Label belgisi. Belgi tushuntirishlar, nomlar, mavzular va boshqa
har xil turdagi matnli ma’lumotlami
ekranga joylashtirish uchun
ishlatiladi. Belgi uchun
Caption asosiy xossalardan biri bo‘lib. unda
ekranga chiqariladigan matn joylashadi.
Matnni ekranga joylash uchun Delphining
Standart palitrasidan
(uskunalar panelidan)
«A» piktogrammasi
belgilanib forma ustiga
kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matnga
joylashtirilishi lozim bolgan joy ajratiladi.
Natijada Labell matn
maydoni hosil qilinadi va
Captionxossasiga kirilib kerakli matn teriladi.
Matnga ishlov berish uchun (masalan, kattalashtirish yoki
kichiklashtirish; kursiv yoki qalin qilish va boshqa) ya’ni unga
o‘zgartirish kiritish uchun kerakli xossa tanlanib ular o‘zgartiriladi.
Masalan, kiritilgan matnni kattalashtirish yoki
kichiklashtirish uchun
oldin matn maydoni ajratilib, keyin
Font xossasiga
kiriladi va muloqot
darchasidan shrift, uning olchami va rangi tanlanib Ok tugmasi
bosiladi.