4. Davlatning pul-kredit siyosatini rivojlantirish yo’nalishlari.
Respublikamizda 2021-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor
mexanizmlari ahamiyatini yuksaltirishga qaratilgan iqtisodiy ishlohotlarning avval
qo’llanilmagan bosqichi o’rta muddatli istiqbolda bank tizimi va albatta, pul-krediti
siyosatini oldinga yuksaltirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.
Bu yo’nalishlar samarasiz bo’lib qolmasligi uchun amaliy harakatlarda isbotlanib
bordi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, aynan mana shu yo’nalishdagi muhim qarorlardan
biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish
tamoyillarini joriy qilish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich
liberallashtirilishi bilan ilk amaliy qadamlardan biri qo’yildi.
Aynan mana shu o’rinda Markaziy bank asosiy obrazni qo’lga oladi, ya’ni valyuta
kursining
shakllanish
jarayonida
butunlay
o’zgacha
bo’lgan
uslubdan
foydalanmoqlik hamda o’z navbatida, Markaziy bankning asosiy diqqat-e’tiborini
ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish joiz hisoblanadi. Buning asnosida esa
pul-kredit siyosatini yanada taraqqiy ettirish imkoniyatini paydo qiladi.
Bugungi kunda jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuksalib borayotganligi valyuta
bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
ko’pgina jihatdan pul-kredit siyosatini yuksaltirish, tijorat banklari faoliyatini
yanada mustahkam qilish va albatta, bank tizimini ham rivojlantirish sohasidagi
choralarning naqadar samaradorli ekanligiga chambarchas bog’liqdir.
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev bir necha qaror va farmonga buyruq berdilar. Xususan, «Valyuta
bozorini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi
Farmonlarining e’lon qilinganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmay, davlatimiz rahbarining
10
Abdullayev Suxrobiddin Ismoilovich “Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-kredit
siyosatining ahamiyati” SCIENCE AND INNOVATION International Scientific Journal VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
16
«Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari
qabul qilindi. Hamda pul-kredit siyosatini 2021-2022- yillar davomida rivojlantirish
va inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish bo’yicha ham chora-
tadbirlar Kompleksi o’z tasdig’iga ega bo’ldi.
11
Respublika rahbarining tashabbusi bilan tasdiqlangan ushbu konsepsiya 2021-2022-
yillar uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar «yo’l xaritasi»ni qamrab oladi. Ayni
mana shu yillar qamrovi doirasida pul-kredit siyosati orqali ham davlat moliyasining
barqarorligini ta’minlash borasida natijakor ishlar amalga oshirilishi ham nazarda
tutiladi
12
.
Shu o’rinda alohida ta’kidlab o’tish lozim bo’lgan holat mavjud. Ya’niki, iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining takroran ko’rib chiqilishi davrida
rivojini topayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o’zgarishlarning aholi
va tadbirkorlik sub’yektlari tarafidan to’g’ri qabul qilinishi barobarida qo’llab-
quvvatlanmog’i ham ahamiyati jihatidan yuqoridir.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit
siyosatini takomillashtirish hamda Uni amalda joriy qilish Konsepsiyasi
kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda infyatsion
targetlash rejimini amaliyotga joriy qilishdagi ilg’or roli inobatga olingan holda
ishlab chiqilgan.
Har bir ishni amalga joriy qilishdan maqsad ko’zlanadi. Ushbu konsepsiyani amalga
oshirishdan ham ko’zlangan maqsad mavjud, ya’ni bu konsepsiyaning asosiy
maqsadi inflyatsion targetlashga o’tishning konseptual asoslarini hamda bu pul-
kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilish uchun zaruriy shart-
sharoitlar yaratish bo’yicha o’rta muddatli rejalar xususida jamoatchilikka keng va
to’liq ma’lumotlar yetkazish va albatta, batafsil bayonot berishga qaratilgan desak,
mubolag’a bo’lmaydi.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini
oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o’rta muddatli
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmoni,01.08.1997-yildagi PF-1827-son.
12
https://doi.org/10.5281/zenodo.7193527
17
istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo’nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining
bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta
bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog’liq amaliy qadamlar
bo’ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o’z
navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar
barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini
beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning
muvafaqqiyatli
amalga
oshirilishi
ko’p
jihatdan
pul-kredit
siyosatini
takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini
rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog’liq.
Shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta bozorini
liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni
e’lon qilinishidan ko’p o’tmay O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit
siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi va
Pul-kredit siyosatini 2021-2022 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash
rejimiga bosqichma-bosqich o’tish bo’yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 9-yanvardagi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi Farmonining qabul qilinishi
bo’ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning
bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional
rivojlanishini ta’minlash bo’yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari.
18
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga
oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo’lishini hamda maqsadli
ko’rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.
Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng
qo’llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini
targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o’z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy
banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan
tezkor va oraliq mo’ljallarga qarab farqlanadi.
Monetar targetlash rejimi
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini
ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari
o’zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo’llanilishi inflyatsiya ko’rsatkichlari va pul
agregatlari o’rtasidagi mustahkam doimiy bog’liqlik bo’lishini talab etadi. Bunda
inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada
ushlab turish vositasida erishiladi.
Shu bilan birga, so’nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi
moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan
talabning nobarqaror darajada bo’lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga
olib keldi.
Natijada markaziy banklar pul massasidagi o’zgarishlarga samaralari ta’sir
ko’rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati
cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o’rtasidagi bog’liqlikning kuchsizlanishi
tufayli ko’pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash
amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab
bo’ldi.
19
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o’zgarishlari kuzatilgan
rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning
dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko’llanilgan. Bunda inflyatsiya
bo’yicha tegishli ko’rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish
maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Pul massasi o’zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o’sishi turli davrlarda
oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining
kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko’rsatmoqda.
O’z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida
mablag’lar yig’ilishi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi hisobraqamlarida mablag’larning jamlanib borilishi pul massasi
o’sishini maqbullashtiruvchi omillardan bo’lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan
mablag’lar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag’lar asosan ishlab
chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida
foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o’sishiga va mos ravishda
inflyatsiya darajasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmagan.
olingan
13
.
Dostları ilə paylaş: |