YILLIK ISH REJASI
Maktabgacha taʼlim tashkiloti yillik ish rejasi tuzilmasi
Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlari (tashkilot qurilgan va tashkil topgan yil (asos), yer maydoni, quvvati, loyiha quvvati boʻyicha rejalashtiriilgan guruhlar va ularning toʻldirilishi, ish tartibi, yuridik manzili va telefoni, tashkilot haqida asosiy texnik maʼlumotlar, moddiy-texnik bazasi tavsifi, pedagog xodimlar toʻgrisidagi maʼlumotlar va MTTning yutuqlari boʻyicha qisqa maʼlumot).
1-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar
Tashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurudagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan mavzular, MTTdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida oʻz aksini topgan, toʻliq ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.
2-boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish
Pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar jadval koʻrinishida beriladi. Bunda, MTTda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Namuna
tuman(shahar)idagi _ -son davlat (nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotining 20 -20 yilida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari haqida maʼlumot
oʻquv
6
Dostları ilə paylaş: |