DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
Xolbuki, aynan globallashuv davri butun insoniyatning kelajagiga jiddiy
xatarlar solib kelayotganganligini kundalik hayot, qolaversa, o’sib kelayotgan
yosh avlodning axborot oqimi, turli xarakterli va tashqi tomondan yetarlicha
anglanmagan g’oyalar bilan sug’orilgan mafkuralar girdobida adashmay to’g’ri
yo’lni tanlashida yuzaga kelayotgan to’siqlar isbotlamoqda. [1].
Ma’lumki, jamiyatning xususiyatini inson belgilaydi. Shu sabab jamiyat
a’zolarining, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi
kunda O’zbekistonda davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalaga aylandi. «Ta’lim
to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganligi ham
inson omilining hal qiluvchi ekanligi tufaylidir. Bu hujjatlarda o’quvchi shaxsi va
uning ma’naviy kamoloti birinchi o’ringa ko’tarildi. Davlat ahamiyatiga molik
pedagogik hujjatlar: ta’lim kontseptsiyasi va standarti bilan birga dastur, darslik
hamda uslubiy qo’llanmalar insonparvarlik yo’nalishiga solindi. Ular faqat
mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog’lom ma’naviyatli odamni shakllantirish
uchun xizmat qilishga qaratildi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol
avlod tarbiyalash yo’llarini tadqiq eta boshladi.
Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mustaqil
fikrlashi qay darajada ahamiyatli ekanini asoslash dolzarb ilmiy muammoga
aylandi. Ushbu ishimiz o’quvchi tafakkurining mustaqilligi uning aqliy va
ma’naviy kamolotida nechog’li ahamiyatli ekanini belgilashga bag’ishlanganligi
tufayli avval mustaqil fikrlashning o’zi nimaligi hamda uning barkamol insonni
shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish kerak bo’ladi.
Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni
uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan
mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik,
jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.
Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish,
jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy sifatlarning
shakllanishiga poydevor qo’yiladi. [2]
Dostları ilə paylaş: