Davr xarajatlari auditi



Yüklə 231,91 Kb.
səhifə5/7
tarix27.09.2023
ölçüsü231,91 Kb.
#149309
1   2   3   4   5   6   7
DAVR XARAJATLARI AUDITI

2-chizma : xarajatlarning tasniflanishi .

Bu Nizom buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha amaldagi qonunchilikni



inobatga olgan holda xo’ alik sub’ektlari bo’lgan (o’z faoliyatini bankda hisobkitob schetini ochib olib boradigan) yuridik va jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarni bir xil qilish maqsadida ishlab chiqilgan
Demak, davr xarajatlari mahsulot tannarxiga qo‘shilmasdan moliyaviy natijalar hisobidan qoplansada, asosiy muhim masala xisoblangan xo‘jalikning uzluksiz funksional faoliyatini ta'minlaydi. Shuning uchun ham raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy faoliyat yuritish muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutgan holda, fikrimizcha tegishli me'yoriy hujjatlarda keltirilgan ta'riflarda davr jarajatlarining mazmun-mohiyatini to‘laligicha yoritish katta ahamiyatga ega. Chunki, me'yoriy hujjatlar zaminida, iste'molchilari aksariyat ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mutaxassislik ilmiy adabiyotlari yaratilishini alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Fikrlarni tahlil qilish va umumlashtirish natijasida, o‘ylashimizcha, quyidagicha ta'rif keltirish, davr xarajatlarining mazmunini haqqoniy tarzda aniq va keng ma'noda ifodalaydi.
Davr xarajatlari-takror ishlab chikarish jarayoni faoliyatini, uzluksizligini ta'minlash, boshkarish va korxonani umumiy tartibga solib turish bilan bogliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy natija hisobidan qoplanadigan sarflardir.
Ma'lumki, iqtisodiy tizimning bozor munosabatlari shakliga o‘tishi va rivojlanishning yangi bir bosqichga ko‘tarilishi, boshqa sohalardagi kabi buxgalteriya hisobi, umuman hisob tizimiga ham sezilarli o‘zgarishlar kiritish zaruriyatini chiqarmoqda. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunining kengayishi va tobora murakkablashib borishi hisob tizimida ham unga nisbatan moslashuvchanlik, shakliy va uslubiy o‘zgaruvchanlik zaruriyatini talab etmoqda.
Shu nuqtai nazardan, audit tizimi ilgarigi maqsadidan tubdan farqlanib, bevosita xo‘jalik hodisalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shunchaki rasmiylashtirish va statistika funksiyalaridan, ya'ni tartibli jamlash va umumlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmay, balki xo‘jalik boshqaruvida ta'sir va yutuq darajasiga ega bo‘lgan qarorlar uchun lozim bo‘lgan foydali axborotlar bazasini hosil qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Uning maqsadi ham shunga mos ravishda aniq yechimlar sharti bo‘lgan ma'lumotlar bazasini to‘g‘ri va aniq tarzda shakllantirishga qaratilgan.
Buxgalteriya hisobida davr xarajatlari hisobi vazifalarining uzviy ketma-ketlik tarzida bajarilishini ta'minlashda, mavjud tamoyillarga aniq rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, davr xarajatlari bo‘yicha hisob tamoyillariga doimiy amal qilib borish natijasida bajarilayotgan hisob vazifalari mazkur xarajat elementlari va moddalari hususidagi buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining mukammalligini ta'minlaydi. Bunday natijaviylik o‘z navbatida davr xarajatlarining samara keltiruvchi yangi imkoniyatlarini kashf etishda iqtisodiy tahlil vazifalarining to‘liq
bajarilishi natijasi sanalgan yangi yo‘nalishdagi qirralarini kengroq ochib beradi. Demak, davr xarajatlari hisobi va auditiga ijobiy samaradorlik keltiruvchi birlamchi bosqich-hisob tamoyillari sirasida quyidagilarni alohida e'tirof etish o‘rinlidir:
- xo‘jalik yurituvchi sub'ektda yuzaga kelgan davr xarajatlarini buxgalteriyada hisobga olishda uzluksizlik tizimini ta'minlanganligini tekshirish;
- buxgalteriya hisobida har bir yozuvning asosi bo‘lgani kabi, aniqlikni ta'minlash vositasi sanalgan-davr xarajatlarini yuzaga kelgan o‘rni va javobgarlik markazlari bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarda o‘z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish;
- Qonunning 13-moddasida davr xarajatlarining sarflangan vaqti sanasidan qat'iy nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, hisoblash tamoyiliga ko‘ra o‘sha hisobot davrida aks ettirilganligini tekshirish;
- xo‘jalikda amalga oshirilgan har bir davr xarajatlarini tahliliy nuqtai nazardan kelgusida qanday samaradorlik keltirishini oldindan ko‘ra bilish va natijaviyligini ehtiyotkorlik asosida baholash;
- davr xarajatlari elementlari va moddalari bo‘yicha sarflangan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni boshqaruvga tegishli qarorlar qabul qilish uchun optimal tarzda yetkazishda, umumiy mazmunni saqlagan holda shaklni soddalashtirish yo‘li bilan xujjatlar aylanishi tezkorligini ta'minlash;
- sarflangan mablag‘larni davr xarajatlari moddalari bo‘yicha shunday tashkil qilish kerakki, tahliliy jihatdan har bir sarflangan mablag‘ o‘tgan davrlarga nisbatan samaradorligi ijobiy farqni bersin, ya'ni davr xarajatlarining moddalari ko‘rsatkichlarini qiyoslanuvchanlik shaklida tashkil qilish.4
Davr xarajatlarini to‘g‘ri tashkil qilish va samaradorligini qaror toptirishda elementlar bo‘yicha, eng muhimi aniqlikni ta'minlash vositasi sanalgan xarajatlarning har bir moddalari bo‘yicha sarflar harakati, uning bir birligi evaziga kelayotgan samaraning har qaysi keyingi o‘zgarishi oldingi o‘zgarishning yutuq farqiga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Mana shu natijaviylik uning real samaradorligini ifodalaydi.
Davr xarajatlari hisobini samarali tashkil qilishda yuqoridagi fikrlarga asosan "xarajat-natija-samaradorlik" aloqalarini to‘g‘ri shakllantirish, davr xarajatlari hisobining yuzaga chiqish o‘rni yoki markazlari bo‘yicha yuritish, bevosita ta'sir ob'ekti bo‘lgan moliyaviy natijani aniqlashda umumiylikka o‘tishning aniq bog‘lanishlar shartini belgilash masalalarini hal etish lozim.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotida jahon tajribalarida qo‘lga kiritilgan ijobiy yutuqlarning milliy xususiyatlarini e'tiborga olgan holda qo‘llanilishi va aynan hisob tizimiga joriy etilishi, kelgusida xo‘jaliklardagi davr xarajatlarining yuritilishini jahon standartlariga moslashishiga asos bo‘luvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlarda yanada soddalashtirilishini talab qiladi.

Yüklə 231,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin