Davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari


 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#192626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pul-kredit siyosati (1)

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati. 
Sh.Z. Abdullayevaning “Bank ishi” darsligida Markaziy bankning pul-kredit 
siyosati va vositalari to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy 
yo’nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va 
oldindan aytishni, pul miqdorining yillik o’sishi sur’atlarining maqsadli 
ko’rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish yo’nalishlarini o’z 
ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni 
ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, 
pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi va mehnat 
resurslarining bandligi, to’lov balansi bilan chambarchas bog’langan. Pul 
muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi rasmdan ko’rish mumkin. 
6
Shodmonov Sh.. Iqtisodiyot nazaryasi: Darslik. -T.: “LESSON PRESS” nashriyoti, 2021. 768 bet



2-rasm. Pul-kredit siyosati vositalar
7

Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa 
usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish 
va inflyatsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun 
majburiy zaxiralar me’yorini o’rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal 
zaxiralar tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur 
bo’lgan qismidir. Majburiy zaxira miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga 
nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini 
chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo’lishi mumkin. 
Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda resurslarning tashkil topish manbayiga qarab 
10,5 foizdan 15 foizgachani tashkil etadi. Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori 
ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o’zgartirilishi mumkin, u omonatlarning 
hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog’liq bo’ladi. 
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya qilinishi 
uchun javobgardir. Markaziy bank o’zi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar 
saqlash to’g’risida banklarga ko’rsatma beradi. Markaziy bankda depozitga 
o’tkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning 
normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, 
banklarning boshqa majburiyatlariga bog’liq bo’ladi. Majburiy rezervlarning 
miqdorlari jalb etilgan mablag’lar va omonatlarning har bir toifasi bo’yicha barcha 
7
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi. 
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. 


10 
banklar uchun bir xildir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki 
omonatlar ko’rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o’tkaziladi. 
Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki 
o’zgartirilgani to’g’risidagi ko’rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko’rsatiladi, 
rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu 
muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy zaxiralar bo’yicha foizlarni 
to’lash to’g’risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el 
valyutasidagi mablag’lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va jamg’arma 
sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo’li bilan jalb etilgan mablag’lar 
hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisob 
varag’idan pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majburiy 
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank 
majburiy zaxira talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to’g’risidagi 28-
modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan 
yetishmayotgan mablag’ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning 
ikki barobar foizidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. Markaziy 
bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklaridan 
veksellarni sotib oladi. Markaziy bank qiymati to’lanishini banklar kafolatlagan 
qisqa muddatli xazina veksellari, shuningdek, tijorat veksellari hisobini yuritishi 
mumkin. Hisob operatsiyalarini o’tkazish shartlarini, shu jumladan hisob stavkasi 
miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi. 
Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o’rnatadigan hisob stavkasining 
eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy 
bankning hisob stavkasidan yuqori bo’ladi. Markaziy bank o’z operatsiyalari 
bo’yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati to’g’ridan-
to’g’ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatli qog’ozlarni garovga olgan 
holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi 
quyidagi usullarda olib borilishi mumkin: 


11 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo’li bilan kreditlash; 
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlar 
berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi; 
- to’g’ridan-to’g’ri kredit berish usuli. 
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo’lgan hollarda ular 
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan 
foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirishning asosiy maqsadi, pul muomalasi va 
kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko’rsatishdan iborat
8

Professor T. T. Jurayevning «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida esa Markaziy 
bankning pul-kredit siyosati haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u: pul 
muomalasini tartibga soladi va kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi. 
• Ochiq bozordagi operatsiyalar; 
• Zaxira (ehtiyot) me'yorini o'zgartirish; 
• Hisob stavkalarini oʻzgartirish. 
Ularning har birining oʻzgarishi pul massasining oʻzgarishiga olib keladi, ya’ni 
mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan vositasidir. 
Agar Markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko’paytirishi zarur bo’lsa, u 
qimmatli qog’ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib 
olishni boshlaydi. Ma’lum vaqt o’tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar 
tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag’lardan 
bir qismi ehtiyotga qo’yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi. 
Agar Markaziy bank inflatsiya sharoitida pul massasini ko’paytirishning oldini 
olishga harakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat 
banklari oʻzlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib 
oladi va ma'lum vaqt o’tgach, toʻlov uchun taqdim etadi. 
8
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi. 
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017. 


12 
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin boʻlgan ortiqcha 
mablag’lari ko’payadi. Aksincha bu norma yuqori bo’lsa, muomaladagi pul taklifi 
kamayishiga ta’sir koʻrsatadi. 
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta’sir ko’rsatadi. 
Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga 
talab oʻsadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy 
faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o'sib, qarz olish imkoniyati ortadi. 
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab «arzon» yoki «qimmat» pul kredit 
siyosatini yuritadi. 
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik mavjud 
boʻlsa, Markaziy bank «arzon» pul siyosatini yuritadi va kredit olishni 
osonlashtiradi. 
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlarni banklar va aholidan 
sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasini pasaytiradi. Natijada 
pul taklifi ko’payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o’sishi va 
iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi. 
Agarda mamlakatda inflatsiya yuz berayotgan bo'lsa, «qimmat» pul siyosati 
yuritilishiga to’g’ri keladi. Bu siyosat kreditni «qimmat» qilib, uni olishni 
qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda 
qimmatli qog’ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasini 
ko’taradi. 
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko’tariladi. Bu o’z navbatida 
investitsiyalarning qisqarishiga, inflatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday qilib, 
Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali butun iqtisodiyotga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. 
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda Markaziy bankning «...pul- kredit siyosatini yanada 
takomillashtirish, milliy valutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini 
ta’minlash; erkin konvertatsiyani ta’minlovchi valutaga oid munosabatlarni tartibga 
solish, milliy valuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy 
etish» ga qaratiladi. 


13 
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni 
tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valutasida kreditlar beradi. Davlat 
zayomlari va kredit- laridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar koʻrsatadi. 
Ikkinchidan, xalqaro valuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. 
Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to’lov shartlarini ishlab chiqishda 
qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi
9


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin