Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
SYUJET. KONFLIKT. KOMPOZITSIYA Syujet haqida tushuncha. Syujet turlari. Syujet komponentlari. Konflikt va uning turlari. Badiiy asar kompozitsiyasi. Syujet (frans. — predmet, «asosga qo‘yilgan narsa») badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bogMiq holda kechadi^an, qahramonlaming xatti- harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, syujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir. Faqat shunisi borki, har bir turda, janrda syujet o ‘ziga xos tarzda namoyon boMadi. Masalan, aksariyat lirik she’rlarda voqealar tizimi mavjud emas, biroq ularda o ‘y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ulaming syujetini tashkil qiladi. Shuningdek, ba’zan kichik hajmli hikoya va novellalardagi syujet ham «voqealar tizimi» degan ta’rifga muvofiq kelmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o ‘sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: ChoMponning «Taraqqiy», A.Qahhoming «Bemor» hikoyalari). Shu xil holatlami ko‘zda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqeaband syujet va voqeaband boMmagan syujet turlarini ajratiladi. Yana shuni aytish kerakki, ayrim adabiyotshunoslar (mas., G.Pospelov) fikricha, syujet epik hamda dramatik asarlarga xos boMib, lirik asarlar syujetga ega emas. Boshqalar syujet deb atagan lirik asardagi o ‘y-fikrlar, his-kechinmalar rivojini ular kompozitsiya bilan bogMab tushuntiradilar. Ya’ni bu o ‘rinda lirik asar kompozitsiyasi syujet (voqealar tizimi) o ‘rnini bosadi, o ‘y-kechinmalarni muayyan tartibda uyushtiradi. Bu xil qarashning qulayligi shundaki, u ishda terminologik chalkashliklardan qochishga, «syujet» deganda asarda tasvirlangan voqealar tizimini tushunishga imkon beradi. Kursimiz