Mavzu : XII – XV asrlarda Germaniya
Reja:
1.XII – XIII asrlarda Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.
2. Shtaufenlarning idora qilishi.
3.Fridrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari.
4.Fridrix II Shtaufen va uning siyosati.
5.Nemis feodallarining polab va Boltiq boyini istilo qilishlari.
6.Shimoliy Ganza, Shvabiya va Reyn ittifoqlari.
7.Gabsburlar dinastiyasining hokimiyat tepasiga kelishi.
Tayanch iboralar:
Germaniya siyosiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari, Shtaufenlar, Gabsburlar, Shimoliy Ganza, Shvabiya va Reyn ittifoqlari, Lombardiya ligasi, Rankal qarorlari, velflar,gibellinlar, markgraflik, gabsburglar, Livoniya ordeni, Lyuksemburglar dinastiyasi, Sitsiliya konstitutsiyasi.
XII – XIII asrlarda Germaniyada ishlab chiqarish kuchlari o’sa boshladi. O’rmonlarni qisqartirish, botqoqliklarni quritish yo’li bilan ekin maydonlari kengaytirildi, qishloq xo’jalik asbob- uskunalari takomillashtirildi. G’alla, javdar, suli, apra bilan bir qatorda zig’ir ekilgan. Polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik kengaygan.
Germaniyada shaharlar ham rivojlana boshladi. Reyn va Dunay daryolari boylaridagi shaharlar savdo markazlariga aylana boshladi. Movut to’qish, surp ishlash, metallsozlik, moynachilik, turli xil qurol – yarog’lar yasash nemis hunarmandchilik sexlarining asosiy mashg’uloti edi.
Reyn daryosi boyidagi Kyoln va Vorms ; Mayn daryosi boyidagi Frankfurt ; yuqori Dunay boyidagi Ul’m, Nyurnberg, Augsburg shaharlar rivojlangan shaharlar edi.
Germaniya XII – XIII asrlarda tarqoq feodal davlat edi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qiladi. Fransiya va Anglia tobora markazlashib borgan bo’lsa, Germaniyada feodal tarqoqlik hikm surardi. Mamlakat kichik – kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Imperator bor -yo’g’i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi – Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosat Germaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog’lab qoygan edi, chunki bosqinchilik yurishlarini feodallarning yordamisiz amalga oshirib bo’lmas edi.
Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda, Germaniyada uning aksi edi. Bunga asosiy sabab – bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq bo’lganliklari sabab bo’lgan.
Frankoniya dinastiyasini idora qilish befarzand Genrix V bilan tamom bo’ladi, Germaniyani bir oz vaqt Lotar Saksonskiy (1125-1137) boshqardi. U kuchli imperator emas edi, shu vajdan Shtaufenlar xonadoni bilan Velflar xonadoni o’rtasida hiyla ishlatishga majbur bo’ldi, chunki Shtaufenlar Shvabiya gertsoglari bo’lish bilan birga, Frankoniyada ham kuchli ta’sirga ega edilar va Bavariya gertsoglari esa Velflar xonadoniga mansub edi. 1125-1250 yillarda Germaniyani Shtaufenlar dinastiyasi boshqardi/
Velflarning kuchayib ketayotganligidan betoqat bo’lgan knyazlar Konrad Shtaufenni imperator etib sayladilar. Konrad III (1138 - 1152) u ikkinchi salib yurishida ham qatnashigan edi, u o’z hukmronligini ko’pini Velflar bilan kurashga bgag’ishladi. Genrix Mag’rurning o’g’li Genrix Sherning yoshligidan foydalangan Konrad Velflardan Bavariyani tortib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi. Konradning taxt vorisi Fridrix I Barbarossa davrida Shtaufenlar dinastiyasi eng zo’r qudratga ega bo’ldi. Fridrix I Barbarossa (sariq soqol) 38 yil imperatorlik (1152- 1190) qildi. U shafqatsiz, tajovuzkor, shuhratparast va makkor siyosatchi edi. Fridrix I Bavariyani Velflarga qaytarib berib, ularni tinchitgach, salib yurishlari natijasida boyigan Italiyaga o’zining diqqat – e’tiborini qaratdi. Fridrix Rimda toj kiyish paytida (1154 - 1155) Italiya shaharlarining boyib ketganligiga va Italiyaning siyosiy jihatdan zaiflashib qolganligiga ishongan edi. Bunga sabab shuki, Italiyada papa, feodal knyazlar va shahar – respublikalarga aylangan shaharlar bir – birlari bilan dushman edilar.
Fridrix I dastlab papa bilan do’stona munosabatda bo’lishga intildi. Rim shaharliklarning rahbari, Rim respublikasiga asos solishga harakat qilgan (1143 - yilda) va papani dunyoviy hokimiyatgan mahrum qilmoqchi bo’lgan Arnold Breshianskiyni Fridrix I papaga tutib berdi. Arnold Breshianskiyni papa zindonga tashladi va uni 1155 yilda gulxanga kuydirdi, va shu bilan Rim respublikasi tugatildi. Ammo oradan ko`p vaqt o`tmay imperatorning papa bilan munosabatlari yomonlashdi, ikki orada dushmanlik paydo bo`ldi. Papa kuriyasida Rimda imperator papa qo’lidan ‘’benefitsiy’’ tarzda toj oldi va shu sababdan u papa aytganlariga quloq solmog`i lozim deb bayon qilgan edi. 1157 yili Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) shu haqda ochiqdan- ochiq gapirgan edi. Ikkinchi tomondan Barbarossaning o’zida Italiyani batamom tobe qilish rejasi vijudga keldi. Fridrix 1158 yilda 100 ming kishilik qo`shin bilan Italiyaga kirib keladi va Italiya shahar kommunalaridan imperatorning noibi tayinlanishiga rozilik beilishlarini talab qildi.
Buyruqni rad etganliklari uchun Milan va Lombardiya va boshqa shaharlar og`ir kontributsiya to’lashga majbur bo`ldilar. Barbarossa 1158 yilning 11 noyabrida Rankal vodiysida (Pyachensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu seymda Rankal qarorlari deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga zarb etish huquqi, yer- mulklarni taqsimlash, shahar noiblarini tayinlash Fridrix qo`liga o`tdi.
Buyruqni rad etganliklari uchun Milan va Lombardiya va boshqa shaharlar og`ir kontributsiya to’lashga majbur bo`ldilar. Barbarossa 1158 yilning 11 noyabrida Rankal vodiysida (Pyachensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu seymda Rankal qarorlari deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga zarb etish huquqi, yer- mulklarni taqsimlash, shahar noiblarini tayinlash Fridrix qo`liga o`tdi.
Siyosiy mustaqillikka ko’nikib qolgan Lombardiya shahlari Barbarossaga qarshi qo’zg`olon ko’tardilar. Lombardiyaning eng yirik sanoat shahri bo’lgan Milan qo’zg`olonchilarga boshchilik qildi. Qo`zg`olongan javoban Barbarossa Milanni bosib olib (1162 yil) uni qattiq jazoladi. Nemis ritsarlari Milan yonidagi o`z lagerlarida qatl etilgan Lombardiyaliklarning kesilgan kallalarini koptok qilib oynashardi. Shafqatsiz jazolar Italiya shaharlarini qaddini ancha bukdi. Tez orada Lombardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lombardiya shahlarining ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoqqa 15 ta shaharlar kirdi.(Lombardiya ligasiga kirgan shaharlar : Parma ;Milan ;Verchelli ;Verona ;Breshia ;Bergamo ;Ferrara ;Trevizo ;Paduya ;Mantuya ;Novara ;Aleksandriya ;Paviya ;Pyachentsa ;Bolonya). Shtafenlarning yutuqlaridan bezovta bo`lgan papa Aleksandr III (1159-1181) ham ligaga kirdi.
1167 yilda Barbarossa Italiyaga yana qo’shin tortib kelib Rimni oldi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur bo`ldi. Imperator Lombardiya shaharlarini tinchitmoqchi bo’ldi,lekin to’satdan boshlangan o`lat kasali qo’shinlar safini xarob etdi (25 ming kishi o`ldi). va Fridrix Germaniyaga qaytadi. 1174-1176 yillarda Barbarossa yana Italiyaga paydo bo`ldi, lekin bu safar uning omadi kelmadi. 1176 yil bahorida Milandan uzoqroq Lenyano degan joyda u liga qo’shinlari tomonidan batamon mag`lubiyatga uchratildi. Lenyako yonidagi mag`lubiyat Fridrix I ni Lombardiya shaharlariga yon berishga majbur etdi. Shaharlar erkin kommuna huquqini oldilar, Fridrix I papaning ishlariga aralashuvidan voz kechib, papaga ham yon berishga majbur bo`ldi.
Barbarossaning 1176 yili mag`lubiyatga uchrarishining sabablaridan biri, imperatorning eng yirik vassali Genrix Sher Velfning Italiyaga yordamchi qo’shin olib borish haqidagi iltimosini rad qilishi bo`ldi. Vassallik majburiyatlarini bajarmaganligi uchun Genrix Velf feodallar sudiga tortilgan edi. Biroq Genrix Sher imperatorga boysunishdan bosh tortib, imperatorni qo’llab- quvvatlagan knyazlar bilan urush boshladi. Knyazlarning o`zaro urushi 2 yil (1178-1180) davom etib, Velflarning yengilishi bilan tugadi.
Knyazlar sudi Genrix Sherni Germaniyadan haydab yuborish va uni barcha yerlaridan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.Keyinchalik Genrix Sher Germaniyaga qaytib keldi va imperator uning ayblarini qisman kechdi. Unga Germaniyada qolish ruxsat etilib, Saksoniya yerlarini bir qismi (Braushvoy gertsogligi) qaytarib berildi. Velflar ustidan g`alaba qozonishi Barbarosning katta yutug`i bo`ldi. Fridrix o`z imperatorligining oxirida yana Italiya ishlariga qaytdi. 1186 yilda u o`z o`g`li Genrix VI ni Sitsiliya taxtining voris malikasi Konstansiyada uylantirdi. Barbarossa buni o`zining diplomatik faoliyatidagi eng katta yutuq deb bildi. Haqiqatda esa bu ish Shtaufenlarga falokat keltiruvchi xato bir ish edi. Ana shu ish tufayli Shtaufenlar papalikni va Lombardiya shaharlarini o’zlariga qarshi qurollantirdilar. Barbarossa 1190 yilda o`zi qatnashgan 3 chi salib yurishi haqida vaqtida vafot etdi. 1940 yili Gitler Sovet Ittifoqiga yurish rejasini ‘’Barbarossa rejasi’’ deb atagan edi.
Papa Innokenniy III davrida (1198-1216) papa hokimiyati zo`r qudratga erishdi. ‘’Papa hokimiyati-quyosh, imperatorniki-oy, Oy quyoshdan yorug`lik olganidek, imperatorlar ham o`z hokimiyatlarini papadan oladilar’’ degan edi. Papa xazinasi o’sha zamondagi Yevropaning istagan qirolining xazinasigan boyroq edi.
Ko`pgina qirollar o`zlarini papaning vassali deb tan olgan edilar.
Shular orasida Angliya, Aragon, Portugaliya, Bolgariya, Shvetsiya, Daniya, Polsha, Armaniston qirollari bor edi. Innokentiy III imperatorlik toj taxtini ham o`z tasaruffiga olgan edi. 1197 yilda Genrix VI vafot etgandan keyin uning o`g`li Fridrix II Shtaufen 3 yoshga to’lgan edi. U Sitsiliya qirolligi deb e`lon qilindi. Ammo knyazlar Barbarossaning 2 chi o`g`li Fillip Shvabskiyni imperator etib sayladilar. Papa boshda bu odamga rozilik berilgan bo`lsada, lekin keyin Filipp bilan janjallashib qoldi va Velflar to’dasiga mansub Genrix Sherning o`g`li Otton Velfni qo’llab- quvvatladi, u Otton IV nomi bilan imperator deb e`lon qilindi.
Shunday qilib Germaniyada bir- biriga raqib ikki imperator paydo bo`ldi. Innokentiy III Otton IV bilan ham achchiqlashib, 1212 yilda yosh Fridrix II ni imperator deb e`lon qildi.
Fridrix II (1212- 1250) Shtaufenlar xonadonining ikkinchi ko`zga ko`ringan vakili edi. Yarim nemis, yarim italyan bo`lgan Fridrix turli- tuman madaniy ta`sirlarga berilgan edi. Arab- Vizantiya ta`siri kuchli edi. Uning saroyida arab Vizantiyalik va yahudiy olimlar to’plangan edi. Uning o`zi arab va yunon tillarini bilar edi. Lotincha va italiyancha she`rlar yozardi. Uning Plermodagi saroyi o`zining zeb –ziynati bilan sharqdagi arab sultonlarining saroylariga o`xshardi. U Sitsiliya fedallarning qo`zg`olonlarini bostirdi. Musulmonlardan tuzilgan yollanma qo’shin Fridrix II ga tayanch bo`ldi. 1231 yilda Fridrix Sitsiliya qirolligining konstitutsiyasini matbuotda e`lon qildi. Bu konstitutsiyasida mahalliy feodallarining huquqlari, Janubiy Italiya shaharlarining erkinligi qirqildi. Qirollik bir nechta ma’muriy okruglarga bo`linib, ularni qirel tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar idora qilardi. Butun aholidan yer solig`i undirilardi.
Fridrix II Germaniyada tamomila boshqacha siyosat yurgizardi. Germaniyada yashamaganligi uchun feodallar imperatorlikka boshqa odamni ko’rsatmasliklari uchun, ularga har qanday yon berishlarga ko’ngan edi. 1232 yilda Reyn shaharlari mahalliy feodallardan ko’nikishga va erkin kommunalar huquqini olishga intilgan paytlarida, Fridrix II feodallarga yon bosdi va shaharliklarga xavf tug`diradigan farmon chiqardi.
Fridrix II Innokentiy III bilan do`stona munosabatga edi. Ammo XIII asrning 20 yillarida papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida imperator bilan papaning munosabatlari keskinlashdi. Papa imperatordan salib yurishga jo’nab ketishni talab qildi. Fridrix II 1228- 1229 yillarda 6 chi salib yurishini tashkil qilgan edi. Lekin yurish tez tamom bo`lganligidan va Turk-Misr sultonining nisbatan kichik yon berishlariga imperatorning qanoat hosil qilganligidan papa kuriyasi ranjigan edi. 1232 yilda papa ishtirokida Lombardiya ligasi rasmiy sur’atda yana ishga tushdi.
30 yillar o’rtasida Fridrix II Milanga yurish qilib, muvaffaqiyatga erishib, Lombardiya qo’shinlarini tor – mor edi, u rimga kirib borib, papa Grigoriy IX u yerdan qochdi. Bunga javoban Grigoriy IX Fridrix II ni dindan qaytgan deb, cherkovdan haydadi va german knyazlariga boshqa imperator saylashni taklif etdi.
Papa Innokentiy IV (1243- 1254) davrida Fridrix II ning papa bilan kurashi shiddatli tus oldi. Innokentiy IV Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, Genuyaga ko’chib ketdi. Shu yerdan turib u fransuz va ingiliz qirollarini imperatorga qarshi uchun ochishga da’vat etdi.
Papa tomonidan 1245 yilda Lionda yig`ilgan cherkov sobori, Fridrix II ni kofirlik va shakkoklikka ayiblab, imperatorga qarshi salib yurishi e`lon qilindi. Biroq fransuz va ingliz qirollari Shtafenlar bilan bo`ladigan urushga aralashishni istamadilar Fridrix II ni o`g`li Konrad IV german feodallaridan bir qismining qo’llab-quvvatlashiga erishdi, yuqori Dunay shaharlarini bir qismini o`ziga og`dirib oldi. Italiyaninng o`zida shaharlarning bir qismi imperator tomoniga o`tdi. Ikki to’da ya’ni, papa tarafdorlari bo’lgan gvelflar (ya’ni italyanlar talaffuzida velflar so`zining o`zgargani) va imperator tarafdorlari bo`lgan gibellinlar (ya’ni shtaufenlarning Shvabiyadagi qasrlaridan birining Veybligenning o`zgargan nomi) o`rtasidagi kurash shiddati urushga aylandi.
Fridrix II 1248 yilda Parma yonidagi janga mag`lubiyatga uchradi. Oradan 2 yil o`tgach u vafot etdi, uning vafotidan keyin o`g`li Konrad IV imperator bo`ldi. 1254 yilda Konrad qazo qildi, uning go’dak o`g`li Konradinni german knyazlari imperator qilib saylashdan bosh tortdilar. Konradinning amakisi Fridrix II 2chi o`g`li Manfred huzuriga ketib qoldi. Sitsiliya qirolligi Manfred qo`liga o`tgan edi.
Papalar Karl Anjuyskiy (fransuz qiroli Lyodovik IX ni ukasi) boshliq fransuz feodallarini Italiyaga taklif qildilar. Fransuz qo’shinlari 1266 yili Benevent shahri yonida Manfredni yengdilar va uni o`ldirdilar. Konrad IV ni yosh o`g`li Konradin 1268 yili o`z tarafdorlari yordamida fransuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarishga harakat qildi, lekin uning omadi kelmadi. Asir qilib olingan Konradin Neopolda qatl etildi (1268yil).
Shtaufenlar dinastiyasining so`nggi vakili shu tariqa halok bo`ldi. Shtaufenlarning halokati tufayli Germaniyadagi imperatorlik hokimiyati tamomila orqaga ketdi. Uzoq vaqt (1254-1273) yillarda Germaniyada haqiqatda butunlay imperator bo`lmadi.
El’ba daryosining o’ng tomonida va Boltiq dengizi qirg`oqlarida yashagan vagralar, obodritlar, lyutichlar, pomoryanlar XII asr o`rtasiga kelib feodallashgan edilar XII asrda nemis feodallarining g’arbiy slavyanlar ( biz yuqorida tilga olgan xalqlar) yerlariga hujumi keng miqyosda boshlandi. Ayniqsa Saksoniyalik feodallar sharqqa ko`proq intildilar.
Slavyan qabilalarning tarqoqligidan foydalangan german feodallari XII- XIII asrlarda obodritlar, lyutichlar, pomonyanlarning yerlarini bosib oldilar. Slyavanyanlarga qarshi kurash Germaniyada o`ziga xos ‘’salib yurishi’’ deb ham qaraldi. Bir nechta german feodallari Genrix Sher Velf boshchilik qilgan ritsarlarning salib qo’shini 1147 yilda obodritlar yurtiga yurish qildi. Yurishda 60 mingtacha nemis ritsari qatnashdi. Nemislar son jihatidan ko`p bo`lsada, zafar qozona olmadilar. Obodritlar knyazi Niklot dushmanga qarshi o’rmonzor va botqoqliklardan foydalanib qarshilik ko’rsatdi. Niklot german feodallarining ittifoqchisi bo`lgan daniyaliklarga qattiq zarba berdi va nemis kolonistlarini katta bir qismini yana Germaniyaga haydab yubordi. Ammo nemislar El’ba daryosining o`ng tomonidagi yerlarga hujumni davom ettiraverdilar, Niklot shular bilan kurashda 1160 yil halok bo`ldi.
Niklotning o`g`illari kurashni davom ettirsalarda ammo o`z mulklarining mustaqilligini saqlab qololmadilar va o`zlarini imperatorining vassallari deb tan oldilar. 1170 yili obodritlar yerida Meklenburg gertsogligi nomi ostida yangi yarim slavyan, yarim nemis gertsoligi tashkil topib, u imperiya tarkibiga kirdi. 1180 yilda pomoryanlar ham o`z mustaqilliklarini yo’qotib bu yerda ham Pomeraniya nomi ostida yarim slavyan davlati tashkil topdi va uzoq vaqtgacha ikkinchi nomi bilan Sloviya deb atab kelindi.
Lyutichlarning yerlarida Branderbung markgrafligining tuzilishiga asos solindi. Yirik german feodali Albrext Medved Askaniya ( 1170-yil vafot etgan) lyutichlarga qarshi qilingan yurishga boshchilik qildi.
XIII va XIV asrlar mobaynida Brandenburg markgrafligini nemislar zo`r berib kolonizatsiya qildilar.
Slavyanlarning Sileziya viloyati Polsha qirolligi tarkibiga kirgan edi. XII- XIII asrlarda bo`lib o’tgan o`zaro urushlar natijasida Sileziya knyazlari Polsha qiroli bilan yer- mulkka egalik qilish aloqalarini uzib, german imperatorini tan oldilar. Sileziyani nemislar kolonizatsiya qilgach, ular nemis tili va urf -odatlarini o`zlashtirdilar. Sileziya Sileziya gertsogligi nomi ostida Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan va keyinchalik XIV asr o`rtalarida Chexiya hukmronligiga o`tdi.
Nemislarning Boltiq bo`yiga kirib borishlari XII asrning II yarmida boshlangan edi. Bu vaqtda nemis savdogarlari Boltiq dengizi sohilida faktoriyalar barpo eta boshladilar. Savdogarlar ketidan nemis kolonistlari kelib, ular livlar, qurlar, estlar kabi mahalliy qabilalar orasida xiristanlikni yoydilar. 1201 yili nemislar Riga shahrini barpo etdilar va bu shahar nemis kolonizatsiyasining tayanch manzili bo`lib qoldi. Papa Innokentiy III livlarga, estlarga, qurlarga qarshi maxsus salib yurishi e`lon qildi. Livoniyani istilo qilish uchun Livoniya yoki qilichbardorlar Ordeni (chunki) ritsarlar plashiga qilich tasviri tushirilgan edi), deb atalgan alohida orden ham ta’sis etildi. XII asrning 20-30 yillarida livlar va qurlar istilo qilingan bo`lib, zo`rlab cho’qintirildi.
Prusslarning janubiy Boltiq bo`yi qabilasi bilan urushgan polyak knyazlari Tevton ordenini yordam berishga da’vat etdilar. Orden polyaklarining taklifini qabul qilib, 1226 yilda o`z faoliyatini Quyi Visla daryosi bo`yiga ko’chirdi. Orden ritsarlari prusslarga qarshi qilib 1230- 1284 yillar mobaynida kurashib, mamlakatni istilo qildilar. Mariyenburg shahri Tevton (hoz. Pruss) ordenining poytaxti bo`lib qoldi. Shuningdek yangi barpo etilgan Kenigsberg, Memel shaharlari Prussiyaning yirik markazlariga aylandi.
1237 yili Tevton ordeni qilichbardorlar ordeni bilan birlashib, o`z ta’sirini Boltiq dengizining sharqiy sohiliga yoydi.
Nemis ritsarlari rus yerlariga ham kirishga urindilar. Ular Novgorod va Pskov yerlariga xavf soldilar. 1242 yil martida Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy Pskov yeridagi nemis otryadlarini tor- mor qilib, Pskov shahrini ozod qildi. 1242 yilning 5 aprelida Chud ko`lida nemislarning novgorodliklar bilan tarixiy jangi Muz ustidagi jang bo`lib, unga Aleksandr Nevskiy boshchilik qilib, ular nemislarni tamomila yenggan edi.
Orden Prussiyani istilo qilgandan keyin, u Polshani va Litvanni siyosiy mustaqilligiga xavf solayotgan edi. 1346 yili orden daniyaliklaridan Estoniya hududini sotib oldi.
1410 yilning 15 iyulida polyaklar, litvaliklar va ruslar Gryunvald yonidagi jangda ordenga qat’iy zarba yetkazdilar. Orden qo`shinlari safida G`arbiy Yevropadagi 22 mamlakat vakillari jang qildi.
XIV asr o`rtalarida kelib Shimoliy Germaniya shaharlari qudratli Ganza ittifoqiga birlashdilar. Ganza iqtisodiy ittifoqgina bo`lib qolmasdan siyosiy ittifoq edi. Lyubekda ittifoqqa kirgan shaharlardagi vakillarning vaqti- vaqti bilan sezdlarli bo`lib turardi. Ganza savdosini o`z nazoratiga olishga uringan Daniya qiroliga Ganza jiddiy zarba etkazdi. Ganza shaharlarining Daniya bilan olib borgan uch yillik urushini bartaraf etgan 1370 yilgi Shralzund sulh shartnomasiga ko`ra, Daniya qiroli Ganza ittifoqining ishlariga biror yo`l bilan aralashishdan voz kechdi va Daniya bo`g`ozlarida Ganzaga qarashli tovarlardan undiriladigan savdo bojlarini ancha kamaytirdi.
Ganza shaharlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar Angliya, Shvetsiya, Rossiya nemislarining savdo vositachisi bo`lishlarini istamaganlaridan keyin XV asrning II yarmiga kelib Ganzaning ishi orqaga ketdi.
Shimoliy shaharlarning ittifoqidan tashqari XIII-XV asrlarda Germaniyada janubiy va g`arbiy shaharlarning yirik ittifoqlari bor edi. Shvabiya ittifoqi yuqori Dunay daryosi rayonida joylashgan 90 ta shaharni o`z ichiga olgan edi. Ularning tepasida movut, surp, gazlama to’qish, metallurgiya sanoati, qurol- yarog` ishlab chiqarish rivojlangan markazlar Augsburg, Ul`m, Nyurnberg shaharlari turardi, bular Italiya bilan savdo qilardi. G’arbdagi Reyn ittifoqi sanoat va savdo ittifoqi edi. Reyn daryosi bo`yida joylashgan movut to’qish va metall ishlab chiqarish rivojlangan Kyoln, Vorms, Strasburg shaharlari bu ittifoqqa kirgan edi. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo olib borardilar.
German knyaz feodallariga qarshi birlashgan ikki shahar ittifoqi o`rtasida 1381 yilda urush boshlandi. Ikkala ittifoq shaharliklarga qarshi kurashda vaqtinchalik jipslashgan feodallardan 1388 yilda yengildilar. 1273 yilga kelib imperatorlik davri tugab, feodallar graf Rudolf Gabsburgni (Shvabiyadan) imperator etib sayladilar. U 55 yoshda bo`lib, katta yer – mulklar egasi bo`lmagan hiylakor siyosatchi edi. Knyazlar uni imperatorlikka saylar ekanlar, uning zaif tomonini bilar edilar, chunki ular imperatorlarning kuchayishini istamas edilar. 1273 yilda hokimiyat gabsburglar qo’liga o`tadi. Rudolf Germaniyadagi ruhoniy knyazlarning – arxiyepiskoplar va yepiskoplar ko’magiga tayanib ish ko’rishga harakat qildi.
Chex qiroli Pshemisl II ni 1254 yilda imperatorlik tojini o’ziga olmoqchi bo’lganda, knyazlar uni rad etgan edilar. Rudolf Pshemisl bilan urush boshladi va boshqa german knyazlari yordamida uni yanchib tashladi, g’alabaga erishish natijasida Avstriyani va unga qo’shni bir qancha viloyatlarni, ya’ni slavyanlarning Shtiriya, Karintiya, Krayna kabi viloyatlarni bosib oldi.
Gabsburglar hokimiyatni mustahkamlash uchun oldin Lyuksemburglar bilan kurashishlari lozim edi. G’arbiy Germaniyada joylashgan kichkina Lyuksemburg knyazligidan tashqari, Lyuksemburglar yana XIV asrdan boshlab Chexiyani egallagan edilar. Lyuksemburglar xonadoni Karl IV davrida kuchaydi, Karl IV Chexiya qiroli va Germaniya imperatori sifatida 30 yildan ortiq (1347 -1378) hukmronlik qildi.
1437 yilda Lyuksemburglar dinastiyasi barham topdi, shundan keyin Gabsburglar imperatorlik toj – taxtini uzil kesil bosib olib, 469 yil ya’ni 1806 yilga qadar (Napaleon I davrigacha) qo’llarida saqlab qoldilar.
Gabsburglar hokimiyati Lyuksemburglar davridagi hokimiyatga qaraganda ancha kuchsiz edi. Gabsgurglarning avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan xususiy knyazlik yerlari bor edi.
XV asrning 70 yillariga kelib xuddi shu yo’l bilan Gabsburglar boy Burgundiyani qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar, (ya’ni Maksimilian Gabsburgni Mariya Burgundskayaga uylanishi bilan).
XVI asr boshlarida boshqa nikoh yo’li bilan Gabsburglar Ispaniya dinastiyasi bilan qarindosh bo’ldilar, ya’ni Maksimilianning o’g’li Filipp Chiroyli Ferdinand bilan Izabellaning qizi Xuanaga uylandi. Keyinchalik bu Gabsburglarga Ispaniya toj – taxtini meros qilib olish huquqini berdi. Germiniyaning o’zida Gabsburglar Avstriya, Shtiriya, Karintiya, Krayna, Tirol va Shvabiyani bir qismini egallagan edilar.
Fridrix III davrida (1439 -1493) fuqaro mamlakatda imperator borligini unuta boshlagan. Imperatorda hech qanday real hokimiyat – na umumimperiya qo’shini, na umumimperiya soliqlari, na markaziy sud va ma’muriy apparat bo’lmagan.
XV asr mobaynida Germaniya imperiyaga qarashli yerlarni ko’pini yo’qotdi, bu yerlar qo’shni davlatlarga o’tib ketdi yoki ular o’zlarini imperiyada mustaqil yerlar deb e’lon qildilar.
XV asrning 60 – yillarida Prussiya orden davlatiga vassallik munosabatlariga barham berib, Polsha qiroli hukmronligiga o’tdi.
Klezvig-Golshteyn Daniyaga o’tdi. XV asrning 20 – yillarida guschilarning urushi boshlanishi munosabati bilan Chexiya imperiya tarkibidan ajralib chiqdi.
Shveytsariya shaharlari va qishloq kantonlari ittifoqidan tashkil topgan mustaqil Shveytsariya federatsiyasi 1481 – yilda mustaqil davlat bo’lib, imperiya tarkibidan ajralib chiqdi. Shveytrasiya jamoalari german feodallariga qarshi kurashi XIII asrda Rudolf I Gabsburg davrida boshlangan edi. Bu kurash XIV –XV asrlarda ham davom etdi. XV asr oxirida Gabsburglar Shveytsariya ittifoqining mustaqilligini uzil – kesil tan oldilar.
Dostları ilə paylaş: |