Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: XI-XV asrlarda Fransiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə29/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: XI-XV asrlarda Fransiya
Reja:
1.XI-XV asrlarda Fransiyaning о‘ziga xos taraqqiyoti.
2.XII-XIII asrlarda Fransiyada qirollik hokimiyatining kuchayishi. Filipp II Avgust va Plantagenetlar о‘rtasidagi kurash.
3.Lyudovik IX Avliyo va uning sud-ma’muriy sohalardagi islohotlari.
4.General shtatlarning chaqirilishi va Fransiyada tabaqaviy monarxiyaning boshlanishi.
5.Yuz yillik urush va Fransiyani siyosiy jihatdan birlashtirishning tugallanishi.
6.Jakeriya qо‘zg‘oloni, uning boshlanish sabablari va natijasi.
7.Janna d Ark fransuz xalqining milliy qahramoni.
8.XV asrning II-yarmiga kelib mutlaq monarxiya boshqaruviga о‘tilishi.


Tayanch iboralar:
Kapetinglar, domen, balyaj, general shtatlar, servlar, villanlar, Jakeriya, ’’Orlean qizi’’.
Verden sulhiga kо‘ra, 843-yilda franklar davlati uch qismga bо‘linib ketdi. G‘arbiy “Fransiya”, О‘rta “Fransiya” va Sharqiy “Fransiya”ga bо‘lindi. Keyinchalik ulardan faqatgina g‘arbiy qismi о‘zining eski “Fransiya” nomini saqlab qoldi.Uning hududi Shelda daryosi sohillaridan to Rona daryosi sohillarigacha bо‘lgan.Bu yerda to 987-yilgacha Karl Buyukning avlodlari hukmronlik qildilar, keyinchalik ularning hokimiyati yer egalari tomonidan zaiflashtirilib yuborildi. Mana shu yer egalari orasidan yangi fransuz sulolasi Kapetinglar sulolasi kelib chiqib, ular 987-1328 yillarda Fransiyani idora qildilar. Yangi sulola hokimiyatga kelgan dastlabki yillarda ancha zaif edi.Chunki kapetni saylashga rozilik bergan fransuz feodallari о‘zlari uchun turli xil imtiyozlar talab qilar edilar.
XI, XII va XIII asrlarning ikkinchi yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlar tez rivojlangandi. Dehqonchilik ancha о‘sdi. Bog‘dorchilik, polizchilik, uzumchilik sohasida yutuqlarga erishildi.
Qirol domeni hududi Fransiyadagi ikkita daryo ya’ni Sena bilan Luara daryosining о‘rta oqimi bо‘ylaridagi yerlarni о‘z ichiga olgan edi. Qirol domenini xalqa qilib о‘rab olingan yirik feodal knyazliklar tashkil qilar edi, ya’ni; shimolda-Flandriya grafligi, Normandiya gersogligi, Bretan gersogligi; g‘arbda-Anji grafligi va Akvitaniya gersogligi; janubda-Overn grafligi, Tuluza grafligi; sharqda -Shampan grafligi va Burgundiya gersogligi bor edi.
Qirol hokimiyatining kuchayishi Lyudovik VI Semiz (1108—1137) davrida katta ishlar qilindi. U о‘ttiz yillik hukmronlik davrini о‘z domenidagi baronlarga qarshi kurash bilan о‘tkazib, ularni о‘ziga bо‘ysundirdi.Masalan, u talonchilik qilib yurgan ritsarlardan biri Tomas de Marlni juda qattiq jazolab, uning qasrini vayron qilib, о‘zini turmaga tashlatdi. Bundan tashqari senyorlar Montleri, Pyunzalarning qasrlarini qirol domeniga qо‘shib olindi.
Lyudovik VI ning vorisi Lyudovik VII (1137—1180) ancha keng siyosat yurgizdi U ikkinchi salib yurishida ham ishtirok etgan edi. U о‘z domenini kengaytirib, Burj va Sans shaharlarini qо‘shib oladi.
Lyudovik VII davrida qirol sulolaviy nikoh yо‘li bilan janubi-g‘arbdagi juda katta gersoglikni — Akvitaniyani qо‘lga kiritdi. Ammo, tez orada qirol Eleonora Akvitanskaya bilan turmushi buziladi. Anji grafi Genrix II ning qо‘lida Men va Normandiya ham bor edi. Lyudovik VII ning qо‘yib yuborgan xotiniga Genrix II uylanadi va u 1154-yilda Angliya qiroli deb e’lon qilinadi, shundan sо‘ng Fransiya hududidagi Anju, Men, Normandiya va Akvitaniyalar Angliya qiroli tarkibiga о‘tadilar, Genrix II Plantagenet Kapetinglarning xavfli raqibiga aylanadi. Fransuz mulkiga ega bо‘lgan Plantagenetlar Fransiya qirolning vassallari hisoblanar edi.
XII asrning II-yarmidan boshlab Kapetinglarning shimoliy Fransiya hududlari uchun plantagenetlarga qarshi kurashi kuchaydi.
Bu kurash ayniqsa, Lyudovik VII ning о‘g‘li Filipp II Avgust (1180—1223) davrida о‘zining yuqori nuqtasiga chiqdi. Filipp II о‘z hukmronligi davrining boshlaridayoq shimoldagi Pikardiya va Vermanduani qirol­lik domeniga qо‘shib oldi. U Fransiyaning asosiy raqibi ingliz qiroliga qarshi kurashni boshlaydi. XIII asr boshlarida Filipp II mulklarining kо‘pchiligini; Normandiya, Anju, Men, Turen, Puatuning bir qismini 1204-1214 yillarda Plantagenetlardan tortib oldi.
Filipp II davrida qirol domeniga kо‘plab yerlar qо‘shib olinishi munosabati bilan muhim ma’muriy islohot о‘tkazildi. Qirollikka qarashli yerlar balyaj deb ataluvchi okruglarga bо‘linib, ularga qirollik gubernatorlari-balyalar boshliq qilib qо‘yildi. Balyalar vakolatiga sud, soliqlar yig‘ish, lashkarlar tо‘plash edi.Ular vaqt-vaqti bilan qirolga yozma hisobot berib turardilar. Filipp II davrida jami bо‘lib 20ta balyaj tashkil qilingan edi.
U sud, ma’muriy va moliya sohasida islohot о‘tkazdi.
Lyudovik IX davrida Fransiyani idora qiluvchi markaziy boshqarma tashkil topdi, u qirollik kengashi deb atalardi. U doimiy ishlaydigan qirollik tekshiruvchilar (amaldorligini) joriy etdi, bu revizorlar joylarga borib, qirol amaldorlarini tekshirib, yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar tо‘g‘risida Kengashga axborot berib turardilar.
U sud islohoti natijasida yangi tartiblar joriy qildi;
1) Feodal sudi hukmi ustidan qirol sudiga arz qilishi mumkin.
2) Odam о‘ldirganlik, talonchilik, birovning mulkiga о‘t qо‘yish, soxta pul ishlab chiqarish bilan bog‘liq jazolar qirol sudida kо‘rib chiqiladigan bо‘ldi.
3) Feodallar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar ta’qiqlandi. “Qirolning qirq kuni” deb atalgan tartib joriy qilindi. Unga kо‘ra, bir-biri bilan janjallashgan feodallarning zaif tomoni 40 kun ichida qirolga arz qilib, qanday sabablar bilan nizo kelib chiqqanligi, nizoni adolatli yо‘l bilan hal qilishni sо‘rab, yordam sо‘rashi mumkin edi.Bu paytda kuchli tomon urush ochishga haqqi yо‘q edi.
Lyudovik IX ning nevarasi Filipp IV Chiroyli (1285—1314) Kapetinglar dinastiyasining uchinchi yirik vakili edi. Filipp IV ning inglizlar bilan olib borgan kurashi Langedokni (Tuluza grafligi), 1308-1309 yillari Akvitaniyaning bir qismini, 1285 yili Ispaniya bilan chegaradosh bо‘lgan Navarra qirolligini va Fransiyaning janubi-sharqidagi Lion viloyatini qirollik domeniga qо‘shib oldi.
1307 yili mamlakat markazidagi Lionni qо‘shib olinishi Fransiyani markazlashtirishdagi muhim qadam bо‘ldi. Filipp IV qirollik davrining boshidan to oxirigacha о‘sha zamondagi Shimoli-g‘arbiy Yevropaning sanoat о‘lkasi hisoblangan Flandriyani egallashga harakat qildi.
Kurtra yonidagi jangda Gent va Bryugge hunarmandlari bilan Flandriya dehqonlari 1302 yilda fransuz ritsarlarini qattiq mag‘lubiyatga uchratdilar. Biroq, bu muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, qirol qо‘shinlari 1305 yilda Lilla yonidagi jangda flandriyaliklarga zarba berganlaridan sо‘ng, Flandriyaning bir qismi qirol domeniga qо‘shib olindi.
Flandriya urushi vaqtida xarajatlarning g‘oyatda kо‘payib ketganligi, shuningdek, qirol saroyida ortiqcha isrofgarchilikka yо‘l qо‘yilganligi tufayli XIV asr boshlarida Fi­lipp IV ning moliyaviy ishlari tamomila izdan chiqdi. Qirol har qanday yо‘llar bilan daromadlarini kо‘paytirmoqchi bо‘ldi. U shaharlardan pul qarz olib, odatda uni qaytarmasdi, talonchilik maqsadida yahudiylarni mamlakatdan haydab yuborib, nohaq soliqlar olib bо‘lgandan sо‘ng, yana ularni mamlakatga kirgizardi, u tanga-chaqani buzib, buning oqibatida fransuz savdosini izdan chiqarib yubordi, qirollikka qarashli yer-mulklardagi dehqonlarni katta haq tо‘lash evaziga ozodlikka chiqishga majbur qilardilar.
Papa ruhoniylarning qirolga biror-bir soliq tо‘lashni va graf Flandriyskiy Filipp IV ustidan papaga shikoyat qilganligi uchun papa Filipp IV ga Flandriyaga qarshi urushni tо‘xtatishni talab qildi. Papaning aralashuviga javoban, Filipp IV 1302 yilda uch toifa: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar (har bir shahardan 2 tadan) vakillari ishtirokida General shtatlarni chaqiradi (General shtatlar degan nom – “yalpi toifalar” –(Etats Generaux) deb nomlanishi keyinchalik 1484 yildan boshlab qо‘llana boshlangan) va ularga qirol bilap papa о‘rtasidagi janjalni muhokama qilishni taklif etdi. General shtatlar papaning Fransiyaning ichki ishlariga aralashuvini qoraladi.
Jamoatchilik kо‘magiga tayangan Filipp IV, papalikka qar­shi zо‘ravonlik tadbirlarini qо‘llashga о‘tdi.
Papaning Fransiyaga yuborgan legati (vakili), qirol buyrug‘i bilan qamoqqa olindi. Filipp IV papani lavozimidan chetlatish harakatini boshlab, о‘z agentlari Nogareni va Plezianlarni Rimga yuboradi. Ular pulni ayamasdan papaning Italiyadagi siyosiy raqiblarini о‘z tomoniga og‘dirib, 1303 yil sentabrda Bonifatsiyning Anani shahridagi qarorgohiga bostirib kirib, uni uy qamog‘iga oladi. Papaning tarafdorlari bir necha kundan sо‘ng uni qutqaradi. Lekin keksayib qolgan Bonifatsiy bu tahqirlarni kо‘tara olmay kо‘p о‘tmasdan vafot etadi. Filipp IV ning tazyiqi bilan, 1305 yili Bordr arxiyepiskopi Kliment V papa­likka saylanadi. Kliment V Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, о‘z rezidensiyasini Fransiyaga kо‘chirdi. Dastlab u Lionda, keyin Avinyon shahriga kо‘chib keldi, va u yerda papalar deyarli 70 yil davomida (1309—1378) istiqomat qilishdi.
Qirolning papa bilan qilgan mojarosi munosabati bilan birinchi marta chaqirilgan General shtatlar, keyin Filipp IV davrida 1308 va 1313—1314 yillarda yig‘ildi, bunda tanga-pullarni zarb etish va uning tarkibidagi nodir metallning miqdorini aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Doimo moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan Fi­lipp IV, har safar yangi soliqlar yig‘ishga rozilik berishni shtatlarga taklif etardi. 1308-1309 yillarda qirol qizi Izabellaning nikoh tо‘yiga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun ayrim grafliklar va gersogliklardan ed deb atalgan soliq yig‘ishga ruxsat berish uchun muzokaralar olib boradi.
1337 yildan 1453 yilgacha goh tо‘xtab, goh davom etgan Yuz yillik urush ikki qо‘shni feodal davlatning tо‘qnashuvi bо‘lib, ularning har biri bu vaqtga kelib siyosiy jihatdan markazlab, va katta moddiy mablag‘larni qо‘lga kiritgan edi.
Flandriyadan inglizlar bu yerda kо‘p daromadlar olardilar. Flandriya masalasida Angliya bilan Fransiya о‘rtasida nizo chiqdi.
Filipp IV 1328 yilda vafot etadi. Ingliz qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi sifatida Fransiya taxtiga о‘z da’vosini e’lon qilishi urush chiqishiga bahona bо‘ldi. Fransiyada esa Xlodvig davridan qolgan yer-mulkni tojni erkak merosxо‘rga qoldirish mumkinligi haqidagi qonunni rо‘kach qilishib, “Sali haqiqati” ga asoslanib, Eduard III ning talabini rad etishadi.
Urushning bosh sababi esa shimoliy Flandriya uchun talashish edi. Urush 1337 yili inglizlarning shimoldagi qator muvaffaqiyatlari bilan boshlanadi. Ular 1340 yili Fransiya sohillaridagi Sleys dengiz jangida g‘olib chiqadilar. Dengizda qozonilgan bu g‘alaba ingliz flotini dengizda hukmron qilib qо‘ydi.
Inglizlar bilan fransuzlar о‘rtasidagi quruqlikdagi jang Pikardiyadagi Kresi yonidagi 1346 yil­gi jang edi, bu jangda fransuz qо‘shinlari talafot kо‘rib, Eduard III boshchiligidagi ingliz qо‘shinlari tо‘la g‘alabaga erishdilar, bu jang о‘rta asrlardagi eng mashhur janglardan biri edi. Fransuzlarning yengilishining asosiy sababi, fransuz ritsarlarining umumiy safda turib jang qilishga qobiliyatsizligi edi. Ingliz qо‘shinlari orasida ajoyib о‘q-yoy otuvchilarning borligi ularning qо‘lini balandga olib keldi. Bu g‘alabalardan sо‘ng inglizlar 1347 yili Angliyadan jun keltiriladigan muhim port bо‘lgan Kaleni egallashadi.
Janubi-g‘arbda inglizlar Gnen va Gaskonni egallab, noiblikka Eduard III ning “qora shahzoda” nomini olgan, ritsarlik jasoratligi bilan dong qozongan о‘g‘li Eduard tayinlangan. Qora rangli sovut kiygan shahzoda Bordoda joylashib, Fransiyaning markaziy viloyatlariga talonchilik bosqinlari uyushtirgan. Navbatdagi bosqindan qaytayotganda 1356 yili uning qо‘shini Puatye yaqinida son jihatdan ustun fransuzlarga duch keladi.
Bu jangda fransuz feodallari, ritsarlari asir qilib olindi. Bu jangda umumiy yо‘qotishlar 5-6 ming kishini tashkil qilib, ularning yarmini ritsarlar tashkil qilgan.
General shtatlarning bu barcha talablari 1357 yilgi “Buyuk mart ordonansi” nomi bilan rasmiylashtirilib, dofin 1357-yil 3 martda imzo chekdi va bu hujjat Angliyadagi “Buyuk Erkinlik xartiyasi”ga о‘xshab, general shtatlar talablaridan kelib chiqqan qarorlardan iborat edi.
Uchinchi toifaning «о‘zboshimchaligi»dan g‘azablangan saroy feodallari Etyen Marsel va harakatning boshqa rahbarlariga nisbatan jazo choralari qо‘llashni qattiq talab qildilar. Dofin о‘zi imzo chekkan mart ordonansini bajarishga rо‘yxush bermadi. Shundan keyin 1358 yilning 22 fevralida Parijda qо‘zg‘olon kо‘tarildi, bu qо‘zg‘olonni Marsel tarafdorlari tayyorlagan edi. Parijning 3 mingga yaqin hunarmandlari qirol maydoniga tо‘planib, saroyiga bostirib kirdilar. Dofinning ikkita bosh maslahatchisi о‘ldirildi. Marselning о‘zi bosh maslahatchi bо‘lib oldi.
1358 yil bahorida, Parijning shimoliy rayonida dehqonlarning katta qо‘zg‘oloni tayyorlanar edi, bu qо‘zg‘olon Jakeriya qо‘zg‘oloni degan nom oldi.
Jakeriya qо‘zg‘oloni bо‘lgan davrda dehqonlarning ahvolini quyidagicha kо‘rish mumkin;

    1. XIII asrda Fransiyada qishloq xо‘jalik mahsulotlari kо‘payishi bilan parallel ravishda dehqonlarni krepostnoylikdan ozod qilish harakatlari tezlik bilan olib borildi.Ayrim dehqonlar pul berish evaziga о‘z-о‘zini sotib olish erkinlikka chiqish imkoniyatiga ega bо‘ldilar.Buning natijasida krepostnoy dehqonlari (servlar)ning ozod villanlarga (ya’ni haq tо‘lab shaxsiy ozodlikka chiqqan sobiq servlar-villanlar) deyilgan, о‘tish jarayoni yuz berdi.Juda kо‘p dehqonlar о‘z xо‘jaliklarini erkin yurita boshladilar.

    2. Yuz yillik urush munosabati bilan fransuz dehqonlarining ahvoli keskin og‘irlashdi. Inglizlar armiyasi Fransiya hududida о‘zini uyidagidek harakat qilardi. Ayniqsa, urush harakatlarining dehqonlar yelkasiga tushishi va armiyaning oziq-ovqatlar bilan asosan ular tomonidan ta’minlanishi dehqonlar ommasining iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi.

    3. Ayniqsa urushlar о‘rtasidagi tanaffuslar vaqtida fransuz dehqonlarining ahvoli yanada og‘irlashdi.Chunki, ham fransuzlarga, ham inglizlarga yollangan askarlar tinchlik shartnomasi tuzilgan vaqtda ishsiz qolardi va bu davrda ular aholini talash bilan kun kechirar edi.

    4. Dehqonlarning dvoryanlarga nisbatan g‘azabi kundan-kun kuchayib borar edi.

1358 yil may oyining oxirlarida Bove okrugida qо‘zg‘olon boshlanib, u keyin Sena, Marna va Uaza daryolari havzasidagi rayonlarga yoyildi. Il de Frans, Pikardiya va Shampan dehqonlari qо‘zg‘aldilar.
Qirol Ioann Londondagi asirlikda vafot etgandan keyin uning merosxо‘ri dofin Karl Karl V nomi bilan (1364-1380) yillarda boshqardi.U hokimiyat tepasiga kelgandan sо‘ng, avvalo inglizlar bilan sulh tuzdi. 1360-yilgi Bretan sulhiga binoan Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi kо‘p hududlar inglizlarga berildi, fransiya urushni davom ettirishga ojiz bо‘lganligidan shunday qilishga majbur edi.
Karl V shtatlarni chaqirishga barham berdi. Uning harbiy islohotlari natijasida qirollikning yirik harbiy otryadlari tuzildi, 120 ta kemadan iborat harbiy flot qurildi, fransuz qо‘shinida tо‘plar paydo bо‘ldi.
Harbiy islohot natijalari urushning borishida darhol namoyon bо‘ldi.1369-yilda urush harakatlari boshlanib boshlanib ketganidan sо‘ng, bu harakatlar inglizlar uchun muvaffaqiyatsiz bо‘lib chiqdi. Karl V ning iste’dodli bosh qо‘mondoni Dyugeklen, tez-tez va tо‘satdan harakat qilib, inglizlarni birin-ketin Nor­mandiya, Puatye va Giyendan surib chiqardi. Dyugeklen qasrlarni qamal qilishda artilleriyadan foydalandi. U 200 dan ziyodroq qal’alarni dushmandai tozaladi. 1380 yil­da inglizlar qо‘lida jami bо‘lib bir nechta sohil bо‘yi shaharlari qolgan edi. Urush asta-sekin sо‘na bordi. Karl V va Dyugeklen vafotidan keyin, 1396 yilda 28 yilga chо‘zilgan yarashish ahdi tuzildi.
XIV asrning oxiri — XV asrning boshlari Fransiyada yangi siyosiy inqiroz zamoni bо‘ldi. Karl V ning о‘g‘li Karl VI (1380—1422) 12 yoshida qirol bо‘ldi. 90-yillarning boshlarida u ruhiy kasallikka chalinib qoladi va saroy ayonlari qо‘lida qurolga aylanadi. Mamlakatni zodagonlarning ikki guruhi navbat bilan boshqargan.
Ulardan birini qirolning amakisi, Burgundiya gersogi boshqarsa, ikkinchisiga Karlning ukasi-Orlean gersogi va graf Armanyak yetakchilik qilganlar.
Butun Fransiya bir-biriga raqib guruhlarga bо‘linib ketdi. Burgundiya gersogi partiyasiga qarshi 1411yildan boshlab, Orleanskiyning qaynotasi graf Armanyak boshchiligida kurash boradi. Har ikkala tо‘da navbati bilan hokimiyat tepasiga chiqib olib, davlat mablag‘larini talon-taroj qildi, qirollikka qarashli mulklarni bosib oldi, shaharlarni taladi.
Burgundlar va armanyaklar kurashi avj olgan bir paytda ingliz qiroli Genrix V 30 ming kishilik qо‘shin bilan Fransiyaning shimoliga kelib tushadi. Fransuzlarda 100 ming kishilik qо‘shin bor edi-yu, lekin ularning harbiy mahorati g‘oyat past edi. 1415 yil kuzida Azenkurga yaqinidagi jangda, fransuzlar qattiq mag‘lubiyatga uchradilar.
Gersog Orleanskiy inglizlarga asir tushadi. Inglizlar Parijga yaqinlashib borib, gersog Burgundskiy kо‘magida qirol Karl VI hukumatini juda tahqirli sulh shartlarini qabul qilishga majbur etdilar. 1420 yilgi Trua shartnomasiga kо‘ra, Angliya bilan Fransiya umumiy qirol qо‘l ostida bitta qirollikka birlashdilar. Karl VI ning qizi malika Yekaterinaga uylangan Genrix V har ikkala mamlakatning qiroli bо‘lishi kerak edi.
1422 yil avgust oyining oxirida Genrix V 36 yoshida tо‘satdan vafot etadi, shu yilping oktabrida keksa qirol Karl VI vafot etadi. Ingliz-fransuz qirolligi tarafdori bо‘lgan Burgundiya tо‘dasi Genrix V ning 10 oylik о‘g‘li Genrix VI ni Angliya va Fransiyaning qiroli deb e’lon qildi. Armanyaklariing «milliy» fransuz tо‘dasi dofin Karlni Karl VII nomi bilan qirol deb e’lon qildi. Luara daryosining janubida kichkina Burj shahri bir necha yilgacha Karl VII ning poytaxti bо‘lib qoldi. Karl VII ni “Burjning qiroli” deb masxara qilardilar.
О‘z manfaatlarini kо‘zlagan Burgundiya, Bretan gersogliklari inglizlar tomoniga о‘tib ketgan bir paytda, oddiy xalq kо‘tarilib bosqinchilarga qarshi partizanlik urushi boshlanadi.
Xudda mana shunday Fransiya uchun hayot-mamot davrida tarix sahnasiga Janna d Ark chiqadi. Janna d Ark 1412 yili Shampan va Lotaringiya chegarasidagi Domremi qishlog‘ida Jon Dorn degan dehqon oilasida tug‘ilgan.
1429-yilning yanvarь oyida Janna amakisi Dyuran Laksar bilan uydan qochib chiqib, inglizlarga qarshi kurashayotgan fransuz armiyasiga kelib qо‘shiladilar. Bu yerda Janna uni taxt vorisi Karl huzuriga kuzatib qoyishlarini sо‘raydi va faqatgina u Fransiyani ozod qilib, qirolga toj kiydira olishini aytadi.
1429 yilning martida Karl VII ning qasrlaridan birida uni qirol qabul qiladi. U ritsarlik qurol-aslahasini taqib, otda qо‘shinni aylanib chiqib, Orlean yonida urush harakatlarini boshlashga da’vat etadi. Janna fransuz qо‘shini ichida intizomni kо‘tarishga chaqirdi va dushman bilan kurashda о‘zi katta pahlavonlik kо‘rsatdi. Orlean 1429 yilning 5 mayida ozod qilindi va Jannani «Orlean qizi» deb atashdi.
Janna Karlga Reyms shahrida toj kiyish marosimini о‘tkazishga maslahat berdi. Karl VII ning toj kiyish marosimi muvaffaqiyatli о‘tdi. Sо‘ngra, Janna urush harakatlarini tezlatish va Parij tomonga yurish qilishni qattiq turib qirolga taklif etdi. Ritsarlarcha kiyingan Jannaning harbiy bо‘linmasi Orleanga yо‘l oladi.
Yepiskop Kashon boshchiligidagi sud Jannani afsungarlikda ayblaydi. Karl VII Jannani о‘limdan qutqazishni xayoliga ham keltirmaydi. Tribunal tomonidan dahriylikda ayblangan Janna d Ark 1431 yilning 30 mayida Ruan shahri markaziy maydonida gulxanda yoqib yuboriladi. Inglizlar Jannani inkvizitsiya yordamida о‘ldirishdi, lekin uning g‘oyasini yо‘q qila olmadilar. Janna yoqilgan joyda о‘rnatilgan oq but bugunga qadar ham mavjud.
Lyudovik XI Lotaringiya feodallarini va Shveysariya ittifoqi kantonlarini gersog Burgundskiyga qarshi gij-gijladi. 1477 yili Nansi yonidagi jangda Karl Jasur mag‘lubiyatga uchradi va о‘ldirildi. Karl Jasurga qarashli Flandriyani va Niderlandiyadagi boshqa mulklarni uning Avstriya-Germaniya shahzodasi Maksimilian Gabsburgga erga tekkan qizi Mariya Burgundskaya о‘ziga meros qilib oldi.
Lyudovik XI Burgundiya masalasini hal qilib, isyonchi feodallarning bemalol adabini berdi. Ular birin-ketin qamoqqa olinib, qiynoqqa va azobga solindi, bir qismi qatl qilindi. Shular orasida Armanyaklar xonadoni butunlay halok bо‘ldi.Shuning uchun ham Lyudovik XI ni sira yoqtirmas va undan qо‘rqar edilar. Uni har qanday diplomatik fitnalar yо‘li bilan nozik о‘rgimchak uyasi yasab, shu uyaga raqibini aldab ilintiruvchi makkor о‘rgimchakka о‘xshatardilar.
Lyudovik XI ning о‘g‘li Karl VIII (1483—1498) mustaqilligini hamon saqlab qolgan sо‘nggi Bretan gersogligini qо‘shib oldi (1491 y).
Karl VIII 1491 yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilan, Fransiya qirolligining markazlashishi yakun topadi. XV asr oxirida Fransiyada mutloq monarxiyaga asos solinadi. XVI asr boshlariga kelib Fransiya Yevropadagi eng katta va eng markazlashgan qirolliklardan biriga aylandi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin