6. Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish Vaqtli matbuotda, teleko‘rsatuvlar va radio eshittirishlarda sport mavzuidagi materiallarni quyidagi maqsadlarda keng yoritish nazarda tutiladi:
aholida sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni, o‘zining jismoniy rivoji to‘g‘risida qayg‘urish istagi va layoqatini shakllantirish;
jismoniy tarbiya va sportning davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy va tarbiyaviy vazifalarni hal etishdagi rolini targ‘ib qilish;
ishlab chiqarishdagi jismoniy tarbiyaning mehnatchilarning ish qobiliyatini oshirish va kasb kasalliklarini kamaytirishdagi imkoniyatlarini namoyon qilish;
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerlik kasbining nufuzini oshirish;
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sport tadbirkorligi va marketingini, aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha tajribasini umumlashtirish va yoyish.
Oldingi tahrirga qarang. Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida, adabiyot va san’atda jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilganlik uchun har yilgi mukofotlarni ta’sis etish, har yili sport jurnalistlari va sport targ‘ibotchilarining seminar-kengashlarini o‘tkazish, sportning milliy turlari, musobaqalar va xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha telereydlarni muntazam o‘tkazish, sportning milliy turlari, musobaqalar va xalq o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi mutaxassislar ishtirokida “Davra suhbatlari” tashkil qilish nazarda tutilgan.
(6-bo‘limning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda) Jismoniy tarbiya-sport mavzuidagi varaqlama va cho‘ntak taqvimlari, bukletlar, otkritkalar, ma’lumotnomalar, “sportga doir rasmlar”, “kichkintoylar uchun jismoniy tarbiya” kabilarni bo‘yash uchun bolalar kitobchalarini ko‘p nusxada nashr etish va Olimpiya shon-shuhrati muzeyining sportchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.