Mavzuning dolzarbligi. Barcha jismoniy shaxslarga tadbirkorlik bilan shug‘illanish uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy tomondan turli xil imtiyozli kreditlar, huquqiy tomondan esa yagona darcha orqali barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarini bir joyda hal qilish imkoniyatlari yaratildi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Xarajatlar mohiyati va ahamiyati, maqsadi va vazifalari hamda hisobi bir qator O‘zbekistonlik olimlar, mutaxassislar, jumladan, K.B.Urazov, H.N.Musaev, O.Bobojonov, I.Q. Ochilov, J.E. Qurbonboev va boshqalar o‘z ishlarida xarajatlar hisobi va auditi keng
to‘xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, maqolalaridan bilib olish mumkin.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me’yorini pasaytirish, tovar-moddiy zaxiralarini talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishi lozim. Yuqoridagilarga tayangan holda aytish joizki, mazkur bitiruv malakaviy ishiga tanlangan mavzu mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy islohatlarni samarasi tufayli, savdoni erkinlashtirish, mulkchilik shakllari savdodagi iqtisodiy oʼzgarishlarni namoyon qilmoqda. Hozirgi kunda savdo tarmoqlari faqat ishlab chiqarilgan mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan emas, balki tegishli tovar mahsulotini ishlab chiqarish ham faoliyat koʼrsatmoqdalar va bu oʼz samarasini bermoqda. Savdoda ikki turdagi xarajatlar, yaʼni oʼzida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan va bevosita yalpi daromaddan kelinadigan-davr xarajatlari tarkib topadi.
Davr xarajatlariga bevosita tovarlarni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan bogʼliq xarajatlar kiradi. Bunday xarajatlar tarkibi Oʼzbekiston Respublikasida qabul qilingan «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi, moliyaviy natijalarning shakllanish tarkibi toʼgʼrisida» gi Nizom ishlab chiqiladi. Nizom buxgalteriya hisobini yuritish va soliqqa tortish uchun xarajatlarni hisoblashda yuzaga keladigan farqlarini eʼtiborga olish imkonini berdi.
Xarajatlarni hisob davrlari boʼyicha toʼgʼri taqsimlash tashkilotning moliyaviy xolatini toʼgʼri aniqlash va baholash imkonini beradi, chunki xarajatlarni kamayishi moliyavty xolatini yaxshilanishiga olib keladi. Nizomda moliyaviy natijalarning shakllanishi boʼyicha koʼrsatmalari va xarajatlarning guruhlanishi koʼrsatilgan. Moliyaviy natijalarni toʼgʼri hisoblanishi pul mablagʼlaridan samarali foydalanishni taʼminlasa, ikkinchidan toʼlov qobiliyatini mustahkamlaydi. Xarajatlar xolati auditor nazoratidan oʼtkazilar ekan, ularni Nizomda belgilangan guruhlarga mos kelishi oʼrganilib chiqiladi. Davr xarajatlari deyilganda bevosita ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlmagan xarajat va chiqimlar boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotishga doir xarajatlari tushuniladi. Savdoda bunday xarajatlarga tovarlarni tashib kelishi, saqlash, joylash, reklama, amortizatsiya (eskirish), ish haqi va shunga oʼxshash xarajatlar kiradi. Savdodagi davr xarajatlarini audit nazoratidan kutilayotgan maqsad, birinchidan tejamkorlik ruhida faoliyat olib borishni tashkil qilish boʼlsa, ikkinchidan moliyaviy natijalarini toʼgʼri aniqlanishini belgilashdir.
Аudit nazoratida xarajatlarni tegishli moddalari boʼyicha hisob va hisobotda koʼrsaitilganligini, ularni belgilangan smeta xarajatlariga mos kelishi oʼrganiladi va auditor tomonidan ichki imkoniyatlaridan foydalanish darajasi oʼrganiladi. Hozirgi savdo xarajatlari quyidagi moddalar boʼyicha olib boriladi. Har bir modda boʼyicha analitik hisob yuritiladi. Аudit nazoratida har bir xarajat moddasini ifoda etuvchi xujjatlar, xarajatni jami tovar aylanishiga nisbatan foiz hisoblab chiqiladi va uning toʼgʼriligi hisob koʼrsatkichlari bilan taqqoslanadi. Аudit nazoratida xarajatlarga oʼtkazilgan summalarni iqtisodiy mazmuni, kelib chiqish sabablari taxlil qilinayotganda har bir xarajatga berilgan buxgalteriya schetlaridagi yozuvlar auditor tomonidan tekshiriladi. Аuditor tekshiruvni tashkil qilishda xarajatlarni oʼtgan hisobot davrlari bilan taqqoslab olib borish, hisobot shakllarida xarajatlarni moddalari bilan toʼgʼri koʼrsatilganligini taqqoslab chiqishi nazorat taʼsiri kuchini oshiradi.
Davr xarajatlari auditida xarajatlarni sotilgan tovarlarga va qolgan tovarlarga taʼluqli qismini toʼgʼri hisob-kitob qilinishi, birinchidan korxona moliyaviy natijalari bilan bogʼliq boʼlsa, ikkinchidan qolgan tovarlarga tegishli xarajatlarni toʼgʼri aniqlashdan iboratdir. Har oyning oxirida savdo tashkilotlarida qolgan tovarlarga taʼluqli boʼlgan muomala xarajatlarini aniqlash maqsadida, maxsus hisob-kitob qilinib, bu hisob-kitob boʼyicha jami xarajatlar sotilgan va qolgan tovarlar boʼyicha taqsimlanadi. Аuditor tomonidan xarajatlarni qolgan tovarlarga taʼluqli qismini aniqlash toʼgʼrisidagi hisob-kitobni toʼgʼriligi tegishli schet koʼrsatkichlari boʼyicha taqqoslangan xolda tekshiriladi.
Xarajatlar xolati audit nazoratidan oʼtkazilar ekan, birinchi navbatda tovarlar harakati bilan bogʼliq xarajatlarni va tovarlar harakati bilan bogʼliq boʼlmagan harajatlarni toʼgʼri hisob-kitob qilinganligiga eʼtibor beriladi. Savdo tashkilotlarida shunday xarajatlar borki ularni kelib chiqish manbalari boʼyicha davr xarajatlariga oʼtkazish mumkin emas. Misol uchun tovarlarni buzilishi bilan bogʼliq xarajatlar, undirib olish muddati oʼtib ketgan qarzlar va shunga oʼxshash xarajatlarni bevosita aybdor shaxslardan undirib olish xolati belgilanadi. Savdoda muomala xarajatlarini tovar aylanishi bilan bogʼliqligi tovar asortimentiga, sotish imkoniyatlariga bogʼliqdir, chunki ayrim tovarlarni isteʼmolchiga yetkazib berish koʼproq xarajatlarni talab qilsa, ayrimlari esa kamroq xarajatlarni talab qiladi. Shuning uchun auditor tovar assortimentidagi oʼzgarishlarni ham taxlil qilib borishi kerak. Аudit nazorati davomida xarajatlarni toʼgʼriligini aniqlash bir necha bosqichdan iborat. Masalan: tovarlarni qabul qilish shartlarini bajarilishini, ish haqi boʼyicha qilingan xarajatlarni toʼgʼriligini aniqlab chiqishi maqsadga muvofiqdir. Tovarlarni belgilangan muddatlarda qabul qilish transport xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, shuning uchun bu toʼgʼrida tuzilgan dalolatnomalarning asosli ekanligi auditor tomonidan oʼrganiladi. Savdo tashkilotlarining davr xarajatlariga asosiy vositalardan samarali foydalanish bilan bogʼliq xarajatlari, shu jumladan asosiy vositalarni eskirish xarajatlari, taʼmirlash xarajatlari ham kiradi. Bunday xarajatlarni auditorlik nazoratida ekspertlar xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |