matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi; ikkinchidan, matnshunoslikning o‘zi ilmiy izlanishlarida qator yordamchi sohalarni (paleografiya, uslubshunoslik, arxeografiya va h.) o‘ziga xizmat qildiradi. Adabiy matnlarni o ‘rganish va nashrga tayyorlash matnshunoslikning vazifasidir. Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa
ifodalagan bo‘lsak-da, uning amalga oshirilishi juda katta mehnatni, chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz boshidan necha-necha istiloyu qatag‘onlar kechganiga qaramay, ajdodlarimizdan bizga boy adabiy meros qolgan: minglab jildlardan iborat qoMyozmalar xazinasiga egamiz. Biroq bu qoMyozmalaming aksariyati hali o‘iganilgan emas, ro'yxatga olib qo'yilgani bo'yi o'z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shuning o'zi ham matnshunoslikning og'ir, ilmning «qora mehnati» ekanligini, uni rivojlantirish ham ilmiy, ham ma’naviy-ma’rifiy jihatlardan zarurligini ko'rsatadi. Adabiy matnni o'rganayotgan matnshunos oldida turli-tuman ilmiy muammolar ko'ndalang bo'ladi. Deylik, matnshunos muallifi nomaMum asar (matn)ga duch keldi. Bu holda u matn muallifmi, yoshi (yozilgan, ko'chirilgan vaqti)ni aniqlashi zarur bo'ladi. Buning uchun esa u, tabiiyki, adabiyot tarixi, til tarixi, manbashunoslik, uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabardor bo'lishi va ularga tayangan holda matnni tadqiq etishi lozim bo'ladi. Yoki matnshunoslikning boshqa bir vazifasi — asarning ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlashni olaylik. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining turli davrlarda, turli kotiblar tomonidan ko'chirilgan qo'lyozmalari mavjud. Matnshunos