Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli
axborotlami saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol
o‘ynamoqda. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar
solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlami olish uchun, albatta, MBga
murojaat qilishga majbur bolamiz. Demak, MBni tashkil qilish
axborot almashuv texnologiyasining
eng dolzarb hal qilinadigan
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir.
Tnformatsion texnologiyalaming rivojlanishi va axborot oqimla-rining
tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar
insoniyatni bu ma’lumotlami o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining
yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlami saqlash,
uzatish va qayta ishlash uchun
MBni yaratish, so‘ngra undan keng
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar
bazasisiz tasawur qilib bolmaydi.
M a’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar,
ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur
tuzuvchilar ma’lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki,
u faqat
qaralayotgan masalauchungina o‘rinli bolardi. Har bir yangi masalani
hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan
dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari
haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda
ma’lumotlar bazasi — bu qandaydir bir predmet sohasidagi real
muhitning aniq obyektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet
sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun
o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushuniladi. Masalan,
korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni
hisobga olmoq zamr:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qollaydigan
dasturlarga bogliq bolmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlami
kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda. dasturlarni
o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Reyting daftarchanomeri 654311 FamiliyasiAvazovIsmi J amol
Otasining ismi Aliyevich Tug‘ilgan sana 15-yanvar, 1979-yil
0 ‘rtacha baho 4,78 Reyt. daft. nomeri 5 i 545712 F-yasi Ortiqov
Ismi Akram Ota. ismi Salimovich i Salimovich Tug‘ilgan sana 3/XI 1978-yil
0 ‘rta baho 4,61 Reyt. d. nomer 453225 F-yasi Lazizova Ismi
Saida Otasi. X . Xo‘jayevna Tug‘ilgan sana 8.08.800 ‘r. b r. baho 4,52 R/
Tizilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma’lumotlardan zarur
bolganini qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa deyarli
bajarib bolmaydi.
Bu ma’lumotlarni tizimlashtirish va qidirishni avtomatlashtirish
uchun ma’lumotlami tasvirlash usullari haqida ma’lum bir
kelishuvni
ishlab chiqish zamr.
Misol 2. 1-misolda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni oddiy jadval
ko‘rinishidagi tizilmaga solingandan so‘ng u 2-rasmda tasvirlangan
ko‘rinishga ega boladi.