Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Rekonkistaning asosiy bosqichlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə31/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Asturiya qirolligi VIII—IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g‘arbiga о‘z ta’sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa ularning asosiy markazi bо‘lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmida— XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryosi havzasigacha chо‘zilib ketadi. Bu yerda juda kо‘p qasrlar-qal’alar — burglari bо‘lgan chegara viloyat tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan olinib, yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Burgos shahari Kastiliyaning asosiy shahari hisoblanardi.
1037 yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb atala boshladi. XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taho daryosi havzasini bosi b oldilar. 1085 yili qirol Alfons VI Toledo shaharini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan hudud, ya’ni Taho havzasi Yangi Kastiliya deb atala boshladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha nomustahkam edi. 1086 yili, ya’ni Toledo istilo qilingandan keyingi yili Alfons VI ning о‘zi Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba yedi.
Shimoli-sharqda joylashgan Navarra qirolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. Bundan keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy о‘zgarishlar bо‘lib о‘tdi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk, Aragon grafligi ajralib chiqib, sо‘ng XI asrda qirollnkka aylandi. 1118 yili aragonliklar arablardan Sa­ragosa shahrini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildilar. 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispa­niya markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yurardi. Nihoyat, yarim orolning g‘arbida Portugaliya janubga tomon chо‘zilib ketgan edi. Dastlab bu ham graflik edi ( u 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116 yilga kelib u ham qirollik bо‘lib oldi. Portugaliyaning poytaxti boshda Duero daryosining mansabidagi Oporto shahri edi, keyin 1147 yildan — Taxo daryosining mansabidagi Lissa­bon shahri poytaxt bо‘lib qoldi. Leon koroli hokimiyatidan xalos bо‘lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bо‘lib qoldi. Ammo bu qaramlik nomigagina bо‘lib, aslida boshqacha edi.
Yarim oroldagi tо‘rtta xristian davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fran-suzlar ta’siri juda kuchli edi. Atrofni tog‘lar о‘rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII—XV asrlar davrida Navarra katta rol о‘ynagani yо‘q.
Atlantika okeani sohili bо‘ylab uzun tor chiziq bо‘lib joylashgan Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bо‘lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga ham tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bо‘lmish Seuta, keyin portugaliyaliklarning XV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol о‘ynadi. Ammo О‘rta Yer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan, Angliya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar bilan zо‘r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim oro­lidagi boshqa davlatlardan ajratib qо‘ydi. Rekonkista Por­tugaliyani qо‘shni Kastiliya bilan bog‘lashi lozimdek kо‘rinsa-da, lekin Portugaliya о‘zining mustaqilligini saqlab keldi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin