aruz(A.Navoiy, Bobur), ilmi qofiya, ilmi badia(A.Husayniy) kabilami kiritish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, bu masalalar adabiyotshunoslikning bir qismi — poetika doirasi bilan cheklangan edi. Sharqda «muallimi soniy» deb ulug‘lanuvchi Forobiy esa yunon faylasufi Arastu ta’sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash jarayonida badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati) masalalariga e’tibor qilgan edi. Biroq mumtoz adabiyotshunoslikda adabiyot nazariyasi ham muayyan bir tizim holiga kelmagan, tadbiqiy xarakterdagi hodisa edi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining alohida tarmoq sifatida shakllanishi ham XX asrda amalga oshdi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligining ilk nazariyotchilari sifatida A.Fitrat, A.Sa’diylami ko‘rsatish mumkin. Adabiyotshunosligimizning keyingi taraqqiyoti davomida I.Sulton, N.Shukurov, L.Qayumov, B.Sarimsoqov, B.Nazarov, T.Boboyev kabi qator nazariyotchi olimlarning tadqiqotlari adabiy-nazariy tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning yuqorida sanalgan asosiy sohalari bilan bir qatorda, ulaming faoliyati uchun zarur bo'lgan muayyan amaliy vazifalami bajarish bilan shug'ullanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalar ham mavjud. M u t n J i u r i u d i k . Matnshunoslik bobidagi ilmiy izlanishlaming oxir natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi uchun manbaviy asos yaratib berish bo‘lganligidan unga adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. Shunga qaramay, matnshunoslikni filologik fanlarning alohida tarmog‘i, mustaqil bir sohasi sifatida tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki, birinchidan,