2.Nerv sistemasi gigienasi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning sogiigini saqlash masalasi keng ma’nodagi tushuncha bo`lib o‘quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi va o‘ta charchashining oldini olish vazifasini ham o‘z ichiga oladi, bu esa birinchi navbatda o‘quvchining o‘ta toliqishiga yo‘l qo'ymaslik bilan bog`liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning diqqat markazida turishi lozim. «Maktab kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o‘quvchilar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir. Zamonaviy о‘qitish jarayoni o‘quvehiga axborot berishning yangi shakl va usullarini qoilam oqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini
oshirishiga qaratilgan texnika vositalari va yangi innovatsion texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o‘quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha faollashtirishga erishildi. Shuni ta ’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida m aktab o‘quvchisiga optimal o‘quv nagruzkasini belgilash muhim dolzarb vazifa hisoblanib, birinchidan, o‘quv rejasida belgilangan bilimlarni o‘quvchi
o'zlashtirishi ko‘zda tutilsa, ikkinchidan, o‘quvchining o‘z shaxsi ehtiyoji
uchun ham yetarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o‘quvchining jismoniy
rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salomatligiga salbiy ta ’sir etuvchi
omillarning oldi olinadi.
O‘quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o‘rganish,
toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va maktab
o'qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to ‘qima va organlaridagi hayotiy
jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Odam tugilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy
faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar
o‘rganishi miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarinint funksional holatiga
bogiiq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga ko‘ra susayishi mumkin.
Birinchidan, miya to‘qimasidagi tug‘ma kamchiliklar, tug'ilgandan keyin
har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi;
ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigiyenik talablariga
rioya qilmaslik natijasida miyaning zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab
kasalliklari paydo bo`lishidir.
Ko‘pincha ota-onalar va o‘qituvchilar o'quvchi xulqida va holatida
aqliy charchash alomotlarini sezsalar, e’tibor bermaydilar, chunki bu
o‘zgarishlar. vaqtinchalik bo`lib, tez o‘tib ketadi. Lekin bular bolada
boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo`lib,
«astenik sindrom» deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi
faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo
boiishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir
necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o‘ta ta’sirchanlik, o‘zini
tuta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo boiadi. Bolalar faol
boiishadi, ammo ularning faoliyatida tartib boimaydi. Ular tinimsiz
bo`lib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara olmaydilar,
ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular
qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko‘p tush ko‘rishadi.
Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa,
kuchayib, ikkinchi bosqichga o‘tib ketadi. Bunda o‘ta ta’sirchanlik va
jizzakilik, toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli
boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jaxildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o ‘quvchi ygzgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko'proq qiladi. Ba’zida duduqlanish, kamgaplik, tunda siydik tuta olmaslik ya’ni enurez holatlari yuzaga chiqadi. Bundan tashqari so‘zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi materialni qiyin o‘zlashtiradi, lanjlik va bosh og'rish o‘quvchi ish faoliyatini susaytiradi. Bunday holatlar paydo bo‘lishiga
ko‘pincha o‘tkir yuqumli kasallar bilan og‘riganlik, ichki organlamnig
surunkali kasalliklari, bahor va qish fasllarida bola va o ‘smirlar organizmida vitamin yetishmasligi, o‘quv nagruzkasining ortib ketishi kabi omillar sabab bo‘ladi. Albatta ko‘p narsa maktab va oiladagi ruhiy muhitga bog‘liq. Oilada ota-onalar o'rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik, bolaga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi, bolalar va o‘smirlar nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘lsa, maktab va litseylarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi, talaba o ‘rtasidagi yoki o‘quvchi va talabalarning o‘zaro kelishmovchiliklari, o‘quvchilarning o‘qituvchidan qo'rqib qolishi, bu kasallikning yuzaga chiqishiga turtki bo‘ladi.
Nerv sistemasiga bog‘liq bo‘lgan bunday negativ holatlarni yo‘qotish uchun ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablami bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o‘quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, faol dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofe ichmasliklari kerak. O‘qituvchilar o'quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak. Maktab o‘quvchilari va litsey talabalari nerv tizimida bunday kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida o‘quvchilar uyga kelgandan keyin ulami dam oldirish katta ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda zo‘riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko‘proq uchraydi va bu harakat faolligi (gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Bu holat emotsional zo‘riqish bilan birga qo‘shilib, ko'pincha yurak-
qon tomir kasalliklariga asab va endokrin tizimi faoliyatining, buzihshiga
olib keladi. Bolalar va o'smirlarnmg shakllanayotgan yosh organizmi
ayniqsa aqliy zo‘riqish asoratlariga o‘ta sezgir bo‘ladilar. Bilim berishning amalda qollanilayotgan hozirgi o‘quv dasturi o‘quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash jarayoniga mo`ljallangan bo`lib, bolalar va o‘smirlardan kuchli aqliy emotsional mehnatni talab qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, o‘qishning og‘irligi o‘quvchilar salomatligiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi, shuningdek,
asab buzilishi, xulq-atvorda beqarorlik alomatlari paydo boiishiga olib
keladi. Aqliy mehnat (o‘qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash
va tayyorlash va hokazolar) asosan ko'rish, eshitish, organlari va ularning
bosh miya pustlog‘idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan
ishidir. Shunday ekan, o‘quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining zarur
shartlarini: kun tartibiga rioya qilish, fizkultura va sport bilan
shug'ullanish, o‘quv va o'qishdan tashqari mashg‘ulotlar uchun sharoit
yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar
ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokazolarni ongli
ravishida bajarishga harakat qilishlari kerak