Davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#192626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pul-kredit siyosati (1)

 
 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 13.09.2017 yildagi PQ-3272-son 



1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning vazifalari 
hamda funksiyalari. 
Professor T. T. Jurayevning «Iqtisodiyot nazariyasi» kitobida Markaziy bank va 
uning funksiyalariga quyidagicha ta’rif berilgan: 
Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi 
va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi. 
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
birinchidan, ko'pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan 
iborat bo'lib, u o'tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
oʻrnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank «banklar banki» deb ham yuritiladi, tijorat banklari 
va jamg'arma muassasalaridan mablag'larni qabul qilib, ularga kredit beradi. 
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib fao- liyat qilmaydi
davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi. 
Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. 
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valuta ehtiyotlarini saqlash 
vazifasini ham bajaradi. 
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. 
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi. 
To'rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular ustidan nazoratni 
amalga oshiradi
2

Beshinchidan, xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayriboshlaydi. 
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga 
milliy valutani chiqaradi
3

2
T.T. Jo’rayev, X.S.Asadullaev, Z.D.Allaberganov, Iqtisodiyot 2-qism (Darslik). -T.: “Nihol print” OK, 
2021 -592b. 
3
Jo’rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. -T.: “Fan va texnologyalar”, 2018, 512 bet 



SH.Z. Abdullayevaning «Bank ishi» darsligida esa Markaziy bank to’g’risida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
Markaziy banki bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya 
jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa 
hisoblanadi. Markaziy bank o’z faoliyatini 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 
«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasi qonuni asosida olib boradi. 
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasida 
belgilangan: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo’lib, 
faqat davlat Mulki hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z xarajatlarini o’zining daromadlari 
hisobidan amalga oshiradi». Qonunning 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko’chmas mulk va moliyaviy 
resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi 
va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o’tkazish imkoniyatini beradi. 
Qonunning 3-moddasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlashdan iborat ekanligi qayd qilinadi. Narxlarning 
barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida 
ayirboshlash kursining barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad 
davlatning iqtisodiy siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
o’rni juda muhim ekanligini belgilaydi. 
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo’lishi va moliya muassasalari 
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati strategiyasi va taktikasini 
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan 
mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini 
kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit 
hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit 
siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil 



siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi 
makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga 
oshiriladi. Bu holat qonunning 6-moddasida Markaziy bank o’z vakolatlari 
doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan. 
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa 
davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. 
Qonunning 8-moddasida Markaziy bank faoliyatining tashkiliy jihatlariga e’tibor 
qaratilgan bo’lib, Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga 
ega ekanligi, Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida 
yuridik shaxs maqomga ega bo’lmagan o’zining bosh boshqarmalarini tuzishi 
mumkinligining huquqiy asoslari keltirilgan. 
Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi. Markaziy bank raisi 
Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning 
fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar 
bajarilishi uchun javobgar bo’ladi. Markaziy bank faoliyati masalalarini hal 
qiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda 
boshqarish bo’yicha harakatlarniamalga oshiradi. 
Markaziy bankning boshqaruv tarkibini quyidagi rasmda aks ettirish mumkin
4

4
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi. 
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. 




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin