Ko‘p hollarda jadval yoki matritsalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar
bilan ish yuritish kerak boladi. Jadvalda ma’lumotlarjuda ko‘p bolgani
sabab, ularning har bir yacheykasidagi
sonni mos ravishda bitta
o‘zgaruvchiga qiymat qilib berilsa, ular
ustida ish bajarish ancha
noqulayliklarga olib keladi.
Shu sababli,
dasturlashda bunday
muammolar massivlami ishlatish yordamida hal qilinadi.
Massiv —bu bir nom bilanbelgilangan qiymatlarguruhiyoki jadvaldir.
Massivning har bir elementi massiv nomidan, so‘ng o‘rta qavs ichiga
olingan raqam va arifmetik ifoda yozish bilan belgilanadi.
Qavs ichidagi
raqam massiv indeksini belgilaydi. Vektomibir olchovli massiv, matritsani
ikki olchovli massiv d v deb qarash mumkin.
Bir olchovli massivda uning har bir elementi o‘zining joylashgan
o‘rin nomeribilan aniqlanadiva nomeri qavs ichida indeks bilanyoziladi.
Tkki olchovli massiv elementi o‘zijoylash-gan satr va ustun nomerlari
yordamida aniqlanadi. Shu sababli, ikki olchamli massiv elementi
ikkita indeks orqali yoziladi. Masalan: A[i,j] bu yerda i—satr nomeri,
j—ustun nomerini bildiradi.
Massivni e’lon qilish dasturning
bosh qismida berilib, uning
yozilishi umumiy holda quyidagicha boladi: