Davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#192626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pul-kredit siyosati (1)

 
 
16
https://cbu.uz/upload/monetarnaya_politika/img_05.04.2018_3uzc 
17
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/ 


22 
5.Banklarda pul-kredit siyosati ahamiyati va negizi. 
Pul-kredit siyosati deganda, to`lik bandlik sharoitida yalpi milliy 
maxsulotni ishlab chikarishga inflyatsiyaning ta`sirini kamaytirish yoki bartaraf 
etish maksadida muomaladagi pul mikdorini o`zgartirishga karatilgan chora-
tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni 
Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar kanday davlat mamlakatda 
iktisodiy barkarorlikni ta`minlash vazifasini xayotga tadbik etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy 
o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini 
ta`minlashdan iborat. 
Bu maksadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, 
foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini 
ta`minlab turish zarur bo`ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy 
Bank kator vazifalardan foydalanadi. 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi: 
1. Xisob stavkasi; 
2. Majburiy zaxiralar normasi; 
3. Ochik bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari 
ko`rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta`sir o`tkazadi, taklifini 
o`zgartiradi va shular orkali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Ochik bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat 
obligatsiyalarini (kimmatli kogozlarni) tijorat banklari va axolidan sotib olish va 
ularga sotish bo`yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki 
axolidan bu kimmatli kogozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib 
olingan obligatsiyalar mikdori xajmida ko`paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga 
kiradi, ya`ni yukori kuvvatli pullar bo`lganligi uchun pul taklifi multiplikativ 
ko`payadi. Markaziy bank tijorat banklari va axoliga obligitsiyalarni sotish bilan 
zaxiralarni xamda tijorat banklarining kredit berish kobiliyatini kengaytiradi. Bu 
xolda pul taklifi kiskaradi. 


23 
Xozirda xamma mamlakatlarda pul mikdorini tartibga solishda ochik 
bozordagi operatsiyalarni, ya`ni davlat kimmatli kogozlarini taklif kilish usulidan 
keng foydalanilmokda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta 
banklar guruxi bilan birgalikda amalga oshiradi. 
Pul bozorida muomalada pul mikdori ortikchaligi mavjud deb faraz 
kilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortikcha pul massasini kamaytirishga xarakat 
kiladi. Buning uchun, o`zida mavjud bo`lgan o`zining kimmatli kogozlarini u 
ochik bozorda axoli va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid kila boshlaydilar. 
Davlat kimmatli kogozlarini (sotish yoki xarid kilish yo`li bilan) taklifi oshib 
borgan sari, unga bo`lgan baxo pasayadi, o`z navbatida, unga bo`lgan foiz (ya`ni, 
kimmatli kogozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to`lanadigan xak) oshadi, bu 
esa unga bo`lgan talabni oshiradi. Banklar va axoli kimmatli kogozlarni ko`prok 
xarid kila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari kiskaradi, o`z 
navbatida, bu xol pul taklifining bank mul’tiplikatoriga teng nisbatda 
kiskarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xam pul kredit siyosatini yuritishda bu 
vositaning rolini keskin oshirishni maksad kilib olgan. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muxim vositalardan biri – bu, 
xisob stavkasi siyosatidir. Xisob stavkasi yoki kayta moliyalash stavkasi deb 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi 
tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko`zda tutilmagan zarurat 
tugilganda va moliyaviy axvoli mustaxkam bo`lgan xollardagina oladilar. Xisob 
stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan ko`shimcha 
zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O`z navbatida, bu tijorat banklarining 
zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko`paytiradi. YAna shunday 
xollar mavjudki, Markaziy bank xisob stavkasini ko`tara borib, tijorat banklari 
tomonidan ko`shimcha zaxiralarni olish yo`lidagi to`siklarni biroz ko`targanday 
bo`ladi va kreditlar berish bo`yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo`l bilan 
pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo`lsa, unda tijorat banklari 
ko`prok kredit olishga xarakat kiladilar. Natijada banklarning ortikcha zaxiralari 


24 
ortib boradi va muomaladagi pul massasi mikdorining oshib borishiga olib keladi. 
Agarda xisob stavkasi mikdori yukori bo`lsa, unda banklar kamrok kredit olishga, 
olganlarini esa kaytarib berishga xarakat kiladilar, pirovard natijada ortikcha bank 
zaxiralari kiskaradi, muomaladagi pul mikdori kamayadi. 
Bu ko`rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iktisodiy vaziyatga karab 
turlicha maksadda bo`ladi. Davlatlar xisob stavkasi siyosatini ochik bozordagi 
operatsiyalar siyosati bilan muvofiklashtirilgan xolda olib borishga xarakat 
kiladilar. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank 
zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit 
maksadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir kismidir.. Zaxira 
normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish 
uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat 
banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarning eng kuyi 
normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash kobiliyatiga, 
imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor kanchalik yukori bo`lsa, ortikcha zaxiralar 
shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo 
etish» kobiliyati past bo`ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AKSH da 1865 yilda 
joriy kilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, 
ortikcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining mul’tiplikatsion ortishiga 
olib keladi. 
Pul kredit siyosati vositalari albatta aloxida-aloxida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko`pincha bir necha vosita birdaniga ko`llanilishi, ya`ni kompleks 
siyosat o`tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. 
Xo`sh, pul-kredit siyosatining okibatlari kanday? Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosati YAIM, bandlik va baxolar darajasiga bevosita 
ta`sir ko`rsatadi. Faraz kilaylik, iktisodiyotda ishlab chikarish kiskarmokda va 
ishsizlar soni ortib bormokda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orkali pul 
taklifini biz yukorida ko`rib chikkan vositalar yordamida oshirishga xarakat 
kiladi. Natijada pul taklifi o`sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa 


