21
5-rasm. Pul multiplakatori va pul aylanish tezligi dinamikasi
16
.
Pul-kredit siyosatining transmission (o’tkazish) mexanizmi. Iqtisodiyotda narxlar
barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va
inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo’yicha qo’yilgan
maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o’zgartiradi va o’rnatadi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz
stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.
Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari
pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.
Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o’zida Markaziy bank foiz
stavkalari o’zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga
ta’sir o’tkazish jarayonini aks ettiradi
17
.
Dostları ilə paylaş: