3. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
bolalarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya bo‘yicha, ularning gavdasi, jussasini normal rivojlantirish bo‘yicha kundalik mashg‘ulotlarni barcha bolalar maktabgacha muassasalarida joriy qilish. Bolalar maktabgacha muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiyalash bo‘yicha mutaxassislar shtatini joriy qilish;
Jismoniy tarbiyaga doir o‘quv dasturlari bo‘yicha majburiy dars (mashg‘ulot)larni har haftada 4 — 6 soatgacha yetkazish. O‘quv jarayoniga olimpiya ta’limini, milliy o‘yinlar va musobaqalarni joriy etish;
o‘quvchilar va talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini maxsus testlar bo‘yicha tekshirishning umummilliy haftasini joriy qilish, maxsus testlarni muvaffaqiyatli topshirganlik uchun xalq dostoni qahramonlari sharafiga “Alpomish” va “Barchinoy” deb nomlangan uch darajali ko‘krak nishonlarini ta’sis etish. Talabalarning “Talaba” sport uyushmasini tashkil qilish;
yangidan tashkil etilgan kollejlar va litseylarda ma’naviy va jismoniy rivojlangan yoshlarni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport omillaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;
“Kollej sporti” harakatini tashkil etish, uni yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb qilishning asosiy manbaiga aylantirish;
sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda xotin-qizlarni homiladorlik davrida jismoniy tarbiyalash davlat dasturini ishlab chiqish va joriy etish, hamma joyda xotin-qizlar sport-sog‘lomlashtirish klublari ochish;
aholining mehnat samaradorligini oshirish va mehnat qilish faolligini uzaytirish maqsadida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini mehnat tartibiga joriy qilish va bo‘sh vaqtlarda ommaviy jismoniy tarbiya-sport ishlarini tashkil etish orqali ishlab chiqarishda jismoniy tarbiyani rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalari amaliyotiga sog‘lom turmush tarzini hamda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini joriy etish;
uy-joylardan foydalanish tashkilotlari daromadlaridan ajratmalar, otaliq qiluvchilar, homiylar, jamoat tashkilotlari, kooperativlar va xususiy korxonalar mablag‘lari hisobiga mahallalarda jismoniy tarbiya va sport jamg‘armalarini tuzish yo‘li bilan ularda jismoniy tarbiya usullari va shakllarini ishlab chiqish, barcha bog‘larda va dam olish hududlarida aholi bilan ommaviy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;
qishloq mehnatkashlarida va ularning oila a’zolarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni, ularning o‘z jismoniy rivoji masalalariga munosabatlarini o‘zgartirishni, jismoniy tarbiyani aholining kundalik hayotiga keng joriy qilishni, jismoniy tarbiya vositalari bilan kasalliklarning oldini olishni nazarda tutuvchi dasturni amalga oshiruvchi dasturning muhim qismi sifatida qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy ishlarni rivojlantirish;
hamma joyda mavjud umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar bazasida qishloq aholisi bilan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boruvchi markazlar, qishloq jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish klublari, qishloq sporti uyushmalari tashkil qilish hamda sportning milliy turlarini va xalq o‘yinlarini joriy etishni ta’minlash.
Xalq an’analari va urf-odatlarini saqlashga, madaniy merosni avaylab asrashga, shuningdek aholining sportning milliy turlariga va xalq o‘yinlariga bo‘lgan muhabbatiga muhim ahamiyat berib, mahalla, qishloq, tuman va viloyatlarda sportning milliy turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha festivallar muntazam o‘tkaziladi, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sportning milliy turlari bo‘yicha bo‘limlar ochiladi.