiz  va  bu  ma’hud  emas  erdi...  Chun

64
sizning  tobug‘ingizga  ayturga  davlatxohlig‘  so‘zini  ayturg‘a
ma’murmen. Ul jihatdin go‘stohliq bila arzadosht bitildi (Ali-
sher  Navoiy,  «Munshaot»dan).
51- topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan quyidagi so‘zlarning
hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar
tuzing:
munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni
oliy,  mirzaboshi,  devonbegi.
O‘rta  Osiyo  hududidan  topilgan  qadimgi  madaniy
obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar
ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’a-
nalariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin