10
— lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi (1929—1940- yil-
larda);
— rus-kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosi (1940- yil-
dan);
— lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi (1996- yil
sentabridan).
7- topshiriq. a) arab va kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbolariga
milliy tilimizning xususiyatlarini hisobga
olgan holda kiritilgan
qo‘shimcha harflarni tavsiflang;
b) berilgan matn asosida o‘zbek tilining rasmiy til sifatida amal
qilinishi tarixi to‘g‘risida yangi matn tuzing.
Qadimdan har bir qabila, elat o‘z
yozuvini muqaddas
deb bilgan, o‘z tilini ulug‘lab kelgan. Ajdodlarimiz oromiy,
so‘g‘d, run, uyg‘ur, arab yozuvlaridan foydalanib, boy tarixiy,
madaniy meros qoldirishgan. Qoraxoniylar
hukmronligi dav-
rida turkiy tilda davlat yozishmalari olib borilgan, uning
maqomi mustahkamlangan. Qoraxoniy podshohlar o‘z turkiy
tillarini «hoqoniya tili» deb e’lon qilishgan. Buyuk tilshunos
Mahmud Koshg‘ariy
bu tilni uchqur tulporga, adib Yusuf
Xos Hojib tog‘ ohusiga qiyos qilishgan. Hazrat Alisher Navoiy
turkiy tilni o‘n sakkiz ming olamdan ham oliy olamga
o‘xshatganlar.
Dostları ilə paylaş: