Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u direktor, metodist, psixolog, musiqa raxbari, defektolog, jismoniy tarbiya yurikchisi, ilgʻor pedagoglar tomonidan tashkil etiladi.
Maslahat soatlari oyda ikki marta har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb mavzular asosida rejalashtiriladi.
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish har bir guruhda yilda 1-marta rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh boʻlib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 3 yil boʻlmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish rejalashtirilmaydi.
Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish Mazkur bandga kalendar boʻyicha bayram ertaliklari, turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda (bola hayoti xavfsizligi asoslariga oid tadbirlari, YPX,
tabiiy ofatlardan saqlanish va haqozo), koʻngil ochish soatlari, sport bayramlari va musobaqalari rejalari kiritiladi.
Pedagogik- kouching xamkorligi rejasi asosida ishlash Kouching taʼlimning maʼnosini tushunishga yordam beradigan, pedagogni yangi bosqichga koʻtaradigan, motivatsiyasini va hujjatlar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagoglar hamkorligini taʼminlaydi.
4-boʻlim. Hamkorlik ish rejasi
Hamkorlik ish rejasi — ota-onalar, maktab va mahalla bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur hamkorlik rejasi MTT direktori, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, MFY raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Namuna
“KIRITDI”
Toshkent shahar Mirobod tumani
13-DMTT direktori
“KELISHILDI”
Toshkent shahar Mirobod tumani 13- DMTT kuzatuv
“KELISHILDI”
Toshkent shahar Mirobod tumani
UOʻTM direktori
“KELISHILDI”
Toshkent shahar Mirobod tumani “Hamza” MFY raisi
kengashi
S.Ashirbayeva A.Akmalova
Roʻziyev
J.Uzoqov
-sonli maktabgachataʼlimtashkilotining-sonli maktab, nomli mahalla fuqarolar yigʻini va ota-onalar bilan hamkorlikish rejasi