100
1992- yildan 2002- yilgacha Buxoro shahridagi 18-
maktab-
da o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim.
Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha
viloyat olimpiadasida 2- o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha
respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman.
9- sinfni tugatib, 2010- yilda
Buxoro davlat universiteti-
ning akademik litseyiga o‘qishga kirdim.
Mening turarjoyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi,
51- uy.
(imzo)
N. Sobirov.
2010- yil 21- may.
65- mashq. Quyidagi so‘z va so‘z
birikmalarini daftaringizga
ko‘chiring va ma’nolarini izohlang, so‘ngra
ular ish-
tirokida gaplar tuzing.
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim
mudiri
vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga
kirdim,
lavozimida ishladim, a’zosiman, qatnashaman, uy-
langanman, turmush o‘rtog‘im,
jamoat ishi, saylanganman.
Dostları ilə paylaş: