Enabled — Mantiqiy tur. Agar xossa qiymati true bo‘lsa,
foydalanuvchi bu komponenta bilan ishlashi mumkin.
Font —Matnni formaga chiqarishda ishlatiladigan shrift. Ikki marta
shu qatorga chertilsa Windows shrift tanlash standart oynasi chiqadi.
FormStyle —Forma turi. Quyidagi variantlar mavjud:
fsNormal —normal oyna;
fsMDIForm —MDI oynalar uchun ajdod oyna;
fsMDIChild —avlod MDI oyna;
fsStayOnTop —oyna har doim qolganlari ustida boladi.
Height—Butun tur. Oyna balandligi.
Hint — Form a/kom ponentaga sichqoncha keltirilganda
ko‘rinadigan yordamchi ma’lumot matni.
HorzScrollBar —Gorizontal siljitish yolchasi.
Left —Butun tur. Oynaning chap pozitsiyasi.
Menu —Asosiy oynadan foydalaniladigan menyu.
Name —Forma/komponenta nomi.
ParentFont —Mantiqiy tur. Agar qiymati true bolsa. matn uchun
ajdod obyekt shrifti tanlanadi. Aks holda, foydalanuvchi ko‘rsatgan
shrift tanlanadi.
Position —Dastur ishga tushganda oynaning pozitsiyasi. Quyidagi
variantlar mavjud:
poDefault —Oynaning o‘rni va olchamlarini Windows tanlaydi.
poDefaultPosOnly — Oyna o‘rnini Windows, olchamlarini
foydalanuvchi tanlaydi.
poDefaultSizeOnly — Oynaning o ‘rnini foydalanuvchi,
o‘lchamlarini Windows tanlaydi.
poDesioned — Oynaning o‘rni va olchovlarini foydalanuvchi
tanlaydi.
poDesktopCenter —Oyna ishchi stoli markazida joylashadi.
poMainFormCenter —Oyna asosiy forma markazida joylashadi.
poOwnerFormCenter — Oyna o‘zini chaqirgan oyna markazida
joylashadi.
poScreenCenter —Oyna ekran markazida joylashadi.
ShowHint — Mantiqiy tur. Yordamchi axborot ko‘rsatish
kerakligini belgilaydi.