Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma


MTTda pedagogik jarayonni nazorat qilish



Yüklə 142,97 Kb.
səhifə6/31
tarix13.12.2023
ölçüsü142,97 Kb.
#175011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Namuna
MTTda pedagogik jarayonni nazorat qilish.
Ish rejaga frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlari kiritiladi.
Nazorat turlari oʻquv yili davomida guruh sonidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
MTT guruhlarida oʻtkaziladigan nazorat turlari rejasi boʻyicha pedagog kengashlar yoki metodist burchagida pedagoglar uchun joylashtiriladi.
Nazorat ishlari — MTT direktorining buyrugʻi asosida nazorat oʻtkazish boʻyicha aniq muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh tarkibiga metodist, hamshira, xoʻjalik mudiri,
psixolog tarkibidan, kasbiy kompetentligi yuqori boʻlgan pedagoglar toq sonda kiritiladi.


Namuna




Nazorat turi



Guruhlar soni

Oʻquv yilida rejalashtir ish soni

Oʻrganish muddati

Ishchi guruh raisi

Frontal

1-8 guruh

1







9-14 va undan yuqori

2

Mavzuli

1-8 guruh

1







9-14 va undan yuqori

2

Qiyosiy

1-8 guruh

1







9-14 va undan yuqori

1



Frontal nazorat — tarbiyachining ish faoliyati, guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashgan holda tashkil etilishi, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning rivojlanishi va maktab taʼlimiga tayyorgarlik darajasi (kuzatish asosida), guruhning sanitar-gigiyenik hamda moddiy-texnik bazasi, ota- onalar hamda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning holati oʻrganiladi.
Frontal nazorat yakunlari maktabga tayyorlov guruhlarida oʻtkazilib, 3- sonli pedagogik kengashining muhokamasiga qoʻyilishi maqsadga muvofiq.
Mavzuli nazorat tarbiyachining rejada belgilangan mavzu asosida taʼlim- tarbiya jarayoniga yondoshuvini oʻrganishni nazarda tutadi. Ishchi guruh maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish sifatini bajarilishi nazorat qiladi.
Qiyosiy nazorat — ikki va undan ortiq parallel guruhlardagi pedagogik faoliyatlar taqqoslama oʻrganiladi. Metodist, maʼlum bir yoʻnalish mazmunidagi taʼlim jarayonini har ikki guruh tarbiyachisi ish faoliyati davomida nazorat qiladi, qoʻllanilayotgan metodik usullarini, taʼlim jarayonlarida bolalar mustaqil faoliyatlarining tashkil etilishini, bolalarning sohalar boʻyicha kompetensiyalarini egallash uchun yaratilgan sharoitlarni taqqoslaydi, ish reja asosida guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonlari, bolalar faoliyati va boshqa metodik hujjatlarni tahlil qilish shaklida oʻtkaziladi.

Namuna



Yüklə 142,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin