MATRITSALAR, ULAR USTIDA BAJARILADIGAN ARIFMETIK AMALLAR. MATRITSA TURLARI. MATRITSA DITERMENANTI. TESKARI MATRITSALARNI TOPISH USULI
Reja:
1. Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar
2. Matritsa haqida tushuncha.
3. Matritsaning tengligi. matritsalar ustida amallar.
4. Teskari matritsa.
Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar.
Quyidagi: jadvalga ikkinchi tartibli determinant deyiladi. Bu yerda a11, a12, a21, a22 uning elementlari, a11, a12 –birinchi satr, a21, a22 -ikkinchi satr, a11, a21 - birinchi ustun, a12, a22 ikkinchi uctun elementlari, a11, a22 va a12, a21 diagonal elementlari.
II-tartibli determinant ta`rifiga ko`ra asosan quyidagicha hisoblanadi:
(1)
va uni
ko`rinishdagi sxemada tasvirlash mumkin.
III-tartibli determinant uchun unga mos formula
(2)
ko`rinishda bo`ladi. III-tartibli determinantni hisoblashda Sarrus (uchburchak) qoidasidan, ya`ni simvolik tarzdagi
qoidadan foydalanish mumkin
1-misol. Uchburchak qoidasidan foydalanib,quyidagi determinantni hisoblaymiz:
1-Ta`rif. III-tartibli determinant biror elementining minori deb, u element turgan satr va ustunni o`chirishdan hosil bo`lgan ikkinchi tartibli determinantga aytiladi. Uni ikkita indeksli M bosh harf bilan belgilaymiz. Masalan a11 elementga mos minor
son bo`ladi.
U III-tartibli determinantdan I-satr va I- ustunni o`chirishdan hosil bo`ladi.
2-Ta`rif. Determinant elementining algebraik to`ldiruvchisi deb, bu elementga mos va u turgan satr hamda ustun raqam yig`indisi juft bo`lganda musbat ishora bilan, bu yig`indi toq bo`lganda esa manfiy ishora bilan olingan minorga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |