710
qo’yishgacha boradi. Nazorat organi hal qiluvchi qaror sifatida litsenziyani
qisman yoki to’liq to’xtatib qo’yadi.
Buyuk Britaniyada sug’urta faoliyati ustidan nazoratni Davlat kotibi
tomonidan boshqariladigan G’aznachilik departamentining (Tresuary) zimmasiga
yuklatilgan. Departamentning zimmasiga sug’urta faoliyatini litsenziyalash,
sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligi ustidan nazorat qilish, sug’urta
shartnomalarini tuzish va majburiyatlarni bajarilishini tekshirish kabi vazifalar
yuklatilgan.
XULOSA
Milliya iqtisodiyotning hali jahon darajasida rivojlanmaganligi, o’z
navbatida sug’urta biznesining aholi uchun hali yangi qarash ekanligi tufayli
miliya sug’urta bozori rivojanishida davlat bosh islohotchi bo’lib keldi. Buni har
tomonlama soliq imtiyozlari berib borilishi, yangi kompaniyalar ashkil etilishi
misolida ko’rishimiz mumkin. Sug’urta faoliyatining kuchli huquqiy normalar
bilan ta`minlanganligi sug’urta ishtirokchilarining manfaatlarini himoyasini
kafolatlagan.
Dunyoning barcha mamlakatlarida sug’urta faoliyati davlat tomonidan
qattiq nazoratga olingan sohadir. Sug’urtaning jamoatchilikka foydasini va
sug’urta kompaniyalarini iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchlardan biri
ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z
zimmasiga olgan. Sug’urta ustidan davlat nazorati sug’urta qildiruvchilarning va
naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari va kapitalni joylashtirish
manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sug’urtachilarning faoliyati
sug’urta xizmatlari turining har biriga alohida litsenziyalash tartibida olib
boriladi.
Milliy sug‘urta bozori rivojlanishi Davlat miqyosida ijtimoiy
rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart-
sharoitlar, milliy sug‘urta an’analari va madaniyati hisobga olingan holda
bosqichma-bosqich isloh etilgan va O‘zbekiston sug‘urta bozori sug‘urta
sohasidagi davlat siyosati, rahnamoligi va qo‘llab-quvvatlanishi (soliq imtiyozlari
berib borilishi, yangi sug‘urta kompaniyalari tashkil etilishi va h.k.) tufayligina
rivojlanib, shakllangan.Respublikamiz bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi
qamrovi oxirgi besh yilda sezilarli darajada oshgan. Bu holat sug‘urta
kompaniyalarni sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini taklif qilishi va
mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib va sug‘urta
menejmenti asta sekin rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: