qarshisida ularni qiyosiy o'rganish, birining kamchiliklarini boshqalari bilan to'ldirish va shu asosda eng mukammal — ilmiy- tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi. Tayyor bo'lgan ilmiy-tanqidiy matnni nashr ettirish uchun matnshunos uni izohlar, sharhlar, lug'atlar bilan ta’minlashi kerak. Unutmangki, biz foydalanadigan «Mukammal asarlar» ortidagi har bir izoh, har bir sharh yoki lug'at birligi juda katta mehnat orqasida dunyoga keladi. Zero, matnda uchragan so'z ma’nosini topish, undagi biror shaxs, joy nomi va sh.k.larga izoh berish uchun matnshunos juda ko'p izlanishi, ko'plab manbalami ko'rib, o'rganib chiqishi zarur bo'ladi. Mazkur mustaqil tadqiqotlardan tashqari, matnshunoslik adabiyotshunoslikning ayrim muammolarini hal qilishda muhim yordamchi soha, tadqiqot usuli bo'lib ,
uning tadqiq usullaridan, tajribalaridan yozuvchi ijodiy laboratoriyasini, muayyan asarning ijodiy tarixini o'rganish yo'lidagi izlanishlarda keng foydalaniladi. M anbashunoslik. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasiga oid manbalarni izlab topish, tasniflash, ro'yxatga olish kabi amaliy vazifalami bajarish, shuningdek, manbalarni qidirish va o'rganish yo'llarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Bu o'rinda «manba» deyilganda adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo'l kelishi mumkin bo'lgan barcha manbalar tushuniladi: asar qo'lyozmalari, ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga yoki muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va boshqalar. Keyingi yillarda o'zbek adabiyotshunosligining manbashunoslik