Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma



Yüklə 142,97 Kb.
səhifə9/31
tarix13.12.2023
ölçüsü142,97 Kb.
#175011
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

T/r

Ish mazmuni

Oʻtkazish muddati

Masʼullar

Bajarilganligi haqida maʼlumot
















Hamkorlik ish rejasiga turli mavzulardagi aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: musiqa va sheʼriyat kechasi, bayramlar, ekskursiyalar, dam olish kunlarining taʼlimiy marshrutlari, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, rasmiy sayt tashkil etish, loyiha ustida ishlash, yakka tartibda suhbat, maslahat, stendlar, eslatmalar, bukletlar ishlab chiqish kabilarni kiritish nazarda tutiladi.
MTT tarbiyalanuvchilarining umumiy ota-onalari bilan oʻtkaziladigan yigʻilishlari rejasi tuziladi.
Umumiy ota-onalar yigʻilishlari taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi ishtirokida oʻquv yili davomida ikki marta (sentyabr, may) oʻtkaziladi. Ehtiyojga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Kun tartibiga uchtadan koʻp boʻlmagan asosiy dolzarb masalalar kiritiladi.
MTT hamda Kuzatuv kengashi hamkorlikda ishlab chiqilgan ish rejasi asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy- xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik va xayriya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

toʻgʻrisida tashkilot direktorining hisobotlarini eshitilishi va tegishli vazifalarni belgilanishi kiritiladi.


5-boʻlim. Mundarija
Ish rejaning barcha boʻlim va bandlari nomi va sahifalari koʻrsatiladi.


01-07. Kuzatuv kengashi hujjatlari:
MTTning Kuzatuv kengashi — MTTni boshqarishda strategik organ hisoblanadi. Kengashning asosiy maqsadi-maktabgacha taʼlim tashkilotini rivojlantirishda ustuvor vazifalarni belgilash. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan MTT direktorini saylaydi, MTTning maqsadi va vazifalariga erishish rejasini tasdiqlashda ishtirok etadi, ularni bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat qiladi.



Yüklə 142,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin