ko‘p ma’noliligi, badiiy voqelik muallif tomonidan anglangan
mohiyatning badiiy modeli ekanligi va bu modelning muallif
ko‘rganidan o‘zgacha hayotiy holatlarga ham ko'pincha mos tushishi
mazmunning universalligini ta’minlovchi omildir. Nihoyat, badiiy
obrazning emotsional va ratsional birlik ekanligi, badiiy asarda tasvir
bilan birga hissiy munosabatning mavjudligi mazmunning
ta’sirdorligini ta’minlaydi.
problema
mavzu
tendentsiya
badiiy g'oya
salmoqdorlik
haqqoniylik
Savol va topshiriqlar:
1
. Badiiy asar mazmuni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topadi
deyilganda, nimani nazarda tutiladi? Buni konkret asar misolida tushuntirib
berishga harakat qiling.
2.
“Tem a” so‘zining ikki xil ma’noda ishlatilishini aytib, biz har ikki
m a’noni ikkita so‘z bilan atadik. Bu xil qarashga sizning munosabatingiz
qanday? Bu qarashni boshqa darslik va qo‘llanmalardagi izoh bilan qiyoslang.
Ulardan qay birini to ‘g‘riroq deb bilsangiz, shunisini asoslab, rivojlantirishga
harakat qiling.
3. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlami deganda, nimani
tushunamiz? Buni biron bir asar misolida tushuntirib bering.
4.
Badiiy asar mazmuniga ijodkor dunyoqarashining ta’sir etmasligi
mumkinmi? Masalan, ijodkor voqealami mutlaqo xolis tasvirlayotgan, ularga
munosabatini ifodalamayotgan bo‘lsa, mazmunda subyektiv ibtido bo‘ladimi?
5. Badiiy asar mazmunining eng muhim xususiyatlari qaysilar? Ulam i
qanday tushunasiz? Bu xususiyatlar qanday izohlanadi?
Adabiyotlar:
1. A dabiyot nazariyasi .—2 tom lik.— 1978, 1979.
2.
Olimov M.
Hozirgi o ‘zbek adabiyotida pafos m uam m osi.—Т.: F an, 1994.
3.
Qosim Y
Badiiy fikrning uyg‘o n ish i//Y o sh lik .— 1995.—№ 3 .—B. 20—21.
4.
Do'stmuhammad Xurshid.
K o nsepsiyani yangilash u c h u n / / 0 ‘zb e k isto n
adabiyoti va sa n ’ati.— 1990.— 16 fev.
5.
Минералов Ю.И.
Т ео р и я худож ественной сл о в есн о сти .—М ., 1999.
6
. Зарубеж ная эстети ка и теория литературы X IX — XX вв.—М ., 1987.
7. Л итературны й эн ц и к л о п е д и ч ес ки й слов арь.—М ., 1987.
|