MTTning pedagogik kengashi – kollegial boshqaruv organi hisoblanadi. MTTish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilaydi.
MTTning taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va taʼlim dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, direktor va pedagoglarning xisoboti tinglanadi.
Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy materiallar, maʼlumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash kotibasi tomonidan yozib boriladi.
Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon kilinadi va kengashning eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik kengash rejasiga kiritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin ogohlantirilgan holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar va qaror loyihasi pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin topshiriladi. Kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar
asosida qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonida har bir masaladan soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul shaxsga yuklatilib, mazkur qarorlarning ijrosini bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga koʻra nazoratdan olinadi.
Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi. Pedagogik kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlarioʻquv yili davomida 2-marta rejalashtiriladi.
Birinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishda barcha xodimlarga yangi oʻquv yili ish rejasi, xodimlarning asosiy malaka tavsiflari hamda faoliyatga doir yoʻriqnomalari (“Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”, “Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi” yoʻriqnomalari, maktabgacha taʼlim tashkilotining “Jamoa shartnomasi” va “Ichki mehnat tartibi qoidalari”, “Yongʻin havfsizligi qoidalari”) bilan tanishtiriladi. “Yongʻin havfsizligi qoidalari”, xodimlarning yillik mexnat taʼtillari jadvali tuziladi va navbatdan tashkari utkaziladigan yanvar oyidagi umumiy ishlab chikarish yigilishida tanishtiriladi. Ikkinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi oʻquv yili yakunida oʻtkaziladi. Kun tartibiga oʻquv yili yakuni hisoboti, MTTda yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining belgilangan reja asosida olib borilishi, guruhlarning yozgi sogʻlomlashtirish mavsumi rejasini tasdiqlash, mavsumga doir tavsiyanomalar bilan tanishtiriladi.
Mavzu asosida kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan masalalar kiritiladi. Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishida koʻrilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul va muddatlar belgilanadi.
Oʻrganilgan masalalarga oid hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi.
Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.