25 
investitsiyalarga bo`lgan talabni oshiradi va o`z navbatida, YAIM mikdorining 
ko`payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma`lum davrda o`z maksadiga erishadi, 
ishlab chikarishning orkaga ketishi to`xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, 
jamiyatning daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining okibati to`grisida gapirganda, bu siyosatning kiska 
muddatli va uzok muddatli okibatlarini farklash kerak. Agarda kiska muddatli 
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YAIM mikdori o`sishini 
ragbatlantirilgan xamda ma`lum darajada samaradorlikka erishilgan bo`lsa, uzok 
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 
Pul-kredit siyosati asosida iktisodiyotga pul-kredit siyosatining ta`sir etishi 
jarayonlarini o`rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil 
yondashuvchi iktisodchilar o`rtasida ko`p yillardan beri tortishuvlar bo`lib 
kelmokda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul mikdori 
nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Xar ikki nazariya tarafdorlari xam pul 
taklifining nominal YAIM ga ta`sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta`sirning 
axamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat 
yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul 
taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iktisodiyotini tartibga 
solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortikcha 
deb xisoblaydilar. 
Keynschilar pul taklifining YAMIga ta`sirini kuyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshadi deb xisoblashadi: 
pul taklifining o`zgarishi foiz stavkasining o`zgarishiga olib keladi; 
foiz stavkasining o`zgarishi o`z navbatida, investitsiyalarga bo`lgan talabning 
o`zgartiradi; 
investitsiyalarga talab o`zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlarning o`zgarishiga olib 
keladi; 


26 
Monetaristlar esa pul mikdorining o`zgarishi bilan YAMM o`zgarishi o`rtasida 
yakinrok aloka mavjud; ya`ni, pul mikdorining o`zgarishi bevosita YAMM 
o`zgarishiga olib keladi deb xisoblashadi. Buni ular pulning mikdoriy nazariyasi 
tenglamasi bilan izoxlaydilar. 
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barkaror deb 
xisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, bekaror deydilar. 
Xozirda mavjud bo`lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki 
yondashuvni sintez kilgan, ya`ni, bu yondashuvlarning ijobiy jixatlarini ko`shib, 
o`zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzok muddatli maksadlariga erishish 
uchun monetaristik yondashuv ko`prok ishlatiladi. SHu bilan birga kiska muddatli 
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta`sir etish usulidan voz kechmaydi. . 
Markaziy Bank bir vaktning o`zida xam pul massasini, xam foiz stavkasini 
o`zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o`sgan xolatlarda maksad foiz 
stavkasining barkarorligini ta`minlash bo`lsa Markaziy Bank pul taklifini 
oshirishga majbur bo`ladi. Bu tadbir yumshok pul kredit siyosati deb yuritiladi. 
Pul massasining ko`payib ketishiga yo`l ko`ymaslik uchun pul taklifini cheklash 
siyosatini ko`llash foiz stavkasining ko`tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattik 
pul kredit siyosati deb yuritiladi. 
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko`paysa kattik pul kredit siyosatini 
ko`llash maksadga muvofik bo`ladi. Maboda pulga talab ishlab chikarish va 
daromadlarning o`sishi okibatida oshsa yumshok pul kredit siyosatini ko`llash 
o`rinlidir. 
Pul kredit siyosatinig ishlab chikarish xajmiga ta`siri birinchi paragrafda 
ta`kidlanganidek pul taklifi o`zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi 
o`zgarishining esa investitsiya xarajatlari xajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar 
xajmiga xam) va yalpi xarajatlar o`zgarishining ishlab chikarish ya`ni yalpi taklif 
xajmiga ta`siri ko`rinishida boskichma - boskich ro`y beradi. Foiz stavkasining 
pul taklifi o`zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi 
o`zgarishiga tasirchanligi past bo`lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda 
muammolarni keltirib chikaradi. 


27 
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas boglik. 
Agarda Markaziy bank kayd kilingan valyuta kursini saklab turishni maksad kilib 
ko`ysa mustakil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo`lmay koladi. 
CHunki almashinuv kursini ta`minlab turish uchun valyuta zaxiralarini 
ko`paytirib yoki kamaytirib turish iktisodiyotda pul xajmiga bevosita ta`sir 
ko`rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiklashtirish bilan boglik 
kiyinchiliklar xam mavjud. Agarda xukumat iktisodiyotni davlat xarajatlarini 
oshirish orkali ko`llab-kuvvatlashni amalga oshirmokchi bo`lsa, uning 
muvaffakiyatli amalga oshishi ko`prok pul-kredit siyosatining xarakteriga boglik. 
CHunki, 
bu 
mo`ljallanayotgan 
xarajatlar 
kimmatli 
kogozlar 
(ya`ni, 
obligatsiyalar)ni chikarish evaziga amalga oshsa, pulga bo`lgan talab oshadi va 
natijada esa foiz stavkalari ko`tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining 
kamayishiga olib keladi. YOki Markaziy bank xukumatning yukoridagi siyosatini 
ko`llab-kuvvatlash uchun pul taklifini ma`lum mikdorda ko`paytirsa, pul 
kadrsizlanishi mumkin. 
Umuman, barkaror pul-kredit siyosati xukumat tomonidan olib boriladigan 
fiskal siyosatga xamma vakt xam mos kelavermaydi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin