7. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish Millatni sog‘lomlashtirish va sportda yuksak natijalarga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladigan mablag‘ bilan ta’minlash manbai sifatida davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash bilan bir qatorda, o‘z xodimlarini va ularning oila a’zolarini yuqori darajada sog‘lom va jismoniy rivojlangan holatda tutishdan manfaatdor bo‘lgan kasaba uyushmalari tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, xo‘jaliklar, tashkilotlar mablag‘larini jalb etish nazarda tutiladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda mablag‘ bilan ta’minlashning yangi manbalaridan foydalanish vazifasini qo‘yadi, ulardan quyidagilar mo‘ljallangan:
sport marketingini rivojlantirish;
sport klublari qatnashchilarining a’zolik badallari;
homiylikni kengaytirish;
reklamada sportdan foydalanish;
aholiga sport xizmatlari ko‘rsatishni yanada rivojlantirish;
mamlakatimiz sport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish;
sport federatsiyalari va klublarining o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashi;
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Futbol jamg‘armasi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa jamg‘armalar samaradorligini oshirish;
xorijiy investitsiyalardan, xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlar mablag‘laridan foydalanish;
televideniyeda reklama-sport ko‘rsatuvlarini kengaytirish;
sportshou tashkil qilish, professional sportdan tushadigan foydadan foydalanish;
sport lotereyalari o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lardan keng foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda nodavlat sektori va sport xizmatlari ko‘rsatish marketingi tobora katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu maqsadda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
xususiy jismoniy tarbiya-sport muassasalari tashkil etish, ularni akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish shartlari, xizmatlar sifati standartlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
nodavlat sektori muassasalariga davlat tashkilotlaridagi binolar va sport inshootlarini ularga imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish orqali yordam ko‘rsatish.