Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

80


Shartnoma
Kontrakt, nizomga ko‘ra, bir yil muddatga tuziladi. Uning 
muddatini ilmiy muassasa rahbari tegishli ilmiy xodim bi­
lan o ‘zaro kelishgan holda belgilaydi. Kontrakt-shartnoma- 
ning zaruriy belgilari umumiy shartnomalar uchun yuqorida 
k o ‘rsatib o ‘tilgan belgilardan deyarli farq qilmaydi. 1-, 2-ilo- 
valarda kontrakt-shartnomalaming muayyan holatlarga mos- 
lashtirilgan, bir qadar soddalashtirilgan namunalari e ’tibori- 
ngizga havola qilinadi.
Shartnoma namunalari
1-ilova
20-SONLI MEHNAT SHARTNOMASI
2019-yil 2-yanvar 
Toshkent shahri
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi 
o‘rinlarda « 0 ‘zR FA») prezidenti (F.I.O.) (keyingi o‘rinlarda 
«Prezident») va filologiya fanlari doktori, (F.I.O.) (keyingi 
o‘rinlarda «Institut direktori») ushbu shartnomani quyidagilar 
haqida tuzdik:
2. Filologiya fanlari doktori (F.I.O.) 0 ‘zR FA 0 ‘zbek tili, 
adabiyot va folklori instituti direktori lavozimiga tayinlanadi.
3. Shartnoma bo‘yicha ishlash muddati bir yil, ya’ni 2019-yil
2-yanvardan 2019-yil 31 -dekabrgacha.
Institut direktorining majburiyatlari
4. a) 0 ‘zR FA hamda 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
nizomlari, mehnat va texnologiya intizomi (Ichki mehnat tartibi 
qoidalari va Intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b) Fanlar akademiyasi prezidentining qonuniy farmoyishlarini 
bajarish;
d) institut faoliyati uchun shaxsan javob berish va uning 
tuzilmasini zamon talablariga binoan takomillashtirish;
e) o‘zining asosiy faoliyatini ilmiy-tashkiliy ishlami bajarishga 
safarbar qilish;
81


f) mehnatni muhofaza qilish, institut olimlarining o‘z ustida 
ishlashini muntazam nazorat etish, xavfsizlik texnikasi va xizmat 
sanitariyasi talablariga rioya qilishni tashkil etish;
g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
h) qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etish;
i) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish, institut 
xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ijtimoiy 
limoyalash;
j) fan taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ustuvor muammolami 
tanlash, ilmiy, ijtimoiy-tashkiliy va xo‘jalik ishlarining yuqori 
darajada bajarilishini tashkil qilish;
k) tayanch doktorantura va doktorantura orqali yuqori malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejalarini bajarib 
borish;
1) iqtidorli yosh olimlarga chet tillami o‘rgatish va ulami 
tajriba orttirish uchun xorijiy davlatlarga safarlarga yuborishni 
ta’minlash;
m) xalqaro ilmiy aloqalar bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilish va 
belgilangan tartibda hamkorlik ishlarini olib borish;
n) ilmiy natijalaming amalda qoMlanishini ta’minlash, 
institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, asosiy fondlar va 
boshqa mol-mulklaming saqlanishini ta’minlash;
o) Fanlar akademiyasi Hay’ati boshqarmalari va bo‘limlariga 
institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to‘g‘risida hisobotlar 
taqdim etib borish.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin